III guruh iste’molchilari uchun suvdan foydalanish tariflari oshirilmoqda

preview

Toshkent shahar hokimi mahkamasi Moliya bosh boshqarmasida tasdiqlangan deklaratsiyada yangi tariflar belgilandi (reyestr raqami 13-TG-2019, 28.10.2019 yil).

2019 yil 16 noyabrdan Toshkent shahri boʻyicha III guruh tijoriy iste’molchilari boʻlgan  yuridik shaxslar uchun quyidagi stavkalar joriy etilmoqda:

  • suv ta’minoti boʻyicha – 1 m3 uchun 730 soʻm QQSsiz;
  • oqava suv boʻyicha - 1 m3 uchun 460 soʻm QQSsiz.

Qolgan barcha I va II guruhlar iste’molchilari uchun yuqorida koʻrsatilgan deklaratsiyaga muvofiq tariflar 2019 yil 16 noyabrdan oʻzgarishsiz qolmoqda: suv ta’minoti boʻyicha – 1 m3 uchun 310 soʻm QQSsiz, oqava suv boʻyicha - 1 m3 uchun 250 soʻm QQSsiz.

Ma’lumot uchun: Toshkent shahar hokimining 2.04.2019 yildagi 499-son qaroriga binoan Toshkent shahri iste’molchilariga ichimlik suv ta’minoti xizmatlari uchun ilgari belgilangan 1m3 uchun 100 soʻm miqdoridagi maxsus ustama haq miqdori 2019 yilda ham saqlab qolindi, oqava suv (kanalizatsiya) xizmatlari uchun ham shunday ustama haq belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, Cuv ta’minoti va oqava suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalari boʻyicha iste’molchilar uchta guruhga boʻlingan:

I – xususiy uy-joylarda va koʻp kvartirali uydagi xonadonlarda yashaydigan jismoniy shaxslar;

II – issiqlik ta’minoti tashkilotlari, ISKX tashkilotlari, Mudofaa vazirligi va boshqa tashkilotlarning idoraviy uy-joy fondi va yotoqxonalari, byudjet tashkilotlari, diniy tashkilotlar, elchixonalar va diplomatik vakolatxonalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, XUMSh;

III – I va II guruhga kirmagan tashkilotlar.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text155216_iii_guruh_istemolchilari_uchun_suvdan_foydalanish_tariflari_oshirilmoqda