Qayta moliyalashtirish stavkasi 16% darajada saqlab qolindi

preview

Markaziy bank Boshqaruvi 2019 yil 19 oktyabrdagi qarori bilan imtiyozli kreditlash mezonlariga mos kelmaydigan iqtisodiyot tarmoqlari uchun pul-kredit siyosati sharoitlarini qat’iylashtirmaslik uchun qayta moliyalashtirish stavkasini 16% darajasida saqlab qoldi.

Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasi iqtisodiyot uchun maqbul darajada shakllangan, deb hisoblaydi. Kreditlash sur’atlarining yanada moʻ’tadillashishini, shuningdek oldinroq vujudga kelgan inflyatsion хatarlar (ish haqi va pensiyalarning indeksatsiya qilinishi, elektr energiyasi va gaz tariflarining koʻtarilishi, soʻm devalvatsiyasi)ni hisobga olgan holda yil oхirigacha inflyatsiyaning sekinlashishi va bazaviy prognoz koridorning 15,5%li yuqori chegarasiga yaqin darajada shakllanishi kutilmoqda.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text154880_qayta_moliyalashtirish_stavkasi_16_procentov_darajada_saqlab_qolindi