Yuridik shaxs rezidentligi sertifikati qanday olinadi?

preview

Yuridik shaxs rezidentligi sertifikati ikkiyoqlama soliq solishni bartaraf etish maqsadida TIF ishtirokchilari uchun zarur. Uni Oʻzbekiston ikkiyoqlama soliq solishni bartaraf etish toʻgʻrisida amaldagi shartnoma tuzgan mamlakat vakili bilan tuziladigan har bitta xalqaro kontrakt uchun olish kerak. Buni yoʻriqnomamizga rioya qilgan holda bajaring.

  1. ERI yordamida my.soliq.uz saytidagi    soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga kiring.
  2. Interfeysning chap yuqori qismida “Rezidentlik sertifikatini olish” tugmasiga bosing. Ekranda ariza shakli paydo boʻladi, uni toʻldirib joʻnatish kerak.
  3. “Yuridik shaxs ma’lumotlari” maydonida barcha hisob ma’lumotlari avtomatik tarzda paydo boʻladi. “Yuridik shaxsning toʻliq nomi” va “Yuridik manzil” grafalaridagi axborotga tuzatish kiritish zarur: tizim barcha tinish belgilarini olib tashlashni soʻraydi.
  4. “Sertifikatni olish maqsadi” maydonini toʻldiring. Agar sizda olinishi lozim boʻlgan dividendlar va foizlarning miqdori boʻyicha ma’lumotlar boʻlmasa, “boshqa maqsadlar” grafasini toʻldirish yetarli boʻladi. Shunchaki unga kontraktingiz predmetini yozing.
  5. Shundan soʻng quyidagilarni koʻrsatish zarur:
  • kontraktning raqami va sanasi;
  • vakolatli bankda roʻyxatdan oʻtkazilganligi boʻyicha kontraktning IDR;
  • daromad olinishi kutilayotgan (olingan) xorijiy soliq toʻlovchining nomi;
  • doimiy joylashgan joyi dalilini tasdiqlash lozim boʻlgan kalendar yil;
  • soliq organiga tasdiqnoma topshiriladigan chet davlat nomi;
  • rezidentlik sertifikati uning asosida beriladigan xalqaro shartnomaning nomi (tushuvchi roʻyxatdan tanlash lozim);
  • sertifikatning asli yuboriladigan pochta manzili.

    6.Barcha ma’lumotlarni, shu jumladan – “Arizada koʻrsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va toʻliqligini tasdiqlayman” blokidagi ma’lumotlarni

       yana bir marta tekshiring.   

    7.“Joʻnatish” tugmasiga bosing.

Sertifikat arizada koʻrsatilgan elektron manzilga yuboriladi.

Viktoriya BEZGINA

Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti /oz/publish/doc/text156450_yuridik_shahs_rezidentligi_sertifikati_qanday_olinadi