Sobiq davlat mulki egalariga nizolashish taqiqlanadi

preview

Davlat organlariga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari, shu jumladan, ob’yektlarning qiymatini baholash natijalari yuzasidan nizolashish taqiqlandi. Bu Prezidentning “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Amaldorlar “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga soʻzsiz rioya qilishlari zarurligi haqida ogohlantirildilar.

Bosh prokuratura davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini qayta koʻrib chiqish va bekor qilish tashabbusi bilan chiqqanlik uchun vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarini jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’minlaydi.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text155704_sobiq_davlat_mulki_egalariga_nizolashish_taqiqlanadi