Onlayn-NKM va virtual kassalarni joriy etishni nima qiyinlashtirishi mumkin

preview

QHTBT portalida muhokama qilinayotgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi qayta ishlanishga muhtoj. Aks holda onlayn-NKM va virtual kassalarni joriy etish nafaqat tadbirkorlar va buxgalterlar uchun, balki DSQning vakolatli tashkilotlari uchun ham bosh ogʻrigʻiga aylanishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi e’lon qilingan. Uning qabul qilinishi bilan quyidagilarni oʻz ichiga oladigan hujjatlar toʻplami tasdiqlanadi:

  • Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (keyingi oʻrinlarda – Nizom);
  • OʻzR hududida qoʻllanilishi ruxsat etilgan onlayn-NKM, virtual kassa va fiskal modulga qoʻyiladigan texnik talablar (keyingi oʻrinlarda – Texnik talablar);
  • Onlayn-NKM, virtual kassa va fiskal modulga texnik xizmat koʻrsatish markazlarining Davlat reyestrini yuritish hamda ularga qoʻyiladigan alohida talablar (keyingi oʻrinlarda – TXKM Davlat reyestri);
  • Onlayn-NKM va virtual kassalarning Davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (keyingi oʻrinlarda – Onlayn-NKM va virtual kassalar Davlat reyestri toʻgʻrisidagi Nizom).

Loyihaning jamoatchilik muhokamasi chogʻida mutaxassislar aniqlashtirishni va qayta ishlashni talab qiladigan alohida jihatlarga e’tibor qaratdilar.

Eng muhim fikr-mulohaza va takliflarga toʻxtalib oʻtamiz.

Taksichilar e’tibordan chetda qolishdi

Muhokama qilinayotgan Nizomning 13-bandiga e’tibor beramiz. Unda aytilishicha,  onlayn-NKM yoki virtual kassani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tadbirkorlik sub’yekti tovarlar va xizmatlarni sotish boʻyicha oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan bino-inshootning yoki uning qismining ijara shartnomasi yoki kadastr hujjatlarini taqdim etish lozim. Mashinasida NKM boʻlishi kerak boʻlgan taksichilar qanday yoʻl tutishlari kerak? Ular onlayn-NKM va virtual kassa qoʻllashdan ozod etiladigan tadbirkorlik sub’yektlari roʻyxati tasdiqlanadigan ushbu hujjatga ilovada ham yoʻq. Ular ham ushbu hujjatlar boʻyicha onlayn-NKMdan fodalanishadimi yoki ular uchun maxsus ishlab chiqiladimi?

Oshirilgan talablar tadbirkorlarning qoʻshimcha chiqim qilishiga olib keladi

  • Texnik talablarning 5 va 7-bandlariga asosan onlayn-NKM va virtual kassalar sertifikatlanishi kerak. Biroq  qaysi O‘zDSt yoki standartlarga muvofiq sertifikatlanishi koʻrsatilmagan.
  • Bunga e’tibor berish muhim, sababi mamlakatimizda onlayn-NKM, joriy etiladigan texnologiyalar va virtual kassalar uchun maxsus standartlar mavjud emas. Agar sertifikatlash talabi qolsa,  bu standartlarni ishlab chiqish yoki uskunaning qaysi aniq xususiyatlari va qanday amaldagi standartlarga muvofiq sertifikatlanishi koʻrsatilishi lozim.
  • Texnik talablarning 5-bandida onlayn-NKM Internetga 3G, 4G standartlari asosida, shuningdek, Wi-Fi standarti orqali bogʻlanish imkoniyatiga ega boʻlishi lozimligi nazarda tutilgan. Bogʻlanish standartlariga talablar chiqarib tashlanishi yoki toʻldirilishi kerak.

Mamlakatimizda CDMA va Ethernet standartlari keng qoʻllanilmoqda, eng zamonaviy, tezkor va sifatli ma’lumotlar uzatish standartlarini joriy etish boshlandi. Loyiha onlayn-NKM bugunning oʻzida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan hududni sun’iy ravishda toraytirmoqda. CDM GSM dan yaxshiroq ishlaydigan yoki GSM umuman boʻlmagan hududlar mavjud. Buning ustiga, loyihaning bunday talablari oʻz biznesi uchun eng yaxshi yechimlarni tanlashda tadbirkorni cheklaydi.

  • Texnik talablarning oʻsha 5-bandida NKM kamida TFT LCD 800*480 sigʻimli ekranga ega boʻlishi aytiladi. Ishlab chiqaruvchilarning qayd etishicha, bu yuqori aniqlikdagi monitorlar boʻlib, NKMning barcha modellarini ular bilan jihozlash byudjet modellarini hozirgi qiymatiga nisbatan deyarli 50%ga qimmatlashishiga olib kelishi mumkin.

