2019 yil noyabr uchun QQS hisobotini qanday topshiramiz

preview

«Norma» PRM 2019 yil 22 noyabr kuni «2019 yil noyabr uchun QQS hisobotini qanday topshiramiz» seminariga taklif qiladi.

Havola boʻyicha oʻtib seminarga yozilish mumkin.

Ma’ruzachi - Azizaxon Toshxoʻjayeva, NORMA kompaniyasi eksperti, soliq maslahatchisi, buxgalteriya hisobi sohasida sertifikatlangan mutaxassis, buxgalteriya hisobi, soliq va soliqqa tortish boʻyicha ekspert.

Seminar dasturi

 •  QQS solinadigan va solinmaydigan oborotlarni aniqlash; 

 •  QQSni hisoblash;

 •  Hisobga olinadigan QQS summasini aniqlash;

 •  Soddalashtirilgan QQSni hisoblash;

 •  Norezidentlardan olingan ishlar va xizmatlar boʻyicha QQSni hisoblash.

Trening qatnashchilari ushbu soliq shakllarini toʻldirish tartibi bilan tanishadilar:

 •   Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobi;

 •   Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan olingan ishlar, xizmatlar boʻyicha QQS hisob-kitobi.

Trening davomida qatnashchilar:

  •   soliq hisobotini oʻzlari toʻldirib koʻrish imkoniyatiga ega boʻladilar;
  •   oʻzlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oladilar.
Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text155313_2019_yil_noyabr_uchun_qqs_hisobotini_qanday_topshiramiz