9 oyni xatolarsiz yopamiz:
2020 yil 1 yanvarga qadar koʻp korxonalar grafikka
asosan Onlayn-NKM va virtual kassadan foydalanishga oʻtishlari kerak. Biroq, ularga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra buni oʻz vaqtida amalga oshira olmasliklari allaqachon tushunarli boʻlgan. Ushbu vaziyatda ularga sanksiyalar qoʻllaniladimi?
Buhgalter.uz oʻquvchilari ular oʻtishga ulgurishlari yoki ulgura olmasliklari haqidagi savolga javob berishdi. Soʻrovning natijalari bu yerda:

Muammo shundaki, sizda DSXO xodimining maslahatiga koʻra sotib olingan NKM yoki onlayn-kassaning bepul bazaviy moduli yoxud masalaning boshqa texnik yechimi borligidan qat’i nazar, akkreditatsiya qilingan texnik xizmat koʻrsatish markazlari paydo boʻlgunga qadar siz baribir onlayn-kassaga oʻta olmaysiz. Ular esa hozircha yoʻq.
Fiskal ma’lumotlar operatori funksiyasini bajaruvchi «Yangi texnologiyalar» IAMda ishontirishlaricha, TXM davlat reyestri yaqin vaqtda – joriy hafta oxiri yoki keyingi hafta boshiga qadar soliq.uz va my.soliq.uz da joylashtiriladi. Lekin hatto bu holatda ham baribir hech kim oʻz vaqtida oʻtishga ulgurmaydi, sababi vaqt talab qiladigan muayyan texnik jarayonlar mavjud. Oʻtishning real muddati – kamida 1-2 oy. Ana endi – muammolar haqida...
Agar siz ulgurmasangiz, buning uchun sizga jarima solishlari mumkin
Prezidentning PF-5813-son Farmonida grafikda belgilangan muddatlar oʻtgandan keyin onlayn-NKM (virtual kassa) qoʻllamasdan tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish NKM qoʻllamasdan savdoni amalga oshirish yoki xizmat koʻrsatish hisoblanadi, deyilgan. Soliq kodeksining 119-moddasiga asosan ushbu huquqbuzarlik BHMning 30 dan 50 baravarigacha, xuddi shu harakatlar bir yil ichida takror sodir etilganda BHMning 75dan 100 baravarigacha jarima bilan jazolanadi.
Onlayn-NKMga oʻtish uchun sharoitlar yoʻqmi – sanksiyalar ham boʻlmasligi kerak
Quyidagi tarzda vaziyatdan chiqish maqbul koʻrinadi:
- Tadbirkor uning onlayn-NKM yoki virtual kassasi (onlayn-NKMni oʻrnatish boʻyicha yoʻriqnomaga bu yerda qarang) roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar eski namunadagi fiskal xotirali NKMdan foydalangan holda aholi bilan hisob-kitobni amalga oshirishi kerak;
- DSQ tadbirkorlar toʻliq onlayn-NKM va virtual kassaga oʻtishlari uchun zarur boʻlgan sharoitlarni tezda shakllantirish uchun koʻmaklashishi darkor;
- DSQ hamkor sifatida vaziyatga tushungan holda yondashishi va ob’yektiv sabablarga koʻra belgilangan muddatlarda ulgura olmagan tadbirkorlarga sanksiyalar qoʻllamasligi kerak.
Oleg GAYeVOY