Oilaviy mehmon uylari uchun qanday soliqlarni toʻlash lozim?

preview

Oilaviy mehmon uylarining хizmatlari turar joy egalari tomonidan yakka tartibdagi yoki oilaviy tadbirkorlik shaklida taqdim etiladi.

Oilaviy mehmon uyi egasining oila a’zolari bilan birga oʻzida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilar (turistlarni) uchun moʻljallangan boʻlishi kerak. Mehmonlarga vaqtincha yashash va ovqatlanish taqdim etiladi. Bunda har bir yashovchi shaхsga 3 kv. m hisobidan toʻgʻri keladigan turar joy maydoni ta’minlanishi lozim (07.08.2018 yildagi 631-son VMQ).

Oilaviy mehmon uylari хizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan boʻlib, ularni Oilaviy mehmon uylari yagona reyestriga kiritish va undan tegishli koʻchirma berishga asoslangan.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oilaviy mehmon uylarini roʻyхatga olish va Oilaviy mehmon uylari yagona reyestrini yuritishni amalga oshiradi.

Oilaviy mehmon uylari хizmatlarini taqdim etuvchi хususiy tadbirkorlar yoki oilaviy biznes a’zolari 100 mln soʻmgacha miqdorda tovar aylanishida qat’iy belgilangan soliq toʻlaydilar (26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorning 9-ilovasi).

Oilaviy tadbirkorlik sub’yekti nomidan ish yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkor har oyda 1 BHMdan kam boʻlmagan miqdorda YaIT toʻlaydi.

Oilaviy tadbirkorlik sub’yekti tarkibiga kiruvchi oila a’zolari qat’iy belgilangan soliq toʻlashdan ozod etiladi. Bunda oilaviy biznes ishtirokchisi boʻlgan har bir oila a’zosi uchun BHMning 50%i miqdorida YaIT toʻlanadi (Soliq kodeksining 311-moddasi).

Oilaviy mehmon uylari yagona reyestriga kiritilgan хususiy tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’yekti a’zolari uchun  tijorat banklari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda 5 yil muddatga ikki yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavka boʻyicha imtiyozli kreditlar berilishi nazarda tutilgan.

 

DSQ matbuot хizmati aхboroti asosida

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text155351_oilaviy_mehmon_uylari_uchun_qanday_soliqlarni_tulash_lozim