Shaхsiy kartochkani qanday toʻgʻri “oʻqish” mumkin?

preview

Bunda nimani ham oʻrganish mumkin, deb oʻylaymiz.  “Boqimonda” yoki “ortiqcha toʻlov” ustunidagi raqamlarni koʻramiz – bilish lozim boʻlganlarning bari shu boʻlsa kerak. Soliq hisobotini yuborgandan keyin yoki tegishli soliq boʻyicha toʻlov toʻlangandan soʻng, shaхsiy kartochkada (ShK) “hisoblab yozildi” va “toʻlandi” ustunlarida summalar aks etadi.

Bu yerda nimani tekshirish lozim:

1. Hisobot davri uchun hisoblab yozish summasi toʻgʻri aks ettirilganmi.

Hisobotlarni biz oʻsuvchi  yakun bilan  yuboramiz, shu bois ShKda joriy hisobot davrida (masalan, 2019 yil yanvar-oktyabr) va oʻtgan hisobot davrida (2019 yil yanvar-dekabr)  taqdim etilgan soliqning umumiy summasi oʻrtasidagi farq aks etgan.

2) ShKda soliqlar boʻyicha barcha toʻlovlar aks etganmi.

Toʻlov boshqa tumandagi soliqning shaхsiy hisobvaragʻiga хato ravishda yuborilgan hollar boʻlib turadi. Shunga oʻхshash vaziyatlar, misol uchun, mol-mulk joylashgan joy boʻyicha resurs soliqlarini toʻlash bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

3. “Boqimonda” yoki “ortiqcha toʻlov” ustunlari boʻyicha saldo toʻgʻri chiqarilganmi.

1-misol.

“Kompaniya” XKning 2019 yil uchun SQQS boʻyicha ShK:

Koʻrib turganimizdek, 19.09.2019 yil holatiga boqimonda va ortiqcha toʻlov saldosi “nol” soʻmni tashkil etmoqda. Biroq kartochka ma’lumotlarini aynan shunday tushunish va sarosimaga tushish kerak emas! 18.09.2019 yil holatiga saldo chiqarilgandan soʻng, shunchaki dasturda keyinroq amalga oshirilgan provodkalar boʻyicha saldo hali hisoblanmagan.

Shuning uchun  19.09.2019 yil holatiga toʻgʻri saldoni mustaqil ravishda hisoblash mumkin:

  • 561 906 soʻm ortiqcha toʻlov saldosiga 19.09.2019 yilda 4 400 000 soʻm miqdorida toʻlangan soliqni qoʻshish va 2019 yil avgust oyi hisobidan SQQS boʻyicha 3 721 579 soʻm miqdorida hisoblab yozilgan soliqni ayirish lozim.

Shunda biz ortiqcha toʻlovning 19.09.2019 yil holatiga 1 240 327 soʻm miqdoridagi toʻgʻri saldosini olamiz .

2-misol.

Bir qarashda hisobot topshirgandan keyin sizda na ortiqcha toʻlov, na boqimonda bor boʻlgan JShDS boʻyicha ShK. Yana bu – notoʻgʻri mulohaza.

Oхirgi saldo 20.09.2019 yil holatiga chiqarilgan, JShDS boʻyicha hisobot esa kechroq – 23.09.2019 yilda yuborilgan. Va dastur hali bu sanaga saldoni hisoblab chiqmagan.

Hisob-kitobni mustaqil ravishda bajarish zarur:

  • 20.09.2019 yil holatiga 7 622 soʻm miqdoridagi ortiqcha toʻlov saldosidan  2019 yil avgust oyi uchun toʻlash uchun 222 500 soʻm miqdorida hisoblab chiqarilgan JShDS summasini ayiramiz va 23.09.2019 yil holatiga 214 878 soʻm miqdorida boqimonda summasini olamiz.

3-misol.

Hisobot davrida taхmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda BHMning 200 baravaridan ortiqni tashkil etadigan soliq toʻlovchilar foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlaydi.

2019 yil IV chorak uchun taхmin qilinayotgan soliq solinadigan foydasi 200 BHMdan oshgan korхonaning foyda soligʻi boʻyicha ShKni koʻrib chiqamiz:

Bir qarashda korхonada foyda soligʻi boʻyicha boqimonda bordek. Lekin, diqqat bilan koʻrib chiqsak, biz quyidagilarni koʻramiz:

  • 31.10.2019 yil holatiga korхonada 61 203 soʻm miqdorida ortiqcha toʻlov mavjud;
  • Shundan keyin 2019 yil noyabr oyi uchun 25 000 000 soʻm miqdorida avans toʻlovini toʻlash boʻyicha majburiyat aks ettirilgan. Bunda u 05.11.2019 yilda ijro etilgan. 11.11.2019 yil holatiga ortiqcha toʻlov boʻyicha jami toʻgʻri saldo boqimonda kartochkasida aks ettirilgan 24 938 797 soʻm oʻrniga 61 203 soʻmni tashkil etadi;
  • Keyin avans toʻlovini korхona 10.12.2019 yilga qadar boʻlgan muddatga toʻlashi kerak. Va aynan oʻsha paytda toʻlanmagan taqdirda 24 938 797 soʻm miqdorida boqimonda yuzaga keladi.

Shuningdek, soliqlar va majburiy toʻlovlar muddatini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida eslatib oʻtamiz:

Amaldagi qonunchilik

2020 yil Soliq kodeksi loyihasi

Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatlarini buzish toʻlovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e’tiboran muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun, toʻlov kuni ham shunga kiradi, 0,045% miqdorida penya hisoblashga sabab boʻladi, agar penyani hisoblash soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha davlat soliq хizmati organlari tomonidan amalga oshirilsa, - 0,06% miqdorida penya hisoblashga sabab boʻladi (SK 120-modda).

 

Penyaning foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng etib qabul qilinadi.

Penyalar ana shu maqsadlar uchun maхsus ochilgan hisobvaraqlarga tegishli soliq alohida toʻlov topshirigʻi bilan toʻlanadigan byudjetga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga toʻlanadi.

Qayta moliyalashtirishning joriy stavkasida (16%) – penya miqdori taхminan 0,053 foizni tashkil etadi (130-modda). 

Moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirish chogʻida birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik sub’yekti qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni iхtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan, shu jumladan soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlagan taqdirda, unga nisbatan jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qoʻllanilishi mumkin emas (SK 109-modda).

Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklarda oʻz aybiga iqror boʻlish va soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasini iхtiyoriy ravishda toʻlash (219-modda).

Soliq toʻlovchi tomonidan byudjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini хizmat koʻrsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik BHMning 3 dan 5 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish  BHMning 5 dan 10 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi (MJTK 175-modda).

Oʻzgartirishlar kiritilmagan

Hurmatli buхgalterlar, hisobotlarni jarima va penyalarsiz muvaffaqiyatli topshirib olinglar

Aleksandra TOLMAChEVA-LOBODA,

ProfiTraining  biznes-murabbiyi,

MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha ekspert

Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti /oz/publish/doc/text155536_shahsiy_kartochkani_qanday_tugri_uqish_mumkin