Bu – munosib qadam emas, chunki qoʻyilgan vazifalarni ancha past aniqlikdagi monitorlar ham uddalay oladi. Monitor tanlangan harakatlarni va chekda chop etiladigan ma’lumotlarni tekshirish uchun zarur. Onlayn-kassalarning joriy etilayotgan texnologiyalarining asosiy funksiyalariga ta’sir koʻrsatmaydigan butlovchi qismlarni tanlash huquqini yaxshisi ishlab chiqaruvchida qoldirgan ma’qul.

  • Texnik talablarning 5 va 7-bandlariga asosan onlayn-NKM va virtual kassalar vaqt va sanani internet orqali UTC +05:00 vaqt zonasiga moslashni ta’minlashi kerak. Bu oʻzini oqlamagan va oshirilgan talabdir. Onlayn-NKM va virtual kassaning normal ishlashi uchun fiskal ma’lumotlar operatori serverlaridagi vaqtga moslash muhimroqdir. Bunday moslash kassa va serverdagi vaqtdagi tafovut bois sodir boʻlishi mumkin boʻlgan xato va ishdan chiqishlar sonini kamaytirishga koʻmaklashadi. Bundan tashqari, Internet-provayderlarda TAS-IX da trafik tekin boʻlgan takliflar mavjud. Vaqt makoniga moslashish esa jahonga chiqish va tabiiyki, qoʻshimcha xarajatlarni talab etadi.

Chek qanday boʻlishi kerak: chop etiladiganmi yoki elektron?

Virtual kassalarning cheki bilan ham hammasi tushunarli emas. Nizomning 2-bandiga asosan kassa cheklarni qogʻozda chop etish yoki ularni elektron shaklda uzatish imkoniyatini qoʻllab-quvvatlashi lozim. Bu oʻsha Nizomning 8-bandiga zid, unda cheklar qogʻozda chop etilishi kerakligi nazarda tutilgan.

Qaysi biridadir toʻxtash va hujjatlarga tegishli aniqlashtirishlar kiritilishi zarur. Agar elektron cheklar qolsa, ular berilishi lozim boʻlgan hollarni aniq ifodalash kerak. Yoki – har bir aniq holatda chek qanday formatda berilishini kim va qanday bosqichda belgilashini aniqlashtirish lozim.

Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan chekga qoʻyiladigan talablardan tovarning narxi va qiymati toʻgʻrisidagi axborotning mavjud boʻlishi haqidagi talab tushib  qolgan. Prezidentning PF-5813-son Farmoniga asosan axborot u yerda boʻlishi kerak.

Markirovka qilinadigan tovarning kodi mavjud boʻlishi toʻgʻrisidagi talab paydo boʻldi. Biz tovarlarni markirovka qilish va kuzatish tizimini joriy etishda hujjat aniq tovar oʻramini xarid qilishda berilganligini tushunish imkonini beradigan cheklar va hisobvaraq-fakturalar tarkibiga qoʻyiladigan talablarni oʻzgartirishni talab etishini yozgandik. Biroq, raqamlar va belgilarning ushbu kombinatsiyasi oddiy xaridor uchun tushunarsiz boʻladi. Shu bois tovar qalbaki emasligi va xarid qilinayotgan birlik uchun berilganligini tushunishga yordam beradigan kod axborotining hech boʻlmaganda bir qismini rasshifrovka qilishni nazarda tutish mantiqan toʻgʻri boʻlardi.  

Bundan tashqari, Nizomning 36-bandiga asosan onlayn-NKM yoki virtual kassa doimiy ishchi holatda boʻlishi, shuningdek internet aloqasi bilan ta’minlash uchun javobgarlik tadbirkorlik sub’yektiga yuklanadi. Biroq bunda hujjatda tadbirkorga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra 24 soatdan ortiq muddat elektr energiyasi yoki  internet-aloqasi boʻlmasa nima qilish kerakligi yuzasidan savolga javob yoʻq. Bugungi kunda oflayn NKMlari uchun bunday hollarda kvitansiya rasmiylashtirish imkoniyati nazarda tutilgan. Shubhasiz, bu borada aniqlashtirishlar va toʻldirishlar talab etiladi.

TXKM qanday ishlaydi?

Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlaring qabul qilinishi bilan Texnik xizmat koʻrsatish markazlarining (TXKM) roli oshadi. Fiskal ma’lumotlar operatoriga bogʻlanish va hisobga qoʻyishdan boshlab hisobdan chiqarishgacha – onlayn-NKM va virtual kassalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq barcha masalalar ular orqali hal qilinadi. Shu bilan birga, ularning faoliyatini tartibga soluvchi ba’zi normalar aniqlashtirish va qayta ishlab chiqishni talab etadi.

