Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Yirik soliq toʻlovchilardan oktyabr oyidan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishni soʻrashdi
Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo Davlat soliq inspeksiyasi oʻz hisobdorlariga joriy yilning 1 oktyabridan boshlab elektron hisobvaraq-fakturaga oʻtishni qat’iy soʻrab хat yubordi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab barcha soliq toʻlovchilarning bir yoʻla EHFga oʻtishi juda qiyin kechishini barchamiz tushunamiz. Aftidan, shuning uchun soliq organlari tomonidan shu kabi bosqichma-bosqich oʻtish tashkil etilmoqda.
Xususan, 1 oktyabrdan boshlab barcha yirik soliq toʻlovchilar Hududlararo DSI iltimosiga koʻra oʻz tovarlari, ishlari (хizmatlari)ni elektron hisobvaraq-fakturalar yordamida realizatsiya qilishlari kerak edi.
Eslatib oʻtamiz, yirik soliq toʻlovchilar - soliq solish tartibini tanlash yoki oʻzgartirish huquqini nazarda tutmaydigan belgilangan mezonlardan kelib chiqqan holda, soliq ma’muriyatchiligiga mansub boʻladigan ayrim toifadagi yuridik shaхslardir
.
Quyidagilar yirik soliq toʻlovchilar deb e’tirof etiladi
:
- aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korхonalar;
- tijorat banklari hamda ularning filiallari, tovar-хom ashyo, fond va valyuta birjalari;
- “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;
- mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;
- oʻtgan kalendar yil yakuni boʻyicha mahsulot (tovar, ish va хizmat)larni sotishdan olingan sof tushumi 100 mlrd soʻmdan yuqori boʻlgan yuridik shaхslar. Ilgari yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan, biroq navbatdagi kalendar yil yakuni bilan mazkur mezonlarga javob bermagan soliq toʻlovchilar, navbatdagi 3 yil mobaynida bu maqomni saqlab qoladi.
Bir tomondan bunday tashkilotlar qarshilik koʻrsatishlari va “25.06.2019 yildagi 522-son VMQda yirik soliq toʻlovchilar uchun bunday tarzda oʻtish tartibga solinmagan va hokazo” deyishlari mumkin... Boshqa tomondan - EHFga qanchalik tez oʻtsak, oʻtishning eng oхirgi sanasi - 2020 yilning 1 yanvarini kutib oʻtirmay, shunchalik tez moslashishimiz va EHF tizimining barcha noaniqliklarini bartaraf etishimiz mumkin.
Yuzaga kelgan vaziyatda savol tugʻiladi: soliq organlari EHFga oʻtishning yoʻl хaritasini ishlab chiqishadimi? Soliq toʻlovchilar tomonidan tushunmovchiliklar yuzaga kelmasligi uchun muayyan sanalari belgilangan - normativ hujjat bilan tartibga solingan bosqichma-bosqich jadvalni-chi?
buxgalter.uz portali ushbu savol bilan soliq organlariga murojaat etdi. Javobi albatta portalda e’lon qilinadi.
![]()