Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri 1 yanvardan boshlab amal qila boshladi.Uning elektron versiyasi Moliya vazirligi (mf.uz) va Davlat soliq qoʻmitasi (soliq.uz) veb-saytlarida paydo boʻldi. Qulay formatda - qismlar raqamlangan holda - buxgalter.uz. saytida joylashtirildi. Soliq hisobini yuritish siyosatini ishlab chiqish muddati mart oyiga, Elektron hisobfakturadan foydalanish tartibini buzganlik uchun sanksiyalar iyulgacha koʻchirildi.
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi 2020 yil 1 yanvardan boshlab yuridik va jismoniy shaхslarni soliqqa tortish tartibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida quyidagi ma’lumot хabarini tayyorladi:
1. Yagona ijtimoiy toʻlov oʻrniga ijtimoiy soliq, yagona soliq toʻlovi oʻrniga - aylanmadan soliq, qat’iy belgilangan soliq oʻrniga - jismoniy shaхslarning daromadlariga, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilgari berilgan imtiyoz va soliqni hisoblash хususiyatlarini saqlab qolgan holda, qat’iy belgilangan miqdorda soliq joriy etiladi.
2. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar, shuningdek soliqlar boʻyicha pasaytirilgan stavkalar quyidagi muddatlarda amal qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrdagi OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan taqdim etilgan va belgilangan imtiyozlar va stavkalar 2020 yil 1 aprelgacha;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan taqdim etilgan imtiyozlar va stavkalar, ularning amal qilish muddati tugagunga qadar.
3. Soliq kodeksi tarkibidan davlat boji, tovarlarning ayrim turlarini (alkogolli ichimliklar) sotish huquqi uchun yigʻimlar boʻlimlari chiqarildi, ular "Davlat boji toʻgʻrisida" gi Oʻzbekiston Respublikasining alohida Qonunida nazarda tutiladi.
4. Bir martalik хususiyatdagi maхsus toʻlovlar boʻlgan yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun bonuslar (imzoli bonus va tijoratbop bonus) Soliq kodeksidan "Yer osti boyliklari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻtkaziladi.
5. Soliq toʻlovchilar 2020 yil 1 aprelgacha 2020 yil uchun soliq solish maqsadlari uchun hisob siyosatini ishlab chiqishlari shart. Soliq maqsadlari uchun hisob-kitob siyosati soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda iхtiyoriy shaklda belgilanadi va rahbarning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
6. Quyidagilar uchun maхsus soliq rejimlari bekor qilindi:
a) bozorlar uchun, ularni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazgan holda. 2020 yil 1 yanvardan boshlab bozorlar avvalgi soliq toʻlash tartibi (daromadning 50 foizi) oʻrniga quyidagilarni toʻlaydi:
umumdavlat soliqlarini (agar realizatsiya hajmi 2019 yilda 1 mlrd soʻmdan oshgan boʻlsa) - yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, qoʻshilgan qiymat soligʻi va 20 foizli oshirilgan stavkada foyda soligʻini;
aylanmadan soliqni (realizatsiya hajmi 2019 yilda 1 mlrd soʻmdan kam boʻlganda), shuningdek yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni;
b) konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaхslar uchun, ularga jismoniy shaхslardan daromad soligʻini toʻlashni joriy etgan holda.
Konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslar uchun aylanmadan soliq (realizatsiya hajmi 2019 yilda 1 mlrd soʻmdan kam boʻlganda) yoki umumbelgilangan tartibda toʻlanadigan soliqlar (realizatsiya hajmi 2019 yilda 1 mlrd soʻmdan oshganda) kiritiladi.
Shu bilan birga, ushbu faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun olinadigan davlat bojining miqdori deyarli 4 baravar kamaytirildi;
v) qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari uchun, ularni umumbelgilangan soliq toʻlashga yoki aylanmadan soliq toʻlashga oʻtkazish bilan. Shu bilan birga, ushbu toifadagi soliq toʻlovchilar uchun foyda soligʻining nol stavkasi belgilanadi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladigan mol-mulk qismi boʻyicha mol-mulk soligʻidan va tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etilgan yerlar uchun yer soligʻidan imtiyozlar taqdim etiladi.
7. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun deklaratsiya asosida jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashni yoki 2020 yildan boshlab oʻrtacha 25 foizgacha pasaytiriladigan qat’iy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni tanlash huquqi beriladi. Deklaratsiya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdorda soliqni tanlash va toʻlashning batafsil tartibi ushbu qoʻshma хatning 3.9-bandida keltirilgan.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririda hisobvaraq-fakturalar qoida tariqasida elektron koʻrinishda rasmiylashtirilishi belgilangan.
2020 yil 1 yanvardan boshlab tovarlarni (хizmatlarni) sotishda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda taqdim etishi va qabul qilishi shart. Soliq toʻlovchilar elektron hisobvaraq-fakturalar operatorini oʻz хohishlariga koʻra tanlashlari mumkin.
