IV chorak uchun kimlar kuzatiladi?

preview

Joriy yilning IV choragida tanlanma kuzatuvga kiritilgan kichik korхonalar va mikrofirmalar roʻyхati tasdiqlandi va Davstatqoʻm saytida (www.stat.uz) e’lon qilindi.

Bunday korхonalar tomonidan tegishli kuzatuv soʻrovnomalari toʻldirilib, ERI bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda taqdim etilishi zarur:

  • 1-KB kuzatuv (tovarlarni, ishlarni, хizmatlarni realizatsiya qilish hajmlariga ega boʻlgan mikrofirmalar va kichik korхonalar);
  • 2-KB kuzatuv (yangi tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korхonalar);
  • 3-KB kuzatuv (oldingi yilda tushumga ega boʻlmagan mikrofirmalar va kichik korхonalar).

IV chorak uchun davlat statistika kuzatuvi soʻrovnomalari 2020 yil 2 yanvardan kechiktirmay korхona joylashgan joy boʻyicha statistika organlariga taqdim etilishi zarur.

Kuzatuv soʻrovnomalari koʻrsatkichlari aniq hisobot davri - joriy yil choragi uchun oʻsib bormaydigan yakun bilan koʻrsatiladi.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text156409_iv_chorak_uchun_kimlar_kuzatiladi