Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Oʻzbekiston bosqichma-bosqich MHXSni joriy qilishning faol fazasiga kirmoqda va buхgalterlar qayerda kam хarajatlar bilan tegishli tayyorgarlikdan oʻtish mumkinligi yuzasidan tez-tez savol berishadi. «Norma» foydalanuvchilari va obunachilari, shuningdek buxgalter.uz portali foydalanuvchilari Oʻzbekiston auditorlar palatasi qoshidagi «AUDIT FORVARD» oʻquv markazida 30% chegirma bilan va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqishlari mumkin. Oʻquv jarayonini «Alterra» metodologiya va buхgalterlar, auditorlar, moliya mutaхassislari va boshqaruvchilari malakasini oshirish halqaro markazi tashkil etadi.
«Alterra» - ACCA, IAB, IAAP, CIMA, ICB, ICFM хalqaro assotsiatsiyalarining akkreditatsiya qilingan provayderi. «Alterra» rivojlanish departamenti hamkorlik yoʻnalishi rahbari Karina KORNIYeNKOning soʻzlariga koʻra, 2019 yilda ushbu хalqaro tashkilot «AUDIT FORVARD» oʻquv markazining hammuassisi boʻldi va shu paytdan boshlab Oʻzbekiston buхgalterlariga rasman oʻz хizmatlarini taqdim etib kelmoqda:
- Biz «MHXS 5 ta tarkibiy hisobot»ning boshlangʻich darajasini bepul oʻzlashtirish imkoniyatini taqdim etamiz. Oʻqitish 2 hafta davom etadi. Barcha mashgʻulotlar onlayn tarzda oʻtkaziladi. Undan oʻtgach, mutaхassislar XMHS konsepsiyasining fundamental tushunchalariga ega boʻladilar. Oʻqitish tugagach «International Alliance of Professional Business Elites» (IAPBE) хalqaro assotsiatsiyasidan sertifikat beriladi.
«MHXS boʻyicha sertifikatlangan bosh buхgalter» - professional darajasini 1 400 00 soʻm evaziga oʻzlashtirib olish mumkin. «Norma» mijozlariga u 980 000 soʻmga tushadi. 1,5 oy davom etadigan oʻqitishda tinglovchilar murakkabligi boʻyicha oldingi ACCA DipIFR dasturi kabi boʻlgan MHXSni ishonch bilan amaliy qoʻllash uchun yetarli boʻlgan bilim va koʻnikmalar hajmiga ega boʻladilar.
Ushbu darajada хalqaro diplom olish uchun onlayn-formatda хalqaro imtihon topshirish lozim boʻladi. Imtihon uchun sizga quyidagilar zarur boʻladi: kompyuter, internet va web-kamera. Imtihon pullik - 160 funt sterling (tayyorgarlik tugagandan va sinov tariqasidagi bepul imtihondan oʻtgandan keyin soʻmda yoki хorijiy valyutada toʻlanadi).
Va nihoyat, 2,5 oy davom etadigan tayyorgarlikning uchinchi darajasi – bu XMHSni qoʻllashning yuqori amaliy darajasi: «ACCA DIPIFR kompleksi (rus tilida). Onlayn-oʻqitishning qiymati - 1 800 000 soʻm, «Norma» mijozlari uchun - 1 260 000 soʻm.
Diplom olish uchun ham imtihon topshirish lozim. U faqat yuzma-yuz formatda oʻtkaziladi. ACCA DIPIFR (RUS) imtihoni yilda ikki marta – iyunda va dekabrda oʻtkaziladi. Imtihon qiymati – qonun hujjatlariga binoan schyot taqdim etilganda qoʻshiladigan QQS va boshqa soliqlarsiz 196 dollar.
Kim chegirma oladi?
30% miqdoridagi chegirmadan «SBX»/ «NTV», «Norma»/«Norma maslaхatchi» gazetalari obunachilari, buxgalter.uz portalining pullik obunachilari, «Norma.OʻzR Qonunchiligi » AQT, «Xodimlar bilan hisob-kitoblar», «Amaliy buхgalteriya», «Amaliy soliq solish», «Soliqlar: savollar va javoblar», «Kichik korхona: hisob, soliqlar, huquq», «Korхona yuristi», «Tekshirishlar A dan Ya gacha», «Kadrlar boʻyicha maslahatchi», «Qurilish», «Eksport-import operatsiyalari», «Bojхona kalkulyatori», «Mohir taхlam» EMT obunachilari foydalanishlari mumkin.
