9 oyni xatolarsiz yopamiz:
EHF va YaMMT joriy etilishi bilan tashkilotlarda buxgalterdan tashqari boshqa xodimlarga ham qoʻshimcha elektron raqamli imzo olish zarurati yuzaga keldi. Koʻpchilik mohiyatan juda joʻn boʻlgan ushbu masalada muammolarga duch kelishdi. DSQ va Davlat xizmatlari markazlari bunday masalani hal qilishga hali toʻliq tayyor emas ekanlar. Bunday vaziyatda nima qilish lozim? Har holda qanday qilib muammolarsiz qoʻshimcha ERI olish mumkin?
ERI qayerdan olinadi
Elektron kalitlarni roʻyxatga olish bilan shugʻullanadigan DSQ huzuridagi «Yangi texnologiyalar» IAMda aniq javob berishdi: qoʻshimcha ERI olish boʻyicha barcha savollar yuzasidan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish lozim.
DXMning manzillari va telefon raqamlari saytda koʻrsatilgan. Ularning ish tartibi – dushanbadan jumagacha 9:00 dan 20:00 gacha.
Bu qanday ishlaydi (shaxsiy tajriba!)
Buxgalter.uz portalining maslahatchi buxgalteri Mirobod tumani Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdi.
Markaz xodimlari nima qilish kerakligini ancha vaqt tushunishmadi. Buxgalterimizni:
1) DSIga qayta yoʻnaltirishga urinib koʻrishdi;
2) korxonaning hisob ma’lumotlariga oʻzgartirish kiritish uchun shaklni toʻldirishni taklif qilishdi;
3) jismoniy shaxs sifatida shaxsan oʻziga ERI olishni taklif qilishdi.
Tushunishlari va mos javob berishlari uchun aynan bitta narsani bir necha marta takrorlashga toʻgʻri keldi. Natijada, shukurki, aynan nima qilish kerakligini batafsil tushuntirib bera olgan xodim aloqaga chiqdi.
Qadamma-qadam yoʻriqnoma (hammasi tekshirilgan):
1. ERI olish uchun shaxsan Davlat xizmatlari markaziga kelishga toʻgʻri keladi. Sizga taxminan 1 soat vaqt, fleshka, hujjatlar va pul kerak boʻladi.
2. DXM xodimiga quyidagilarni taqdim eting:
- Yuridik shaxs vakilining shaxsni (ERI egasining) tasdiqlovchi hujjatining: OʻzR fuqarosi yoki xorijiy fuqaroning pasportining, fuqaroligi boʻlmagan shaxsning guvohnomasining, harbiy xizmatchining pasport ma’lumotlari va uning propiska qilingan joyini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi ma’lumotnoma ilova qilingan harbiy biletining asli va nusxasi;
- ERI egasi – yuridik shaxs vakiliga ishonchnoma;
- Yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning tasdiqlangan nusxasi;
- Har bir ERI uchun BHMning 10%i miqdorida yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisida toʻlov topshiriqnomasi (mablagʻlar saytda joylashtirilgan Ommaviy ofertada koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkaziladi). Oʻsha yerning oʻzida ham toʻlash mumkin – bank kassasi DXM yonida.
3. DXM xodimiga unga ERI kaliti va sertifikatini yozishi va saqlab berishi uchun fleshkani (USB-fleshka) taqdim eting.
4. ERIni olganingizdan keyin, korxona rahbarining buyrugʻi bilan har bir ERI uchun javobgarni biriktirish lozim.
EHF uchun buyruq namunasi – bu yerda, YaMMT uchun – bu yerda.
Ishni xodim bajarishi, hujjatlar ostiga imzoni esa haqiqatda uning nomiga ERI rasmiylashtirilgan korxona rahbari qoʻyishi bois, ushbu buyruqda:
- xodimning shaxsiy javobgarligini aytib oʻtish;
- ERIdan foydalanish chogʻida uning vakolatlari chegarasini koʻrsatish lozim.
Viktoriya BEZGINA,
Oleg GAYeVOY