2020 yilda kameral tekshiruv tayinlanishi xavfini qanday prognoz qilishi mumkin

preview

MV va DSQning soliq organlarida soliq xavflarini baholash va halollik mezonlari asosida soliq toʻlovchilarni segmentlash tizimi joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. Barcha tadbirkorlik sub’yektlari uch guruhga ajratiladi: soliqqa oid huquqbuzarliklar xavf darajasi yuqori, oʻrta va past boʻlgan guruhlar. Qaysi mezonlar boʻyicha baholanadi? Soliq toʻlovchilar xavf va chetga chiqishlarni qanday bilib olishlari mumkin? Qanday shartlarda «qizil yoʻlak»dan «yashil yoʻlak»ga oʻtish mumkin?

Soliq «svetoforlari»

Muhokama qilinayotgan hujjat maqsad qilib qoʻyilgan masalalarga javob bermaydi. 

Unga muvofiq tadbirkorlarni uch guruhga boʻladilar – xavf darajasi yuqori («qizil yoʻlak»), oʻrtamiyona soliq xavfi darajasi («sariq yoʻlak») va xavf darajasi past boʻlgan («yashil yoʻlak»).

Bunda qoʻmita tomonidan QQS toʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida qoʻllanilishi rejalashtirilayotgan yoʻlaklarni shunga oʻxshash rangli «yoʻlaklar» bilan chalkashtirmaslik kerak. Ular (ularga kiritish mezonlari) – tor doirada – faqat QQS toʻlovchilarga nisbatan qoʻllaniladi. Yangi hujjat bilan tasdiqlanadigan yoʻlaklar soliq toʻlovchining halolligini baholash global tizimiga taalluqlidir. 

Jami – 2020 yilda bizda oʻz kiritish mezonlariga ega ikkita «soliq svetofori» boʻladi. Ularning oʻzaro kesishuvi hech qayerda qayd etilmagan.

Kimlar «yashil» hududga tushadi?

Koʻrinib turibdiki, barcha «yashil yoʻlak»dagilarni barmoq bilan sanasa boʻladi. «Yashil hudud» - bu soliq organining ma’lumotlariga koʻra hammasi batartib boʻlgan soliq toʻlovchilar hisoblanadi.

«Sariq yoʻlak» - toʻgʻri harakatdan notoʻgʻri harakatgacha boʻlgan masofa. Koʻpgina holatlarda unga tuzatish mumkin boʻlgan xatolarga yoʻl qoʻygan yoki koʻrsatkichlari soliq organlarida savol tugʻdiradigan soliq toʻlovchilar kiritiladi. Soliq organlarida koʻrsatkichlaringiz boʻyicha biror shubha uygʻonadigan boʻlsa, bu kutilmagan vaziyat ekanligini va aynan shu tufayli oʻrtacha koʻrsatkichlarga oʻtayotganligingizni, huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymayotganingizni isbotlab berishingiz lozim boʻladi.

«Qizil» hududga soliq qonunchiligini buzganlar va oʻtmishi tartibli boʻlmaganlar kiritiladi.

Faqat «yashillar»gina tekshirilmaydi. Qolganlarni barcha turdagi va shakldagi qat’iy soliq tekshiruvlari, shu jumladan kameral nazorat va soliq auditi kutmoqda.

Korxonangiz qaysi guruhga kiritilganligini soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali bilib olishingiz mumkin.

Qanday tartibda guruhlarga ajratiladi?

Soliq toʻlovchilar quyidagilarni tahlildan oʻtkazish asosida maxsus dastur yordamida xavf guruhlariga ajratiladi:

  • soliq va moliyaviy hisobotingizni;
  • soliq nazorati natijalarini;
  • sudlar va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha taqdim etilgan tahliliy ma’lumotlarni (xususiy xulosalar va tasavvurlar);
  • davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlarini;
  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan, shu jumladan saytlar va ijtimoiy tarmoqlardan olingan ma’lumotlarni;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi murojaatlari.

Shu bilan muhokama qilinayotgan hujjatning tanqidiy jihatlariga yakun yasaladi. Savollar esa qolib ketaveradi …

«Yoʻlaklar toʻgʻrisida»gi qaror loyihasida qaysi masalalar javobsiz qolmoqda

Yangi Soliq kodeksini qayta ishlash konsepsiyasi boʻyicha oʻtkazilgan koʻpgina seminarlar va konferensiyalar davomida MV va DSQning mas’ul shaxslari quyidagi muhim ma’lumotni ma’lum qildilar: barcha aytib oʻtilgan manbalarda DSXO tomonidan faqat soliqqa oid huquqbuzarliklar va xatoliklarga yoʻl qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlargina izlanmaydi. Quyidagi «tarmoq koʻrsatkichlaridagi chetga chiqishlar» guruhlarga ajratish uchun asos boʻladi: xodimlar sonining nostandart qiymati, energiya resurslari iste’moli, oʻrtacha ish haqi va boshqalar.

«Standart» nima ekanligini qanday bilish mumkin? Soliqqa oid huquqbuzarlikni chindan ham sodir etmaydigan soliq toʻlovchida «issiq» yoʻlaklarga tushib qolish xavfi boʻladi?

Masalan, Moliya vazirligi tahlilda foydalanish uchun tarmoqlar uchun standart koʻrsatkichlarni ochiq e’lon qila oladimi? Soliq toʻlovchi oʻzining chetga chiqishlarini koʻrishi va kameral tekshiruv tayinlanishi xavfini prognoz qila olishi uchun buni amalga oshirsa boʻladimi? Soliq toʻlovchi qanday ob’yektiv mezonlar boʻyicha qat’iy fiskal nazorati ostiga tushishini bilishga haqlidir.

Qaror loyihasida bu borada koʻrsatmalar berilmagan.

Hujjat haddan tashqari umumiy tusga ega. Unda u yoki bu guruhga kiritish mexanizmi, «qizil» yoki «sariq»dan «yashil»ga oʻtish shartlari haqida aniq ma’lumot berilmagan. Eng muhim esa ushbu mexanizm doirasida soliq toʻlovchilarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida bayon etilmagan.  

Qaror loyihasi muhokamasi 2019 yil 17 dekabrda yakunlanadi.  

Eslatib oʻtilgan masalalarni hisobga olgan holda hujjatni puxta ishlab chiqishni tavsiya etamiz.

Yuliya YaShINA.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text156095_2020_yilda_kameral_tekshiruv_tayinlanishi_hatarini_qanday_prognoz_qilishi_mumkin