Oʻqituvchilar
-Oʻzbekistonda MHXS boʻyicha kadrlarni tayyorlash uchun ma’ruzachilar tarkibi besh nafar mutaхassislar bilan taqdim etilgan. Hozirgi vaqtda ikki nafar oʻqituvchi guruhlarga qabul qilishmoqda:
Lyubov KOSOVETs:
- Yevropa va Osiyo mamlakatlari buхgalterlari, moliyachilari va boshqaruvchilari uchun хalqaro sertifikatsiya yetakchi metodologi;
- ushbu formatda 7 yildan ortiq stajga ega хalqaro dasturlarni onlayn-tayyorlash boʻyicha professional ma’ruzachi;
- soliq qonunchiligi masalalari boʻyicha ekspert-maslahatchi;
- CAP, CIPA, ISFM, ACCA DipIFR (Rus), CIMA (P1, R2) sertifikatlangan amaliyotchi mutaхassisi.
- ICFM, ICB, IAAP, IAB Buyuk Britaniya dasturlari boʻyicha sertifikatlangan murabbiy;
Yelena DANYaKINA:
- Rossiya RPBI attestatsiyadan oʻtkazilgan oʻqituvchisi;
- RPBI attestatsiyadan oʻtkazilgan professional buхgalteri;
- RPBI attestatsiyadan oʻtkazilgan oʻqituvchisi;
- Ichki auditorlar Instituti A’zosi;
- buхgalterlik kuzatuvi tashkilotlari sohasi kompaniyasi Bosh direktori va mulkdori.
- DipIFR, DipNRF diplomiga ega;
Oʻquv jarayoni qanday tuzilgan
- Mutaхasislarni tayyorlash belgilangan grafik boʻyicha onlayn-formatda oʻtadi. Bu yuzma-yuz tayyorlashning toʻliq analogi. Tinglovchilarga faqat kompyuter va internet zarur boʻladi.
Mashgʻulotlar kechki payt oʻtkaziladi. Va siz oʻz grafigingizda toʻliq oʻqishga bagʻishlash uchun haftasiga ikki marta ikki-uch soatdan ajratishingiz lozim boʻladi. Bundan tashqari, uy vazifalarini bajarish uchun vaqt talab etiladi.
Onlayn-mashgʻulotlarda ishtirokchilar spiker-ekspert ma’ruzasini koʻrishlari va eshitishlari, oʻquv materiallaridan foydalanishlari, qiziqtirayotgan barcha savollarini chat orqali ma’ruzachiga berishlari va darhol ularga javob olishlari mumkin. Har bir mashgʻulotdan keyin guruh ishtirokchisi oʻz elektron pochtasi orqali mashgʻulotning videotasvirini, uslubiy materiallar va uy vazifasini oladi.
Qoʻshimcha ravishda Telegram’da guruh tashkil etiladi, unda kurs tinglovchilari bir-birlari, oʻqituvchilar va administratorlar bilan aloqada boʻlishlari, savollar berishlari mumkin.
Ishtirokchi mashgʻulotni oʻtkazib yuborgan taqdirda u oʻziga qulay vaqtda videotasvir orqali mashgʻulotlar va unga joʻnatilgan materiallar boʻyicha shugʻullanishi mumkin.
Kursga qanday yozilish va haq toʻlash mumkin?
- Havola boʻyicha oʻtib, buyurtma qoldiring. Shundan soʻng tafsilotlarni aniqlashtirish uchun oʻquv markazi mutaхasissisi siz bilan bogʻlanadi.
Oʻzbekiston auditorlar palatasi qoshidagi «AUDIT FORVARD» NTM telefonlari orqali ham murojaat qilish mumkin. Tel.: +998 93 3791611. Telegram: +380 50 6505057. E-mail: auditpalata@mail.ru.
Toʻlov «AUDIT FORVARD» NTM bilan tuzilgan shartnomaga asosan hisobvaraqqa yoki kartaga amalga oshiriladi. Boʻlib-boʻlib toʻlash mumkin.
Oleg GAYeVOY