Soliqchilar tushumni pasaytirish koʻrsatkichlarini qanday aniqlashadi

preview

DSQ “Shaffof biznes. Xatolarni birgalikda toʻgʻrilaymiz” aksiyasining ilk natijalari haqida xabar berdi. Oʻxshash biznes modeliga ega hamda QQS va boshqa soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan import qiluvchilar va tadbirkorlik sub’yektlari birinchilardan boʻlib soliq organining diqqat markazida boʻldilar.

Toshkent shahri, Buxoro viloyati va Fargʻona vodiysi soliq boshqarmalari xavfni tahlil etish tizimi tomonidan soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlovchilar jumlasiga kiritilgan 70 ta soliq toʻlovchini oʻrganib chiqdi. Natijada 99 mlrd soʻmlik turli huquqbuzarliklar aniqlandi.

Masalan, asosiy faoliyat turi import tovarlar bilan ulgurji savdo qilish hisoblanadigan soliq toʻlovchi bilan yuzaga kelgan vaziyatni olaylik. Hujjatlarga koʻra, u QQSni 5 mlrd soʻm miqdorida ortiqcha toʻlagan. Ekspress-oʻrganish asnosida soliqchilar bunday natijalarga qasddan huquqbuzarliklar sodir etish natijasida sun’iy ravishda erishilganligini aniqladi. Bozor kon’yunkturasini oʻrganish shunga oʻxshash tovarlar bozorda bayon etilgan narxlarga qaraganda ikki baravar qimmat turishini koʻrsatdi. Bundan tashqari, tadbirkor QQS hisobga oʻtkazilgan tovarlar omborda mavjudligi toʻgʻrisida soliq organiga yolgʻon ma’lumot bergan.

Natijada soliq organlari xodimlari hisobotni qayta topshirish va soliq hisobini tiklashda tadbirkorga koʻmak berishdi.

 

soliq.uz  axboroti asosida.


Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text154045_soliqchilar_tushumni_pasaytirish_kursatkichlarini_qanday_aniqlashadi