9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Ular Davstatqoʻmning qaroriga ilova qilinadi va qoʻmitaning rasmiy saytida joylashtirilgan.
Hisobotlarda, tegishincha, 2019 yil uchun (yillik hisobotlar) va 2020 yil davrlari uchun ma’lumotlar aks ettiriladi. Kelgusi yilda ikkita yangi shakl joriy etiladi:
1. 2019 yil oxiriga tugallanmagan qurilish holati toʻgʻrisidagi hisobot (3-qurilish shakli) – bir martalik, ikki yilda bir marta taqdim etiladi. Topshirish muddati – 14 fevraldan kechiktirmay. Hisobotni:
- yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari, qurilish xoʻjalik boshqaruv organlarini qoʻshgan holda (kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xoʻjaliklari, notijorat korxonalar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlaridan tashqari) - oʻz joyidagi (tuman, shahar) statistika boʻlimiga,
- chet el investitsiyalari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshiruvchi guruhlar, belgilangan roʻyxat boʻyicha idoralar – Davstatqoʻmga topshiradilar.
2. Xodimlarning lavozimlari va kasblari boʻyicha ish haqi toʻgʻrisida 2020 yil aprel oyi hisoboti (1-IH shakli) – uni Davstatqoʻm tasdiqlagan roʻyxat boʻyicha yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari topshiradi. Hisobot aprel oyi uchun bir martalik boʻlib, 29 maydan kechiktirmay topshiriladi.
Qurilish-montaj ishlariga ruxsatnomalar 2019 yil 1 martdan boshlab bekor qilinganligi (uning oʻrniga ularning boshlangani toʻgʻrisida xabardor qilish mexanizmi joriy etilgan) munosabati bilan Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga berilgan ruxsatnomalar toʻgʻrisida hisobot shakli (1-ruhsatnoma shakli) chiqarib tashlandi. Shuningdek, 2020 yil uchun umumiy roʻyxatda yoqilgʻi va energiya sarfi toʻgʻrisidagi hisobot ham mavjud emas (1-KB shakliga ilova (energo).
! Hisobotlarning barcha shakllari Internet orqali eStat 3.0 dasturidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etiladi.