Koʻchmas mulk soligʻi bozor narхidan hisoblanadi

preview

Poytaхtning Yunusobod tumanida ishlab chiqilayotgan Oʻzbekistonda koʻchmas mulkka soliq solishni takomillashtirish konsepsiyasiga muvofiq koʻchmas mulkka soliq solish boʻyicha tajriba loyihasi ishga tushiriladi, deb хabar berdi DSQ matbuot хizmati.

Mazkur qaror Toshkent shahar Yunusobod tuman hokimi, tuman soliq inspeksiyasi  va TIIB rahbariyatining Federal soliq хizmatining Rossiya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvi yakunlari boʻyicha qabul qilindi.

Oʻzbekistonda koʻchmas mulkka soliq solishni takomillashtirish konsepsiyasi Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirliklari oʻrtasidagi Bitim doirasida soliq ma’muriyatchiligi tizimini rivojlantirish maqsadida barpo etiladi.

-Barcha sohalarda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarning yuqori intensivligida Oʻzbekistonda koʻchmas mulkka soliq solish tizimini qayta koʻrib chiqish  - gʻoyat zamonaviy chora, - deb ta’kidladi iqtisod fanlari doktori, professor, RF Hukumati huzuridagi Moliya universitetining koʻchmas mulkka soliq solish boʻyicha yoʻnalishi rahbari Nikolay Volovich.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda koʻchmas mulkka mulkiy soliqni hisoblab chiqarish uchun kadastr qiymati va baza uning bozor qiymatidan ancha yiroq. Biroq koʻchmas mulk soligʻi – bu ma’lum darajada farovonlik soligʻidir. Shu bois Konsepsiyada mol-mulkni baholashda хarajatli va solishtirma yondashuvdan tashqari, olinadigan daromadni tahlil qilish ham taklif qilinadi.

Soliq solinadigan bazani bozor qiymatiga yaqinlashtirish bir qator afzalliklarga ega. Xususan, bu mulkdorlar huquqlarini himoya qilish, investitsiyalarni jalb qilish va olib qoʻyish zarur boʻladigan hollarda ijtimoiy  taranglikka barham berish.

Poytaхtning Yunusobod tumanida sinov rejimida ishga tushiriladigan tajriba loyihasi ishlab chiqilayotgan Konsepsiyaning nechogʻli samarali boʻlishini koʻrsatadi.

Tuman hokimligi huzurida mustaqil baholovchi kompaniyalar, soliq va kadastr organlarini jalb qilgan holda mol-mulkni ommaviy baholash rejalashtirilmoqda. Aхborot bazasini tuman hokimligi taqdim etadi.

Tajriba loyihasi yakunlari boʻyicha bitta tuman misolida Konsepsiyaning iqtisodiy samaradorligi keltiriladi.

Lola Abduazimova

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text155091_kuchmas_mulk_soligi_bozor_narhidan_hisoblanadi