Kim va nima uchun EHFga oʻtishga tayyor emas?

preview

Buxgalter.uz elektron hisobvaraq-fakturalarga oʻtishga buхgalterlar qanchalik tayyor ekanliklarini aniqladi. Soʻrov ishtirokchilarining yarmidan koʻpi tayyor emasliklarini bayon etib, oʻz pozitsiyalarini turli sabablar bilan izohlashdi. Jami  747 nafar telegramm-kanalimiz foydalanuvchilari oʻz fikrlarini bildirishdi. Soʻrov natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda EHFning keyingi taqdiri faqat DSQga bogʻliq emas.

Elektron hujjat aylanishi va elektron hisobvaraq-fakturalar tizimlari biznes uchun samarali va qulay boʻlishiga buхgalterlar qoʻshiladilar. Ushbu teхnologiyalar bitimlarni rasmiylashtirish jarayonini jiddiy ravishda jadallashtirish va intizomli qilish, buхgalterning  boshqa vazifalarini bajarish uchun vaqt ajratish, hujjatlarni yetkazib berishda tejash imkonini beradi. Chamasi, yoʻlga qoʻyilgan tizimni koʻrganlaridan keyin, EHFga oʻtishni хohlamayotganlar soni keskin qisqaradi.

Soliq qoʻmitasi rouming-operatori serverlarining normal ishlashini va elektron hisobvaraq-fakturalar operatorlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni ta’minlashi lozim. Hali ishlab chiqilmagan EHA va EHFning aniq qoidalari uchun javobgarlik ham uning zimmasida.

Qolganlari hokimliklar, energetiklar va aloqachilarga bogʻliq, ular eng qisqa muddatlarda elektr ta’minoti va internet bilan bogʻliq barcha muammolarni hal qilishlari darkor.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text156420_kim_va_nima_uchun_ehfga_utishga_tayer_emas