9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Mehnat shartnomalarini YaMMTda roʻyxatdan oʻtkazish va elektron mehnat daftarchalari majburiy boʻladigan paytga ham ikki haftadan kam vaqt qoldi. Biroq, aksariyat ish beruvchilar ham, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ham oʻtishga toʻliq tayyorliklari yuzasidan maqtana olishmaydi. Talay savollarga xanuz javob yoʻq. Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutish lozim?
Tahririyat telegramm-kanali foydalanuvchilari ular YaMMT bilan ishlashga tayyor yoki tayyor emasliklari yuzasidan savolga javob berishdi. 709 nafar respondentlardan faqat 55 nafari: “Ha, biz sinab koʻrdik, bu qulay”, deb tasdiqlashdi.
365 nafar kishi shartlar bilan ijobiy javob berishdi. 192 nafar ishtirokchilarda javobini kutayotgan savollar mavjud. 173 nafar qatnashchilar ma’lumotlar xavfsizligi yuzasidan xavotirlarini bildirishdi.
Taklif etilgan javob variantlaridan eng mashhuri quyidagicha boʻldi: “YaMMT bilan ishlashga tayyor emasmiz, inson resurslari yetishmaydi”. Uni 289 nafar respondentlar (41%) tanlashdi.

Kadrlar xizmati xodimlari qanday harakat qilishlari lozim
Kadrlar xizmati xodimlarida savollar mavjud, ularga turli sabablarga koʻra aniq javob yoʻq.
«Norma» MChJning kadrlar boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVAning fikriga koʻra, qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchalari bilan bogʻliq vaziyatlarda qanday yoʻl tutish lozimligi unchalik tushunarli emas. Mehnat kodeksining 80-moddasiga asosan ishga qabul qilishda qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasini taqdim etish zarur. Va ushbu normaga hali tuzatishlar kiritilmagan. Shuningdek, 402-son Yoʻriqnomaga ham tuzatish kiritilmagan. Shundan hech kim qanday javob berishni bilmaydigan bir qator savollar yuzaga keladi:
- Kadrlar xizmati xodimlari qanday harakat qilishlari lozim?
- Qabul qilinayotgan xodimlar qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasi oʻrniga nimani taqdim etadilar?
- Ishlayotgan xodimlarning mavjud mehnat daftarchalarini nima qilish kerak? Ularni egalarining qoʻliga topshirish lozimmi?
- Qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchalarini nima qilish kerak? Ularni 2020 yildan boshlab toʻldirish zarurmi?
Bu hali muammoli savollarning toʻliq roʻyxati emas. Quyida ham kadrlar xizmati xodimlarini, ham mehnat daftarchalari egalarini tashvishga solayotgan jihatlar:
- Pensiyani rasmiylashtirish va hisoblash uchun zarur mehnat stajiga kiritiladigan harbiy xizmat va OTMdagi oʻqish vaqti toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni YaMMTga kiritish nazarda tutilmagan. Qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchalariga bu dalillar kiritilar edi.
- Qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasidan ma’lumotlar bazasiga oʻtgan mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish yuzasidan xodimlarning oʻzi tomonidan tashabbus koʻrsatilsa va shunchaki kitirilmagan boʻlishi mumkin boʻlsa, ish beruvchi nomzodning oldingi ish tajribasini qanday koʻrishi mumkin. Axir ushbu davr uchun ma’lumotlarni tasdiqlash uchun qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasini taqdim etish kifoyaku. Endi esa u boʻlmaydi.
- Mehnatga layoqatsizlik varaqchalariga haq toʻlashda umumiy mehnat stajini qanday hisobga olish kerak?
- Yagona ta’sischi boʻlgan, oʻzini direktor lavozimiga tayinlaydigan va buyruqqa asosan ishga kirishadigan xususiy korxonalar direktorlarini YaMMTga qanday kiritish mumkin. Bu holda mehnat shartnomasi tuzilmaydi, chunki ish beruvchi va xodim bir shaxs.
Kezi kelganda aytish joizki, hali YaMMTga axborot kiritish reglamentini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilmagan. Bu, xususan, koʻp ish beruvchilar ushbu jarayonga hozircha kirishmayotganliklari va “kadrlar ishi uchun javobgar bor, oʻsha ishlasin” tamoyiliga rioya qilib, uni ta’minlamasliklariga olib kelmoqda. Biroq “bizda buning uchun ish kuchi yoʻq” kabi vaziyatda - bu kadrlar xizmatining emas, balki ish beruvchining muammosi.
Umid qilamizki, ushbu va boshqa muammolar yaqin vaqtlarda oʻz yechimini topadi.
Ishlab chiquvchilarga takliflar
YaMMT dasturiy ta’minotini ishlab chiquvchilar nomiga tizimda ishlab koʻrgan kadrlar xizmati xodimlari tomonidan tez-tez fikr-mulohaza va takliflarni eshitish mumkin.
Agar tashkilotda, misol uchun, bir xil malaka talablari va mehnatga haq toʻlash tizimi bilan 50 nafar chilangar ishlasa, har birini YaMMT tizimida rasmiylashtirish uchun 50 ta ish oʻrni yaratish kerak. Hozirgi vaqtda bularning barchasi qoʻlda – ketma-ket 50 marta bajarilmoqda. Kadrlar xizmati xodimlarining fikricha, bu jarayonni avtomatlashtirish: bir marta axborotni kiritish va shundan keyin qancha zarur boʻlsa, bitta tugmaga bosish yordamida shuncha “nusxa”ni yaratish mumkin va lozim.
YaMMTga ta’tillar (mehnat, oʻquv va hokazo) toʻgʻrisidagi axborotni kiritish zaruratini ham istisno qilish mumkin. Bunday kiritish vaqtni oladi, axborotning oʻzi esa mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun zarur emas.
Koʻrsatilgan muammolar hal qilingunga qadar, hozircha nima qilish mumkin
1) YaMMT joriy etilishi munosabati bilan mehnat kodeksi va boshqa normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilguniga qadar, ularga rioya qilishni davom ettirish.
2) Parallel ravishda, joiz boʻlganidek, 1 yanvardan boshlab YaMMTda ishlashni boshlang. Uni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror hukumat darajasida qabul qilingan. Keltirilgan savollar – juz’iy hollar boʻlib, aftidan, yaqin vaqtda tartibga solinadi. Bizning maslahatimiz, 2019 yil 5 dekabrdagi 971-son VMQ, shuningdek yoʻl-yoʻriqlar va YaMMT tizimidagi koʻp beriladigan savollarga javoblar – sizga yordam beradi.
3) Sust foydalanuvchi boʻlmang, oʻz fikr-mulohaza va takliflaringizni ishlab chiquvchilar bilan oʻrtoqlashing. Buni oʻz takliflaringizni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yozma ravishda joʻnatgan holda, + 998 71 2007030 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib yoki Telegrammda xabar yozib amalga oshirishingiz mumkin.
Oleg GAYeVOY