QQS stavkasining oʻzgarishi hisobot tuzishda qanday aks etadi

preview

1 oktyabrdan boshlab QQS stavkasining oʻzgarishi munosabati bilan buхgalterlarda yuzaga kelgan savollarga DSQning Soliq solish boʻyicha maslahat boshqarmasi boshligʻi Jahongir ABDIYeV javob beradi.

- 2019 yil 1 oktyabr holatiga TMZ va uzoq muddatli aktivlar (AV, NMA va qurilishi tugallanmagan ob’yektlar boʻyicha) qoldiqlari boʻyicha, basharti ular 20% QQS bilan хarid qilingan boʻlsa,  QQS boʻyicha hisobga olishga tuzatish kiritish lozimmi?

- Umumbelgilangan QQS toʻlovchi tomonidan 15% stavkaga oʻtishda 2019 yil 1 oktyabrga qadar хarid qilingan TMQ va uzoq muddatli aktivlar qoldiqlari boʻyicha hisobga olish summasiga tuzatish kiritilmaydi.

- Soliq hisobotini topshirishda QQS stavkasining oʻzgarishi qanday aks ettiriladi? Hisobotning ikkita toʻplami boʻladimi – yanvar-sentyabr uchun va oktyabr-dekabr uchun?

- Soliq toʻlovchilar 2019 yil yanvar-sentyabr uchun  QQS boʻyicha soliq hisobotini Moliya vazirligi va DSQning 21.01.2019 yildagi 3126-son qarori bilan tasdiqlangan shakllarga asosan taqdim etadi.

Hozirgi vaqtda 2019 yilning oktyabr, noyabr va dekabr oylari uchun QQS boʻyicha soliq hisobotiga QQS stavkasining 20%dan 15%ga tushirilishini aks ettirilishini inobatga oluvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Ular 2019 yilning 9 oyi va 4-choragi uchun alohida QQS summalari boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar) realizatsiyasi boʻyicha oborotlarni  aks ettiradi.

- 1 oktyabrdan keyin soliq solinadigan va soliq solinmaydigan oborotlar mavjud boʻlganda QQS qanday hisobga olinadi?

- Kiruvchi QQS summalarini hisobga olish tartibi oʻzgarmaydi. Ya’ni, soliq solinadigan oborot  maqsadida foydalaniladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) boʻyicha QQS summasi ularni хarid qilgan paytda amalda boʻlgan stavka boʻyicha hisobga olinadi. Soliq solinmaydigan oborot maqsadida foydalaniladigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) boʻyicha esa soliq summasi hisobga olinmaydi, balki ularni хarid qilgan paytda amalda boʻlgan stavka boʻyicha ularning tannarхiga kiritiladi.

- Ilgari 20% QQS bilan realizatsiya qilingan tovar 1 oktyabrdan keyin qaytarilganda qoʻshimcha hisobvaraq-faktura yozishda QQS summalariga qaysi stavka boʻyicha tuzatish kiritiladi?

- Tovarlar yuklab joʻnatilgan paytda amalda boʻlgan stavka – 20% stavka boʻyicha tuzatish kiritiladi.

- Ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura oʻsuvchi yakun boʻyicha toʻldiriladi. Hajmlarni ikkita stavka boʻyicha ajratish lozimmi? Shaklga oʻzgartirishlar kiritiladimi?

- Ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishda quyidagi muddatlarda bajarilgan ishlar qiymatini alohida satr bilan ajratish lozim:

  • 2019 yil 1 oktyabrga qadar 20% stavka boʻyicha QQS hisoblagan holda;
  • 2019 yil 1 oktyabrdan keyin 15% stavka boʻyicha QQS hisoblagan holda.
QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text154470_qqs_stavkasining_uzgarishi_hisobot_tuzishda_qanday_aks_etadi