DSQ va fiskal ma’lumotlar operatori tadbirkorlarga TXKM orqali virtual kassalar uchun fiskal modul va dasturiy mahsulotning asosiy qismini taqdim etadi. Bu Texnik talablarning 20-bandida nazarda tutilgan. Darvoqe, fiskal modul va operator tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tadbirkorlar har yili bir marta BHMning 1 baravari miqdorida toʻlovni amalga oshiradi.

Biroq, onlayn-NKM va virtual kassalar uchun dasturiy ta’minotni qayerdan va qanday sotib olish mumkinligi hujjatda tushunarsiz. TXKM Davlat reyestri toʻgʻrisidagi Nizomning 10-bandiga asosan texnik xizmat koʻrsatish markazlarining rasmiy saytida onlayn-NKM va virtual kassa DT modellari (versiyalari) boʻyicha sotuv narxlari toʻgʻrisidagi axborot joylashtirilishi kerak. Bundan onlayn-NKM va virtual kassalarni faqat TXKM orqali sotib olish mumkin degan xulosa chiqarish mumkin. Bu narxlarning sun’iy ravishda oshirilishiga olib kelmaydimi? Umuman olganda, bu jihat sogʻlom bozor raqobati borasidagi yoʻnalishimizga ziddir.

Nizomning 12-bandiga asosan TXKM xodimlari onlayn NKM yoki virtual kassadan foydalanish tartibi boʻyicha tadbirkorlik sub’yekti rahbari yoki uning vakiliga texnik xizmat koʻrsatish kitobini taqdim etishi va zarur tushuntirishlar berishi shart. Ushbu hujjatning shaklini aniqlashtirish zarur.

TXKM Davlat reyestri toʻgʻrisidagi Nizom markazlar mutaxassislariga onlayn-NKM va  virtual kassalarga xizmat koʻrsatish boʻyicha malaka sertifikatiga ega boʻlish talabini qoʻyadi. Ularni kim tayyorlashi va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi tushunarsiz.

Roʻyxatga olishga qoʻyiladigan talablar

NKMni roʻyxatga olishga qoʻyiladigan talablar ham qayta ishlanishga muhtoj. Nizomning 17-bandidan DSQ tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqqandan keyin roʻyxatga olish kartochkasini rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kelib chiqadi. Agar hujjatlar Nizomning 15-bandiga asosan tadbirkor NKMga bogʻlanish uchun murojaat qilgan tashkilot – TXKMda qolgan boʻlsa, DSQ qanday qilib ular bilan shugʻullanadi? TXKM roʻyxatga olish uchun DSQ faqat toʻldirilgan elektron shaklni yuboradi.

Nizomning 18-bandi ham qayta ishlashni talab etadi. Unda DSQ tadbirkorga NKM yoki virtual kassalarni roʻyxatga olishni rad etishi mumkin boʻlgan hollar keltirilgan. “Tadbirkorlik sub’yekti ruxsat berish talablari va shartlariga javob bermaydi” formulirovkasi izoh talab qiladi.

Onlayn-NKM yoki virtual kassani nima qilishadi?

Avvalgi materialimizda DSQ onlayn-NKM va virtual kassalarni qoʻllash qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilishi haqida yozgandik. Tadbirkorning uskunasi nosozligiga shubha boʻlganda olib qoʻyilishi mumkin. Shu munosabat bilan savollar tugʻiladi, ularga hujjatda javob yoʻq.

Birinchidan, fiskal modul olib qoʻyilgan taqdirda TXKMdan tadbirkorga boshqasini berishni talab qiladilar. Biroq muhokama davrida uni roʻyxatga olish mexanizmi bayon etilmagan.

Ikkinchi savol olib qoʻyilgan qurilmani ekspertizadan oʻtkazish muddatlariga tegishli. Nizomning 44-bandiga asosan TXKM uni apparat olingan kundan boshlab 3 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtkazishi shart. NKM TXKMga, misol uchun faqat olib qoʻyilgandan keyin 5 va undan ortiq kundan soʻng yetkazib berilgan hollarda qanday yoʻl tutiladi?

Uchinchidan, uskuna nosoz deb topilgan holda uni nima qilishlari tushunarsiz.

Ishonamizki, hujjatni tasdiqlashga tayyorlashda DSQ bizning tavsiyalarimizni va mutaxassislar tomonidan bildirilgan boshqa fikr-mulohazalarni inobatga oladi. Bu yangi tizimni joriy etishda talay muammolarni oldini olishga yordam beradi.

  Oleg Gayevoy.

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text154461_onlayn-nkm_va_virtual_kassalarni_joriy_etishni_nima_qiyinlashtirishi_mumkin