5 dekabrgacha buxgalter nima qilishi kerak

preview

5 dekabr:

  • 2019 yilning noyabrida natura shaklida toʻlangan daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashning soʻnggi kuni  (SK 188-moddasi 1-qismi). 

Masalan, joriy yilning 13 noyabrida korxona xodimiga uning tavallud kuni munosabati bilan, shuningdek korxona rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun qiymati imtiyozli miqdordan, ya’ni EKIHning 6 baravaridan oshadigan qimmatbaho sovgʻa – kompyuter berildi (SK 179-moddasi 14-bandi).

Ish beruvchi 6 EKIHdan oshadigan sovgʻa qiymatidan JShDS hisoblashi va joriy yilning 5 dekabridan kechiktirmay soliqni toʻlashi shart (SK 188-moddasi, 1-qismi).

  • banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini byudjetga oʻtkazishning soʻnggi kuni (SK 165-moddasi 4-qismi 1-bandi).
Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text155858_5_dekabrgacha_buhgalter_nima_qilishi_kerak