Moliya vazirligi auditorlar malakasini oshirish kursining yangi dasturini tasdiqladi

preview

Auditorlar malaka sertifikatini olgan yilning keyingi yilidan boshlab har yili 40 soatlik  dastur boʻyicha malaka oshirish kurslarini oʻtishi shart. Moliya vazirligi kursning yangi dasturini tasdiqladi. Unda MHXS va AXS alohida qoidalarini amaliyotda qoʻllashdagi muammoli masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Oʻz BAMU va Oʻzbekiston Auditorlar palatasidan tashqari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar ham yangi dastur boʻyicha oʻqitishlari mumkin.

Moliya vazirligi saytida – “Buхgalteriya hisobi va audit – Auditorlik faoliyati – Auditorga yordam” kichik boʻlimida dastur bilan batafsil tanishish mumkin.

Shuningdek, uni bizning havolamiz boʻyicha yuklab olishingiz mumkin.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text155819_moliya_vazirligi_auditorlar_malakasini_oshirish_kursining_yangi_dasturini_tasdiqladi