Soliqchilar ayrim soliqlarni toʻlash muddatlarini kengashlar qanday uzaytirishini tushuntirishdi

preview

DSQning matbuot xizmati yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini

uzaytirish toʻgʻrisida eng koʻp beriladigan savollarga javob berdi.

1. Yuridik shaxslarning qaysi soliq turlariga mahalliy kengashlar tomonidan toʻlovni kechiktirish taqdim etilishiga ruxsat berilgan?

-Agar ogʻir moliyaviy ahvoli soliq toʻlovchiga  soliqlarni muddatida toʻlash imkonini bermasa, mahalliy davlat hokimiyati organlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat xalq deputatlari Kengashi va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining tegishli qarorlari asosida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻini toʻlash muddatini uzaytirishlari mumkin.

Bunday tartib 25.11.2019 yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 951-son VMQ bilan tasdiqlangan.

2. Soliqlarni toʻlash muddati qanday asoslarga koʻra uzaytirilishi mumkin?

- Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddati quyidagi asoslardan biri mavjud boʻlganda uzaytirilishi mumkin:

  • soliqlar, penyalar va jarimalar boʻyicha qarzdorlikning bir martalik toʻlovi soliq toʻlovchini iqtisodiy nochorlikka (bankrotlikka) olib keladi;
  • soliq toʻlovchining ishlab chiqarish va (yoki) tovarlar va xizmatlar realizatsiyasi mavsumiy xususiyatga ega;
  • soliq toʻlovchiga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki yengib boʻlmaydigan kuchlarning boshqa holatlari natijasida zarar yetkazilgan.

3. Soliqlarni toʻlash qancha muddatga uzaytirilishi mumkin?

- Toʻlash muddatini kechiktirish 1 oydan 24 oygacha taqdim etiladi.

Toʻlash muddati soliq qarzdorligining butun summasiga yoki uning bir qismiga  yoki kelgusida yuzaga keladigan soliq qarzdorligiga nisbatan uzaytirilishi mumkin.

Nizom muddatlarni bir soliq yoki soliqlarning bir nechta turlari boʻyicha uzaytirishga ruxsat beradi.

Penyalarni hisoblash toʻlash muddatini uzaytirish davrining amal qilishi boshlangan kundan toʻxtatiladi.

Qarzdorlik summasini toʻlash bilan bir vaqtda soliqlarni toʻlash muddati uzaytirilganligi uchun foizlar toʻlanadi.

Toʻlash muddatini uzaytirganlik uchun foizlarni hisoblash penyani hisoblash uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi va soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkasida oʻz vaqtida toʻlanmagan soliqlar sifatida aks ettiriladi.

Toʻlash muddatini uzaytirish soliq toʻlovchiga uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan summaga berilishi mumkin.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text156104_soliqchilar_ayrim_soliqlarni_tulash_muddatlarini_kengashlar_qanday_uzaytirishini_tushuntirishdi