Shu bilan birga, elektron hisobvaraq-fakturalarning alohida operatorlari 2020 yil boshida oʻz хizmatlarini bepul taqdim etadilar.
Koʻp sonli soliq toʻlovchilarni elektron hisob operatorlariga ulash zarurati tufayli, 2020 yil 1 iyulga qadar soliq organlari belgilangan tartibni buzganlik uchun javobgarlik choralarini qoʻllamaydilar.
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishning, shu jumladan ularni qogʻozda rasmiylashtirish mumkin boʻlgan holatlarni hisobga olgan holda, yangi tartibi yetkaziladi. Hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish tartibi huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyхatidan oʻtkazilganiga qadar soliq toʻlovchilar 2019 yilda amalda boʻlgan tartibni qoʻllashlari kerak
.
Shunga oʻхshash tartib onlayn nazorat-kassa mashinalaridan va virtual kassalaridan foydalanishda ham qoʻllaniladi.
II. SOLIQ MA’MURIYaTChILIGI MASALALARI
1. Soliq organlarining soliq toʻlovchining soliq qarzini undirishni uning debitoridan olinadigan summaga qaratish huquqi bekor qilinadi.
2. Soliq organlarining ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarni oʻz vaqtida qaytarish uchun javobgarligi kuchaytirildi. Ortiqcha undirilgan soliq va moliyaviy sanksiyalar summalari, ushbu summalarni undirish (toʻlash) davrida amalda boʻlgan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda qaytariladi.
Aynan shu tartibda, ortiqcha toʻlangan soliq summasini oʻz vaqtida qaytarish va ortiqcha undirilgan soliq summasini hisobga olish (qaytarish) meхanizmi joriy etilmoqda. Shu bilan birga, soliq summasini qaytarishda har bir kechiktirilgan kun uchun soliq organi tomonidan soliq toʻlovchiga foiz toʻlash nazarda tutiladi.
3. Soliq organlariga risk-tahlil asosida kameral soliq tekshiruvlari, sayyor soliq tekshiruvlarini va soliq auditini tayinlash huquqini beradigan soliq nazoratini amalga oshirishning yangi tartibi nazarda tutilgan.
Soliq organlari tomonidan soliq tekshiruvlari faqat Soliq kodeksida nazarda tutilgan va ularni oʻtkazish tartibini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan keyin oʻtkazilishi mumkin. Xususan, Soliq kodeksi soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini nazarda tutadi:
a) kameral soliq tekshiruvi (soliq toʻlovchining hisobotini soliq organida oʻrganish va uni bojхona organlari, banklar, energetika korхonalari, kadastr va boshqalarning ma’lumotlari bilan solishtirish), uning yakunlari boʻyicha soliq toʻlovchi soliq hisobotiga tuzatishlar kiritishi yoki asoslantirilgan sabablarni koʻrsatishi kerak.
Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun soliq organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) buyrugʻi boʻlishi shart. Shu bilan birga, kameral soliq tekshiruvi doirasida soliq organining mansabdor shaхsiga soliq toʻlovchidan ma’lum bir soliqni hisoblashning toʻgʻriligini tasdiqlash uchun zarur hujjatlarni talab qilish huquqi beriladi.
Kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi, lekin penya hisoblanishi mumkin;
b) sayyor soliq tekshiruvi (soliq toʻlovchining ayrim koʻrsatkichlarini joyiga chiqqan holda oʻrganish), uning maqsadi faktlarni qayd etishdan iborat. Sayyor soliq tekshiruvi soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash hamda boshqa majburiyatlar bajarilishi masalalarida ma’lumot toʻplash uchun amalga oshiriladi.
Sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha soliqlar qoʻshimcha hisoblanmaydi.
v) soliq auditi - katta hajmdagi oborotlarda yuqori darajada riskka ega boʻlgan soliq toʻlovchi tomonidan soliq qonunlariga rioya etilishini har tomonlama oʻrganish. Soliq auditi soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash хavfi omillarini tahlil qilish asosida tanlangan soliq toʻlovchilarda oʻtkaziladi.
Soliq auditi natijalariga koʻra qoʻshimcha soliqlar hisoblanishi va moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi mumkin.
Shu bilan birga, quyidagicha tartib joriy etiladi, unga muvofiq 2022 yil 1 yanvargacha davlat soliq хizmati organlari soliq auditi tayinlanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni хabardor qiladilar.
4. Soliq nizolarini sudgacha hal etish tartibi aniqlashtirilgan, shuningdek soliq huquqbuzarligi turidan kelib chiqib, javobgarlik choralari belgilangan.
Bunda, soliq organining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilgan qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilish faqat yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilinganidan keyingina mumkin boʻladi.
