9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Yana qator tekshiruvlarni biznes-ombudsmanni xabardor qilmasdan oʻtkazish taqiqlandi
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatiga tegishli tuzatishlar kiritildi (28.11.2019 yildagi PF-5884-son Farmonga qarang).
Unga quyidagilar kiritildi:
- birinchidan, nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirish. Ular 2,5 yilda koʻpi bilan 1 marotaba 5 kundan oshmagan holda oʻtkaziladi. Bunda qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ijtimoiy tarmoqlardagi asoslangan ma’lumotlar boʻlgan holatlarda cheklanmagan miqdorda tekshiruvlar oʻtkaziladi (belgilangan 2,5 yilda koʻpi bilan 1 marotaba davrni inobatga olmagan holda, tahr.).
Shu tariqa, litsenziatlar-tibbiyot tashkilotlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi va muddatlari ularning mulkchilik shakliga bogʻliq holda chegaralandi (quyidagi jadvalga qarang).
|
Tadbirkorlik sub’yekti-tibbiyot tashkilotining mulkchilik shakli |
Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirish tartibi |
Tekshiruv oʻtkazish davriyligi |
Tekshiruv oʻtkazish muddati |
|
Davlat* |
Biznes-ombudsman bilan kelishilgan holda |
Belgilanmagan. Quyidagi tarzda oʻtkaziladi:
|
1 dan 10 kungacha |
|
Nodavlat |
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish yoʻli bilan biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida |
Koʻpi bilan 2,5 yilda 1 marta. Cheklanmagan miqdorda:
|
5 kundan oshmagan holda |
*Izoh. Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etilgan davlat tibbiyot unitar korxonalari litsenziya olmaslikka haqli boʻlsalarda, belgilangan litsenziya talablarini (mutaxassislarning malaka toifasiga nisbatan talablardan tashqari) va shartlarini bajarishlari shart.
- ikkinchidan, davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini tekshirish. Tekshiruvlar ilgari ham oʻtkazilgan, lekin yongʻin-profilaktik tadqiqotlar koʻrinishida boʻlgan. Tekshiruvlar davriyligi quyidagi ob’yektlarning yongʻin xavfi mavjud boʻlgan guruhlardan kelib chiqqan holda saqlab qolinadi: 1-guruh – bir yilda koʻpi bilan 1 marta; 2-guruh – 2 yilda koʻpi bilan bir marta; 3-guruh – 3 yilda koʻpi bilan 1 marta. Tekshiruv muddati 10 kundan oshmaydi (tekshiruvlar 1 kun, 1-guruhdagi ob’yektlar boʻyicha – 2 kun davomida oʻtkazilgan, tahr. izohi). Ushbu nazorat tadbirlari yakka tartibdagi tadbirkorlarda ham oʻtkaziladi.
Ma’lumot uchun. Tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan ob’yektlar yongʻin xavfliligi mezonlari boʻyicha quyidagicha guruhlanadi:
|
Birinchi guruh |
Ikkinchi guruh |
Uchinchi guruh |
|
Prezidentning qarorlari bilan oʻta muhim ahamiyatga molik ob’yektlar jumlasiga kiritilganlar yoki 1 va 2-toifali ahamiyatga molik ob’yektlar; ShNK 2.01.19-09 «Xona, bino va tashqi qurilmalarning portlash va yongʻin xavfi darajasi boʻyicha toifalarini belgilash»ga muvofiq «A» va «B» toifalariga kiritilgan ob’yektlar; paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash punktlari va paxtani qayta ishlaydigan korxonalar; saqlash hajmidan qat’i nazar paxta terminallari; sutkada 1000 tonnadan ortiq quvvatga ega boʻlgan don va don mahsulotlarini qayta ishlaydigan va saqlaydigan korxonalar; yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan, kengaytirilgan, texnik jihatdan qayta jihozlangan va kapital ta’mirlangan ob’yektlar; balandligi 10 qavatdan oshadigan ma’muriy va jamoatchilik binolari; 100 va undan ortiq oʻrinli mehmonxonalar, motellar, kemping va yotoqxonalar; portlovchi va zaharli moddalarni saqlash uchun moʻljallangan ob’yektlar |
ShNK 2.01.19-09 «Xona, bino va tashqi qurilmalarning portlash va yongʻin xavfi darajasi boʻyicha toifalarini belgilash»ga muvofiq «V1» va «V4» toifalariga kiritilgan ob’yektlar; doimiy ravishda 50 va undan ortiq kishi boʻlishiga moʻljallangan tibbiy va sogʻlomlashtirish muassasalari; 100 va undan ortiq oʻringa ega ommaviy madaniy tadbirlar oʻtkaziladigan ob’yektlar va madaniy koʻngilochar muassasalar; balandligi 3 qavatdan 10 qavatgacha boʻlgan ma’muriy va jamoatchilik binolari; 100 dan ortiq kishi sigʻadigan stadionlar va manejlar; dehqon (oziq-ovqat), ixtisoslashgan va buyum bozorlari (savdo majmualari); 100 tagacha oʻringa ega mehmonxonalar, motellar, kemping va yotoqxonalar; sutkada 1000 tonnagacha quvvatga ega boʻlgan don va don mahsulotlarini qayta ishlaydigan va saqlaydigan korxonalar |
ShNK 2.01.19-09 «Xona, bino va tashqi qurilmalarning portlash va yongʻin xavfi darajasi boʻyicha toifalarini belgilash»ga muvofiq «G» va «D» toifalariga kiritilgan ob’yektlar; birinchi va ikkinchi guruhga kirmaydigan ob’yektlar
|
Mazkur holatda yongʻin-profilaktika tekshiruvlariga yuridik maqom berilishi biznes uchun foydali boʻladi, chunki:
- davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari biznes-ombudsmanning e’tibor markazida boʻladi;
- tadbirkorlik sub’yektlari ularga nisbatan oʻtkaziladigan tekshiruvlar toʻgʻrisidagi axborotlarni onlayn tarzda olishlari mumkin;
- tizimda roʻyxatdan oʻtkazilmagan tekshiruvlar va ular natijasida yuzaga kelgan oqibatlar qonuniy hisoblanadi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshiruvlar davriyligiga tuzatishlar kiritildi:
a) umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlarni 3 oyda koʻpi bilan 1 marotaba tekshiradilar. Hozir davriylik oziq-ovqat mahsulotlari turlariga qarab belgilanadi: sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash – har oyda (laboratoriya tekshiruvlari), un va osh tuzi ishlab chiqarish – chorakda koʻpi bilan 1 marta (laboratoriya tahlili);
b) aholiga diagnostika, davolash-profilaktika xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari alohida kichik guruh sifatida kiritildi. Ularni bir yilda koʻpi bilan 1 marotaba tekshiradilar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.03.2020 yildan kuchga kiradi.
Oleg Zamanov.