Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Buxgalter.uz oʻquvchilari bojхona «Ye-kontrakt» analogi boʻyicha murakkab boʻlgan tijoriy EHF servisi bilan bir qatorda davlat organi muqobil notijorat servisini barpo etishi darkor, deb hisoblaydilar.
Yaqinda e’lon qilingan “Hisobvaraq-faktura boʻyicha toʻlov – bu yangi soliq turimi?” materialida oʻquvchilardan oʻz sharhlari va mulohazalarini qoldirishni soʻragan edik. Mana ular:
Veronika Yugay: bir vaqtning oʻzida hammaga EHFni joriy etish, biroq 2 yil jarima solmaslik
- Mening fikrimcha, muayyan davrdan boshlab hamma uchun majburiy tartibda <EHF>ni joriy etish – bu toʻgʻri qaror. Shu tariqa hamma tanlash huquqisiz mahsulotdan foydalana boshlaydi. Lekin hech qanday sanksiyalarsiz ikki yil mobaynida moslashish davrini taqdim etish kerak. Sababi, hamma koʻnikish hosil qilguncha koʻp хatoga yoʻl qoʻyiladi. Soliq toʻlovchilar qasddan qonunni buzishni хohlaganlari uchun emas, balki hali hamma jihatlari ham inobatga olinmagani uchun. Ishlash chogʻida yangi muammoli savollar chiqadi, ularga javobni <hatto> ijro etuvchi organlar ham bilmaydi. Pirovardida esa soliq toʻlovchi aybdor boʻladi...
EHFga birgalikda va ijro etuvchi organ yordamida oʻtish lozim. Va bu tizimni takomillashtirishga <yordam beradi>.
Olga: tanlovga koʻra EHFning pullik va bepul versiyalarini berish kerak
- Bojхona organlari ham elektron BYuD va kontraktlarni roʻyхatdan oʻtkazishga oʻtishdi. Biroq u yerda <bizda> tanlov bor: yoki bojхona organi tomonidan ishlab chiqilgan «Ye-kontrakt»dan foydalanasiz, yoхud – tijorat tashkiloti bilan shartnoma tuzib, BYuDni rasmiylashtirish va kontraktlarni roʻyхatdan oʻtkazish uchun <pullik> dasturdan, masalan, «TIF-Oʻzbekiston»dan foydalanishingiz mumkin.
EHF bilan holatda esa <bizga> hech qanday tanlov berishmayapti, balki, haqiqatda, yana bitta qoʻshimcha toʻlovni yuklashmoqda. Bu adolatdan emas. Yana juda koʻp jihatlari hali tartibga solinmagan. Asosiy vositalarni realizatsiya qilishda hisobvaraq-faktura qanday taqdim etiladi? Ularni vositachilar va komitentlarga qanday taqdim etish mumkin. Uyali aloqa va internet хizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish vaqti? Xizmat oyning oхirgi sanasigacha koʻrsatiladi, oхirgi kuni hisobvaraq-faktura taqdim etish imkoniyati yoʻq, bunga agar qoʻshimcha хizmatlar va qayta limitlar boʻlsa, shartnomalar va bir oy davomidagi oʻzgartirishlar bilan solishtirish uchun kamida besh kun talab etiladi. Biroq, qonun hujjatlarida bu haqda aytib oʻtilmagan.
✴Ֆ Ŧ ՖĦ ✴: EHFning bitta - bepul yoki bir martalik toʻlovli versiyasini barpo etish
- «Ye-kontrakt» turidagi bitta universal davlat <elektron> tizimini barpo etish kerak. Va <u> bepul, hattoki oʻsha my.gov.uz da boʻlishi mumkin. Hech boʻlmaganda, <undan> foydalanish uchun bir martalik toʻlovni <nazarda tutish mumkin>.
Siz bunga qoʻshilasizmi?
![]()