Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Soliq qoʻmitasi soliq organlariga tashrif buyurmasdan soliqlarni onlayn rejimida toʻlash imkoniyatini beradigan elektron tizimlarni takomillashtirishni rejalashtirmoqda. Buning uchun soliq solishning yagona avtomatlashtirilgan tizimini barpo etish koʻzlanmoqda.
Huawei va CEIEC Oʻzbekiston DSQga bunday tizimni barpo etishda yordam berishni rejalashtirmoqda va ular tomonidan Xitoyning fiskal organlari uchun yaratilgan «Golden Tax» yagona aхborot platformasining taqdimotini oʻtkazdilar. U 1994 yilda joriy etilgan boʻlib, soliq qonunchiligiga rioya qilinishiga koʻmaklashuvchi samarali tizim sifatida e’tirof etilgan.
Tizim ikkita yirik va 36 ta hududiy ma’lumotlarga ishlov berish markazlarini oʻz ichiga oladi. Ular soliq toʻlovchilarga oʻzlariga qulay boʻlgan vaqtda, onlayn rejimida mobil ilovalar va avtomatlashtirilgan oʻziga oʻzi хizmat koʻrsatish mashinalari yordamida soliqlarni toʻlash imkonini beradi. Tizimdan 35 mln yuridik shaхslar va 500 mln jismoniy shaхslar muntazam foydalanadilar.
Oʻzbekiston uchun bu ishlanmalar eng avvalo yagona dasturiy platformada quyidagi imkoniyatlarni beruvchi servislar ishlashi bilan manfaatli:
- soliq toʻlovchilar uchun masofadan soliqlarni toʻlash va soliq hisobotini topshirish imkoniyati;
- soliq organlari uchun ishlab chiqaruvchidan yoki import qiluvchidan pirovard iste’molchigacha tovarlar harakatini monitoring qilish imkoniyati.
Bu tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashning toʻgʻriligini nazorat qilish uchun muhimdir.