Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
my.soliq.uz
portali soliq toʻlovchilarning shaхsiy kabinetida import qiluvchilar uchun QQS toʻlashga oʻtishga doir qadamma-qadam yoʻriqnomani joylashtirdi.
1-qoida. Agar siz import kontraktini tuzgan boʻlsangiz, yalpi tushum miqdoridan qat’i nazar siz QQS toʻlovchi boʻlasiz.
2-qoida. Oʻzbekiston hududiga haqiqatda mol-mulk olib kirilganidan qat’i nazar QQSga oʻtish amalga oshiriladi.
3-qoida. QQSga oʻtgan import qiluvchilar mazkur soliqni barcha amalga oshirilayotgan faoliyat turlari boʻyicha toʻlaydilar.
QQSga:
- 2019 yil 1 oktyabrdan, basharti import kontrakti 2019 yil 1 oktyabrga qadar tuzilgan boʻlsa;
- import kontrakti tuzilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab oʻtish lozim.
4-qoida. Mol-mulkni import qilishda QQSga oʻtish toʻgʻrisida bildirishnoma taqdim etilmaydi.
5-qoida. Siz S-QQSni tanlashga haqlisiz, basharti sizning yalpi tushumingiz miqdori 3 mlrd soʻmdan oshmasa. Buning uchun siz 2019 yil 31 avgustga qadar tegishli bildirishnomani taqdim etishingiz lozim edi.
QQS toʻlovchining roʻyхatdan oʻtish kodini olish
Birinchi qadam. Soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali ariza berish.
Ikkinchi qadam. Soliq organlariga import kontraktini taqdim etish.
6-qoida. Agar sizning yalpi tushumingiz 1 mlrd soʻmdan oshmasa, siz bir vaqtda QQS toʻlagan holda YaSTni qoʻllash huquqini saqlab qolishga haqlisiz.
my.soliq.uz portali aхboroti asosida.