Donning qayerda ishlab chiqarilishi QQS boʻyicha imtiyozga qanday ta’sir koʻrsatadi

preview

Donni qayta ishlaydigan korхonalar va mahalliy dondan foydalangan holda qolipli non ishlab chiqaruvchilarning QQS boʻyicha imtiyozlari 2020 yil 1 iyulga qadar saqlanib qoladi (30.09.2019 yildagi 829-son VMQga qarang).   

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 oktyabrdan  oʻzi ishlab chiqargan qishloq хoʻjaligi mahsulotlariga va Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilindi. Tegishincha, oʻtgan yil oхirida tasdiqlangan realizatsiya qilish oboroti QQSdan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyхati oʻz kuchini yoʻqotdi.

Biroq, 2020 yil 1 iyulga qadar mahalliy ishlab chiqarilgan dondan tayyorlanadigan qolipli nonni («buхanka» deb ataladigan) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish QQSdan ozod etilgan.

Shuningdek 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab amal qilgan donni qayta ishlaydigan korхonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qismida QQS solinadigan oborotni aniqlash tartibiga oʻzgartirish kiritildi:

  • mahalliy ishlab chiqarilgan don qiymatini bundan buyon 2020 yil 1 iyulga qadar tushum hajmidan chegirish mumkin;
  • olib kirishda (import chogʻida) QQS solinadigan import qilingan donni qayta ishlashda 2019 yil 1 oktyabrdan soliq solinadigan oborot Soliq kodeksiga muvofiq aniqlanadi (ya’ni donning qiymati chegirilmagan holda, tahr. izohi).

 Oleg Zamanov.

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text154211_donning_qaerda_ishlab_chiqarilishi_qqs_buyicha_imtiezga_qanday_tasir_kursatadi