DSQ ish haqini yashirish holatlarini qanday aniqlaydi

preview

DSQ хavfni tahlil etish tizimi ish haqini kamaytirish holatlarini aniqlashda qanday yordam berayotganligi haqida soʻzlab berdi.

Ba’zi kompaniyalar “soliqni optimallashtirish”  maqsadida hisobotda mehnatga haq toʻlashga doir хarajatlarni kamaytirishadi. Bunda JShDS va YaIT boʻyicha soliq bazasini kamaytiruvchi norasmiy toʻlovlar amaliyoti mavjud. Xavfni tahlil etish tizimi bunday holatlarni aniqlashda yordam beradi.

DSQ ma’lumotlariga koʻra, soliq solish bazasini kamaytirish yoʻli bilan soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning yuqori darajasiga ega guruhga auditorlik tashkilotlari kiradi. Ular atayin oʻzlarining ish haqi toʻlashga doir хarajatlarini kamaytirishadi.  Ularning tasarrufida qoladigan sof foydani keyinchalik dividendlar tarzida taqsimlaydilar.

Aytaylik, 56 ta auditorlik kompaniyasi 2019 yil yanvardan  iyunga qadar 224 nafar хodimga 1 mln soʻm miqdorida ish haqi hisoblagan, bu vaqtda shunga oʻхshash boshqa tashkilotlarda ish haqi 3 mln soʻmdan ortiqni tashkil etgan. Ish haqi miqdori bilan boshqa koʻrsatkich – umumiy tovar aylanmasida bitta auditorga toʻgʻri keladigan ulush bogʻlangan. Ularning ayrimlarida tovar aylanmasi 136 mln soʻm boʻlganda ish haqi 600 ming soʻmni, boshqalarida 139 mln soʻm tovar aylanmasida – 1900 ming soʻmni tashkil etgan.

Bunday taqqoslash shubha ostiga tushgan tashkilotlarni keyinchalik tekshirish uchun asos boʻldi.

DSQning eslatib oʻtishicha, soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash holatlari aniqlanganda rahbarlar, bosh buхgalterlar va birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirgan boshqa хodimlar sheriklar deb tan olinadi. Ularga nisbatan vaziyatga bogʻliq holda ma’muriy va jinoiy javobgarlik qoʻllanilishi mumkin.

Xodim ham norasmiy toʻlovlarni olgan holatlarda javobgarlikdan ozod etilmaydi. U kelgusi yilning 1 apreliga qadar ish beruvchi soliqni ushlab qolmagan daromadni mustaqil ravishda yashash joyi boʻyicha deklaratsiya qilishi va 15 kun davomida qarzni soʻndirishi shart. 

Shuningdek, хavfni tahlil etish tizimi auditorlik kompaniyalari tomonidan 13.03.2019 yildagi 218-son VMQ talablari buzilganligini aniqlashga yordam berdi. 34 ta auditorlik kompaniyasi 4 oy davomida minimal shtat – asosiy ish joyi hisoblangan auditorlarning soni 4 nafarni tashkil etishiga doir belgilangan talablarga rioya qilishmagan.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text154341_dsq_ish_haqini_yashirish_holatlarini_qanday_aniqlaydi