9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Bunday chora QHTBT portaliga qoʻyilgan Prezident qarorining loyihasida nazarda tutilgan. Ushbu qarorning qabul qilinishi bilan bizni qaysi muddatlarda nima kutmoqda?
Xullas, 2020 yil 1 oktyabrgacha:
- XMHS boʻyicha tuzilgan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan soliq hisobotining yangi shakllari paydo boʻladi.
2021 yil 1 yanvargacha:
- BHMS qayta koʻrib chiqilib, XMHSga uygʻunlashtiriladi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab:
- Ixtiyoriy ravishda XMHS boʻyicha moliyaviy hisobot tayyorlaydigan tadbirkorlik sub’yektlari uni BHMS boʻyicha taqdim etishdan ozod etiladi;
- AJlar, banklar, sugʻurta tashkilotlari, davlat ulushiga ega xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va yirik soliq toʻlovchilar faqat XMHS boʻyicha buxgalteriya hisobini yuritadi va 2021 yilning yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni tayyorlaydi. Shuningdek, 2021 yil oxiriga qadar ular buxgalterlarni xalqaro setifikatlash doirasida MHXS boʻyicha “Moliyaviy hisob” yoki “Moliyaviy hisobot” fanlarini muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisidagi hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga (ASSA va uning diplomlari, SRA, CIPA) ega boʻlgan 3 nafar mutaxassisga ega boʻlishi shart.
2021 yil 1 oktyabrdan keyin:
- Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi, shu jumladan XMHSga muvofiq moliyaviy hisobotni oʻz vaqtida e’lon qilmaganligi uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytiriladi;
- soliq organlari xodimlari maxsus tashkil qilingan oʻquv kurslarida XMHSni oʻrganadilar.
Bundan tashqari:
- OʻzR Moliya vazirligi bilan ASSA (Association of Chartered Certified Accountants) oʻrtasida Memorandumni imzolash masalasi ishlab chiqilgan. Ushbu xalqaro tashkilot Oʻzbekistonga hisob, audit va biznesni boshqarish sohalari mutaxassislarini oʻqitishga yordam beradi, shuningdek nodavlat ta’lim va oliy ta’lim muassasalarining oʻquv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishga koʻmaklashadi.
- auditor malaka sertifikatini olishi uchun imtihon oʻtkazadigan yagona nodavlat imtihon markazi tashkil etiladi.
- Moliya vazirligi MHXS hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilishni boshlaydi.
- oliy ta’lim muassasalaridagi bakalavriat va magistratura ta’lim yoʻnalishlarining “buxgalteriya hisobi” va “audit” mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv dasturlariga tegishli ravishda tuzatish kiritiladi. 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab oʻqituvchilarga MHXS boʻyicha “Moliyaviy hisob” yoki “Moliyaviy hisobot”ni topshirish yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga (ASSA va uning diplomlari, SRA, CIPA) ega boʻlish majburiyati yuklanadi.
Hujjatni muhakama qilish 28 dekabrga qadar davom etadi.
![]()