Elektron hisobvaraq-fakturalar Didoksga bepul joʻnatiladigan boʻldi

preview

Didoks servisi koʻpchilik tadbirkorlar uchun bepul boʻldi va barcha qolganlar uchun eng foydali servisga aylandi. 

Har qanday korxona oyiga mingta hisobvaraq-fakturani joʻnatish uchun servisdan bepul foydalanishi mumkin. Hisobvaraq-fakturalar 1000 tadan kam boʻlsa, biroq bunda sizga texnik koʻmak va maslahatlar zarur boʻlsa, Didoks bitta joʻnatiladigan hujjatga  300 soʻm toʻlov evaziga yakka tartibda xizmat koʻrsatishni taklif etadi. Didoksga kiruvchi barcha hujjatlarni imzolash istalgan usulda foydalanilganda ham bepul boʻlib qolaveradi.

Didoks bilan ishlashni boshlash uchun https://didox.uz/#/registration roʻyxatdan oʻtish sahifasida ERI bilan ommaviy ofertani imzolashning oʻzi yetarli boʻladi. Bunda siz uchun elektron hujjat aylanishi boʻyicha boshqa operatorlar xizmatlaridan foydalanish cheklanmaydi, biroq my.soliq.uz soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida ularning barchasini koʻrsatishni unutmaslik muhimdir.

Didoksda elektron hisobvaraq-fakturalar 1S yoki billing tizimidan chiqmagan holda aylanishi mumkin – ma’lumotlarni chiqarib tashlash va yuklab olish shart emas. Endi “Qogʻozga chiqarish” tugmasi oʻrniga “1S” yoki billing tizimidagi hisobvaraq-fakturangizda yangi “Imzolash” tugmasidan foydalaning, shunda mazkur hujjat darhol kontragentingizga yetib boradi. Shu tariqa kiruvchi hujjatlar ham darhol hisob siyosatingizda boʻladi, qoʻlda birma-bir tekshirib chiqish shart emas.

Didoks mobil ilovasidan foydalangan holda, siz istalgan joyda va vaqtda hujjatlarni tuzishingiz va imzolashingiz mumkin boʻladi. Hozircha undan faqat Android qurilmalar yordamida foydalanish mumkin. 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text156653_elektron_hisobvaraq-fakturalar_didoksga_bepul_junatiladigan_buldi