9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Hisobvaraq-faktura sanasi” yuzasidan savol tegishli hisobot davrlarida daromad va xarajatni tan olish, soliq solish uchun nihoyatda muhim. Biroq EHF tizimining texnik xususiyatlari bunga aniq javob bermaydi.
Xoʻsh, qaysi sana hal qiluvchi boʻladi?
- Hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan sana;
- Hisobvaraq-fakturani elektron tizimda shakllantirish sanasi (hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan sanaga toʻgʻri kelmasligi mumkin);
- Xaridor tomonidan hisobvaraq-faktura qabul qilingan (imzolangan) sana.
Masalan, oylik xizmatlar koʻrsatuvchi (kommunal, aloqa, internet va hokazo) va oʻz mijozlariga oy oxirida katta miqdorda hisobvaraq-fakturalar shakllantiradigan korxona buxgalteri qanday yoʻl tutishi kerak?
U oyning 25-sanasidan boshlab EHF operatori tizimida 30 yoki 31-sana bilan hisobvaraq-fakturalarni shakllantirishni boshlasa kerak.
Ularni taxminan keyingi oyning 5-sanasigacha shakllantiradi, biroq, ularga yana 30 yoki 31-sanani qoʻyadi;
Shundan keyin u mijozlar-xizmatlar xaridorlari qachon barcha hisobvaraq-fakturalarni imzolab boʻlishlarini kutadi.

Keltirilgan sxemadan koʻramizki, EHF operatorlari orqali shakllantirilgan va joʻnatilgan barcha hisobvaraq-fakturalar EHF tizimi – rouming-operatori ma’lumotlar bazasida aynan aks etadi. Ayni paytda EHF tizimi shunday ishlaydiki, unga koʻra daromad tizimda hisobvaraq-faktura shakllantirilgan sanada tan olinadi. Ya’ni – hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan 31-sanada emas, balki u tizimda shakllantirilgan sanada:
- hisobvaraq-fakturalarning birinchi qismi 25-sana bilan oʻtadi;
- qolgani – keyingi oyning 5-sanasida.
Shundan keyin, agar xaridor bir qator sabablarga koʻra (unga qoʻngʻiroq qilib tusha olishmagan, unda kerak paytda elektr energiyasi yoki internet-ulanish boʻlmagan, ERIdan foydalanish muddati oʻtgan, yangisini esa hali olishmagan va hokazo) EHFni oʻz vaqtida imzolamasa, soliqlar boʻyicha hisobot topshirish paytida hisobvaraq-faktura imzolanmagan holda qoladi.
Bularning barchasi ikki taraf – ham sotuvchi, ham xaridorning soliq solish bazasini buzib koʻrsatishi mumkin, shuningdek soliq hisobotining notoʻgʻri shakllanishiga olib kelishi mumkin. Buzib koʻrsatish esa byudjetga zarar keltirishi mumkin, sababi koʻrsatilgan vaziyatda soliq tegishli hisobot davrida emas, balki keyingisida kelib tushishi mumkin.
Boshqa misol keltirish ham mumkin: qandaydir sabab bilan 2019 yil 25 sentyabr sanasida xizmatlar koʻrsatish yuzasidan hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishmadi. Korxona oʻz xatosini tuzatmoqchi:
- uni EHF tizimida koʻrsatish;
- soliqlar boʻyicha qayta hisob-kitoblarni topshirish.
Agar amaldagi EHF tizimi – rouming-operatori ma’lumotlar bazasi mazkur hisobvaraq-fakturani “25 sentyabr” sanasi bilan kiritish imkonini bermasa, korxona soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etishiga toʻgʻri keladi. EHFda ishlashning texnik xususiyatlari tufayli buxgalter bu hisobvaraq-fakturani joriy kun sanasi – uni tizimda shakllantirish sanasida koʻrsatadi.
EHF tizimi – rouming-operatori ma’lumotlar bazasi bunday vaziyatda:
1. Hisobvaraq-fakturani shakllantirish va unga 25 sentyabr sanasini qoʻyish imkonini berishi;
2. Uni yopilgan oʻtgan davrga qoʻshimcha reyestrda qayd qilishi;
3. Kameral boʻlimga oʻtgan hisobot davri – sentyabr oyi uchun soliqlarni qoʻshimcha hisoblash amalga oshirilganligi haqida xabardor qilishi kerak. Ya’ni – bunday korxona soliqlar boʻyicha qayta hisob-kitob topshirish lozimligini koʻrsatishi darkor.
Muammoni qanday hal qilish mumkin?
Qonunchilik darajasida mazkur masalani tartibga soluvchi tartibni belgilashni taklif qilamiz:
- Xaridor uchun taqdim etilgan hisobvaraq-fakturani qabul qilishi va imzolashi yoki rad etishi shart boʻlgan muddatni belgilash. U realizatsiya amalga oshirilgan oy tugagach, 20 kundan oshishi kerak emas.
- EHF sanasini rouming-operatori ma’lumotlar bazasida hisobvaraq-faktura shakllantirilgan va aks ettirilgan sanani emas, balki hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan sanani belgilash.
Misol uchun, hisobvaraq-fakturaga 31 oktyabr sanasi qoʻyilgan, EHF tizimida 1 noyabr kuni shakllantirilgan, xaridor uni 5 noyabrda imzolagan. Rouming-operatori ma’lumotlar bazasida va QQS hisob-kitobiga sotib olish va sotish reyestrida bunday hisobvaraq-faktura 31 oktyabr sanasi bilan aks ettirilishi kerak.
Ular chakana savdo, chiptalarni realizatsiya qilish, vositachilik haqi, sugʻurta polislari, lizing, norezidentlar xizmatlari, bank koʻchirmalari, tannarxdan past realizatsiya qilish va hokazo hisobiga toʻgʻri kelmaydi.
Shu bois EHF tizimi (rouming-operatori ma’lumotlar bazasi) oʻzining birinchi bosqichida sotish hajmlarini butunlay qamrab olish va davrlar boʻyicha toʻliq toʻgʻri kelishiga da’vogarlik qilmagan. Fikrimizcha, bu QQS zanjirining umumiy mufassal hisobiga oʻtishning bosqichlaridan, shuningdek – kameral nazorat mexanizmlaridan biri.
![]()