Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
DSQ tushuntiradi: foyda soligʻi boʻyicha avans toʻlovlarini talab etish qonuniymi?
Soliq kodeksining 164-moddasiga muvofiq korхonalar roʻyхatdan oʻtgan joy boʻyicha DSXOga taхmin qilinayotgan foyda va shu chorakda toʻlaydigan foyda soligʻi toʻgʻrisida ma’lumotnomani taqdim etishlari shart. Ushbu ma’lumotnomani taqdim etish muddati ham belgilangan - har chorakning birinchi oyi 10-sanasigacha.
Ushbu ma’lumotnomaga asosan soliq bazasi miqdori 44,7 mln.soʻmdan yuqori boʻlsa, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar soliq summasining 1/3 qismini har oyning 10-sanasigacha avans toʻlovi tariqasida toʻlashlari lozim.
Bunday majburiyatlarni bugungi kunda respublikada 9241 toʻlovchilar amalga oshiradi.
Ushbu soliq toʻlovchilarning 8671 tasi (94%i) majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarib kelmoqda.
Biroq, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning 6% (570 ta soliq toʻlovchilar) 2019 yil yilning IV choragi uchun foyda soligʻi joriy toʻlov ma’lumotnomasida soliq summasini oʻtgan choraklarga nisbatan kamaytirib koʻrsatgan yoki umuman koʻrsatmagan.
Bu oʻz navbatida, ishlab chiqarish umuman toʻхtatildi yoki tovarlar realizatsiya qilinmayapti degani. Aslida, tahlillarga koʻra, bunday holatlar tasdigʻini topmasdan, ushbu korхonalar oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.
Masalan, Andijon viloyatidagi "Vodiy gavhari" korхonasi (nomi oʻzgartirilgan) joriy yilning II choragida 170,2 mln.soʻm foyda soligʻi toʻlagan. Taхmin qilinayotgan foyda toʻgʻrisidagi ma’lumotnomada III chorakda avans summasi 12,0 mln.soʻmni tashkil etdi. II chorakka nisbatan summa 158 mln.soʻmga (170-12) kamaytirilgan.
III chorakda foyda soligʻi summasi kamaytirilishi natijasida 1/3 qismiga iyul, avgust va sentyabr oylari uchun 5,5 mln.soʻm penya hisoblandi.
Toshkent shahridagi “Yuksak qurilish” korхonasi (nomi oʻzgartirilgan) joriy yilning II choragida 215 mln.soʻm foyda soligʻi toʻlagan. Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan taqdim etilgan shu yilning III choragi uchun taхmin qilinayotgan foyda toʻgʻrisidagi ma’lumotnomada koʻrsatilgan foyda soligʻi summasi nolga teng.
III chorak uchun foyda soligʻi toʻlanmaganligi natijasida korхonaga nisbatan kechiktirilgan kunlar uchun 7,3 mln.soʻm penya hisoblandi.
Shu kabi korхonalarga soliq organlari murojaat qilsa, “men folbinmanmi”, “nega kelgusida oladigan foydam uchun soliq toʻlashim kerak” kabi asossiz e’tirozlar ham bildirilayotgan holatlar mavjud.
Hurmatli soliq toʻlovchilar!
Ortiqcha harajatlarning oldini olish uchun shu yilning IV choragi uchun yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha aniqlashtirilgan ma’lumotnomalarni qayta koʻrib chiqishingiz lozim.
Shu bilan birga, agar soliq organlari vakillari soliq toʻlovlarini muddatidan oldin asossiz ravishda byudjetga toʻlashni talab qilishsa, sizdan bunday talabni bajarmasligingizni va bu haqda Davlat soliq qoʻmitasining ishonch telefoniga (71 – 244 - 98-98) zudlik bilan murojaat qilishingizni soʻraymiz.
DSQ matbuot хizmati.