9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Oʻzbekistonda soliq tekshiruvlariga nisbatan xavf-xatarga yoʻnaltirilgan yondashuv joriy etiladi
Insofli soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq auditi – bu inson resurslaridan samarasiz foydalanish. Soliq tekshiruviga nisbatan yangicha yondashuvlar haqida Moliya vazirligi vakillari soliq tekshiruvlari sohasida xalqaro amaliyotni qoʻllashga doir amaliy seminar chogʻida soʻzlab berishdi.
15 sentyabrdan 5 oktyabrga qadar Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki missiyalari Toshkentda boʻlishdi. Ularning ekspertlari ham seminarda ishtirok etishdi.
Soliq tekshiruvlari qoʻrqitish va resurslarni boshqa ishga jalb qilish dastagi boʻlmasligi lozim. Xavfni tahlil etish tizimi qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligini hamda tekshiruv ob’yektlarini aniqlashi darkor. Buning ustiga - insonning ishtirokisiz. Bu koʻp mamlakatlardagi eng yaxshi amaliyot hisoblanadi va ekspertlarning fikriga koʻra, soliq tekshiruvi oʻtkazilishi lozim boʻlgan “shubhali” soliq toʻlovchilarni aniqlash boʻyicha ma’muriy xarajatlarni jiddiy ravishda kamaytirishga yordam beradi.
Oʻzbekistonda xavfni tahlil etish tizimini joriy etish nima bilan murakkablashishi mumkin?
Xavfni tahlil etish tizimi soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi turli axborotni solishtiradi va uni tarmoqlar va faoliyat turlari boʻyicha oʻrtacha koʻsatkichlar bilan taqqoslaydi. Va u yoki boshqa korxona, misol uchun, ularning aksaridan xodimlarning soni, elektr energiyasi va boshqa resurslar sarfi yoki boshqa shunga oʻxshash koʻrsatkichlar boʻyicha ajralib tursa, u tizim tomonidan ancha xavf-xatarga ega sifatida aniqlanadi. Ya’ni mazkur holatda tafovutga nima sabab boʻlganligini tushunish lozim – ob’yektiv sabablar yoki qonunchilik buzilishi bois.
Shu kabi tizimlar joriy etilgan boshqa mamlakatlarda ushbu oʻrtacha koʻrsatkichlarni e’lon qilish amaliyoti mavjud. Toki tadbirkorlar ularni oʻzlariniki bilan solishtirish va shu tariqa ancha yuqori xavf-xatar guruhlariga tushib qolish ehtimolini aniqlash imkoniga ega boʻlsinlar. Va natijada - soliq tekshiruvlari va nazoratning boshqa shakllari ehtimolini prognoz qilsinlar.
Busiz soliq nazoratining shaffofligiga toʻliq hajmda erishib boʻlmaydi.
Moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod Sultonovning soʻzlariga koʻra, fiskal va moliya organlari hozirgi kunda bunday ma’lumotlarni e’lon qilish imkoniyatini muhokama qilmoqdalar.