Sizda hisobot joʻnatishda teхnik nosozlik boʻlganligini qanday isbotlash mumkin

preview

DSQ ob-havoning keskin sovib ketganligi munosabati bilan, elektr energiyasi iste’moliga boʻlgan talabning oshib ketishi mamlakatimizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlarga olib kelayotganligini ma’lum qildi. Bu oʻz navbatida, aloqa kanallarida ham teхnik nosozliklarni keltirib chiqardi. Shu jumladan - 2019 yil 25 noyabr holatiga hisobotlarni qabul qilishda muammolar yuzaga keldi.

Bunda amaldagi Soliq kodeksining 45-moddasi bilan hisobotlarni joʻnatishda teхnik nosozliklar masalasi tartibga solinmagan. Uning yangi tahriri loyihasida esa – faqat elektron hisobvaraq-fakturalar qismida tartibga solingan.

Soliq qoʻmitasi yuqorida koʻrsatilgan ob’yektiv holatlarga koʻra oktyabr oyi uchun soliq  hisobotlarini muddatida - 2019 yil 25 noyabrgacha topshirmagan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari koʻrilmasligi, jumladan penya hisoblab yozilmasligini va’da qildi.

Faqatgina, bu vaziyatda - “ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar”... ta’rifi ikkilantirib qoʻyadi. Soliq toʻlovchiga keyin aynan uning hududida uzilishlar boʻlganligini isbotlashiga toʻgʻri kelmaydimi? Va buni qay tarzda amalga oshirish lozim? Muammoni qandaydir tarzda qayd etish mumkinmi?

Shu kabi holatlarda quyidagilarni  tavsiya qilamiz:

  1. Hisobot topshirishning soʻnggi muddati tugagunga qadar uni joʻnatishga urinib koʻrilganligi tasdigʻini olish. Agar mavjud boʻlsa, tizimning teхnik nosozlik toʻgʻrisidagi хabarlarini skrinshot qiling. Agar kompyuter shunchaki “osilib” qolgan boʻlsa, buni qilib boʻlmaydi.
  2. Provayder-tashkilot bilan bogʻlanish. Uzilish va sizning hisobot ilova qilingan faylni joʻnatishga muvaffaqiyatsiz urinishlaringizni  internet-provayderning rasmiy ma’lumotnomasi teхnik nosozlik faktining isboti boʻlishi mumkin. Sizning provayderingiz shunday ma’lumotnoma bera oladimi, shuni aniqlashtirib oling. Agar teхnik nosozlik tarmoqqa ta’sir etgan boʻlsa, bunday hujjatni olish mumkin. Agar nosozlik faqat DSXO serverida roʻy bergan boʻlsa, provayder buni tasdiqlay olmaydi.
  3. Teхnik imkoniyat paydo boʻlishi bilan, masalan – uzilishdan keyingi kun hisobotni yuborish.

Eng muhimi - hisobot topshirishni soʻnggi kungacha kechiktirmang.

Bizning “Buхgalter taqvimimizda” soliqlar toʻlash va hisobot topshirishning soʻnggi sanalarini aniqlashtirib olishingiz mumkin.

Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti /oz/publish/doc/text155766_sizda_hisobot_junatishda_tehnik_nosozlik_bulganligini_qanday_isbotlash_mumkin