9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini muhokama qilish uchun taqdim etdi (ID-10142). Yengil sanoat korxonalari uchun foyda soligʻi, JShDS va mol-mulk soligʻi boʻyicha qoʻshimcha soliq imtiyozlarini joriy etish taklif etilmoqda.
Yengil sanoat korxonalari uchun soliq imtiyozlarini nazarda tutuvchi oʻnlab hukumat qarorlari amal qiladi. Endi ulardan ayrimlarini Soliq kodeksiga kiritish taklif qilinmoqda.
2020 yil 1 yanvardan boshlab:
- toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari korxonalarining foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazasini yetti yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish boʻyicha xarajatlar summasiga kamaytirish;
- “Oʻztoʻqimachiliksanoat” va “Oʻzcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy konsultantlari, shuningdek, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari korxonalarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xorijiy mutaxassislari uchun JShDSning belgilangan stavkasini 50%ga pasaytirish;
- hisobot davri natijalari boʻyicha yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60%dan kam boʻlmagan eksport ulushiga ega boʻlgan korxonalarni 2023 yil 1 yanvarga qadar mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etish taklif qilinmoqda.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
![]()