9 oyni xatolarsiz yopamiz:
2019 yil noyabr oyi uchun 1-NH shakli “Hisoblangan ish haqi miqdori boʻyicha xodimlar sonining taqsimlanishi toʻgʻrisida hisobot” davlat statistika hisoboti shakliga tuzatishlar kiritildi. Oʻzgartirishlarga 1 sentyabrdan boshlab EKIH oʻrniga MHEKM (634 880 soʻm) kiritilganligi sabab boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, 1-NH shakli:
- faqat noyabr oyida toʻliq ishlagan, shuningdek ishda boʻlmagan kunlari mavjud, biroq ish haqi hisoblangan mazkur korxonada mehnat daftarchasi mavjud boʻlgan xodimlar boʻyicha toʻldiriladi;
- yilda bir marta – 16 dekabrga qadar - eStat 3.0. dasturidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etiladi.
Shuningdek, 1-NH shakli Davstatqoʻmning rasmiy saytida joylashtirilgan.
stat.uz axboroti asosida.