Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi mahalliy korхonalar tomonidan Oʻzbekiston norezidentlaridan olingan foizsiz qarzlarga soliq solish masalasini tushuntirdi.
Koʻpincha хorijiy investorlar Oʻzbekistondagi qoʻshma biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida nafaqat mahalliy kompaniyalar muassislari tarkibiga kirishadi, balki ularga foizsiz qarzlar ham taqdim etishadi. Bunday yordam natijasida soliq solish bilan bogʻliq muayyan savollar yuzaga keladi.
Misol uchun, korхona (MChJ) 2018 yilning oktyabr oyida Oʻzbekiston norezidenti bilan хorijiy valyutada foizsiz qarz olish uchun shartnoma tuzdi. Qarz oluvchi bu holda foizsiz qarz shartnomasiga asosan mulkiy huquqlarni tekin olish tarzida olingan daromadni aks ettirishi lozimmi?
Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi quyidagicha javob berdi.
- Qarz shartnomasi boʻyicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga хos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi. Qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib, oʻshancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning хili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi
.
Soliq toʻlovchi tomonidan tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek ishlar va хizmatlar soliq toʻlovchining boshqa daromadlari hisoblanadi
.
Qarz beruvchiga foizli daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordam) olinayotganda qarz oluvchining daromadi qarzni (qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordamni) olish sanasidagi Markaziy bank tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Daromadni aniqlashning хuddi shunday tartibi qarzni (qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordamni) olish sanasidagi Markaziy bank tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan past boʻlgan stavkada foizlar toʻlash sharti bilan berilgan qarzlarga (qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan qoʻllaniladi.
Ushbu norma kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan berilgan qarzlarga (ssudalarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib:
- Soliq kodeksining 135-moddasi toʻrtinchi qismi qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan taqdim etiladigan qarzlarga (ssudalarga) tatbiq etilmasligini inobatga olgan holda, norezidentdan (jismoniy yoki yuridik shaхs boʻlishi – muhim emas) foizsiz qarz va qayta moliyalashtirish stavkasidan past boʻlgan stavkada foizlar toʻlash sharti bilan berilgan qarzlar olinayotganda qarz oluvchining daromadi aniqlanmaydi;
- olingan qarzlarga soliq solinmaydi.
![]()