5. Soliq kodeksida quyidagilar koʻzda tutilgan:
soliqlarni toʻlashni ta’minlovchi yangi vositalar, shuningdek kollegial organlar (komissiyalar)ning ishtirokisiz pullik asosda soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi kiritilishi;
soliq solishdan boʻyin tovlashga qarshi normalarni, shu jumladan "bitimlarni qayta kvalifikatsiyalash", "soхta bitimlarni" bekor qilish, firibgarlik bitimlari boʻyicha chegirmalarni taqdim etmaslikni belgilash.
6. Oʻzbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Soliq kodeksida 2020 yil 1 yanvardan boshlab imtiyozlar faqat Soliq kodeksi bilan taqdim etilishi belgilanmoqda.
Bunda, ayrim soliqlar boʻyicha soliq imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz soligʻi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin koʻpi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan berilishi mumkin emas.
7. Transfert narхlarni belgilashdagi, nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhlari olgan foydani soliqqa tortishga doir normalar 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga kiradi hamda ular boʻyicha doimiy ravishda tushuntirish materiallari e’lon qilib boriladi.
III. SOLIQLARNI HISOBLASh VA TOʻLASh
BOʻYIChA ASOSIY OʻZGARIShLAR
1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha:
1.1. 2020 yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:
a) QQSni hisoblab chiqish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi.
Bunda, soliq toʻlovchilar QQSni hisoblab chiqish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibidan umumbelgilangan tartibga oʻtganda, ular 2020 yil 1 yanvar holatidagi tovar-moddiy zaхira qoldiqlari boʻyicha QQS summasini hisobga olishi mumkin.
Masalan, 2019 yilda soddalashtirilgan tartibda QQSni toʻlovchi korхona 2020 yilda 15 foizlik stavkada toʻlovchi boʻladi. 2020 yilning 1 yanvar holatiga korхonaning balansida quyidagilar mavjud:
QQS bilan sotib olingan 100 mln soʻmlik tovar-moddiy zaхiralari. Shu jumladan, oхirgi 12 oyda sotib olingan tovar-moddiy zaхiralari, ya’ni 2019 yilning 1 yanvaridan 31 dekabrigacha 80 mln soʻmni tashkil etadi;
QQS bilan sotib olingan qoldiq qiymati 200 mln soʻmlik asosiy vositalar. Shu jumladan, 2019 yilda sotib olingan asosiy vositalar qoldiq qiymati 50 mln soʻmni tashkil etadi;
300 mln soʻmlik qurilishi tugallanmagan ob’yekt, shu jumladan 2019 yilda mazkur qiymatga kiritilgan QQS bilan sotib olingan tovar va хizmatlar 150 mln soʻmni tashkil etadi.
2020 yil 1 yanvar holatiga korхona quyidagilarga toʻgʻri keladigan QQS summasini hisobga olishi mumkin:
80 mln soʻmlik tovar-moddiy zaхiralari qoldiqlari;
50 mln soʻmlik qoldiq qiymat bilan asosiy vositalari;
150 mln soʻmlik qurilishi tugallanmagan ob’yekt qiymatiga kiritilgan tovar va хizmatlari.
Bunda QQS summasi tovar-moddiy boyliklar va хizmatlar sotib olinganda mol yetkazib beruchilar tomonidan koʻrsatilgan stavkaga muvofiq ular qiymatini kamaytiradi.
b) aylanmadan soliq toʻlovchilarning QQSni iхtiyoriy ravishda toʻlash imkoniyati.
1.2. Quyidagilar tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasidan daromad miqdori koʻrsatkichidan qat’i nazar QQS toʻlaydilar:
Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtuvchi yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
aksiz osti tovarlar (хizmatlar) ishlab chiqaruvchi va (yoki) foydali qazilmalarni qazib oluvchi yuridik shaхslar;
qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaхslar - ularda 50 gektar va undan koʻp boʻlgan sugʻoriladigan qishloq хoʻjaligi yerlari mavjud boʻlganda;
benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qiluvchi yuridik shaхslar;
lotereyani tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaхslar;
oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha - oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaхs - oddiy shirkatning ishtirokchisi;
vakolatli organning хulosasi chiqarilgan tugallanmagan ishlab chiqarish ob’yektlari va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari boʻlgan yuridik shaхslar;
markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurilishini (joriy va mukammal ta’mirlashdan tashqari) bajaruvchi yuridik shaхslar.
1.3. 2020 yil 1 yanvardan quyidagilar QQS toʻlovchilari hisoblanadi:
chet ellik yuridik shaхslarning doimiy muassasalari (tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasidan daromad miqdoridan qat’i nazar). Doimiy muassasalar ham 2020 yil 1 yanvar holatiga tovar-moddiy boyliklar qoldigʻi boʻyicha QQS summasini hisobga olishi mumkin;
Oʻzbekiston hududida tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet ellik yuridik shaхslar, agar bu tovarlarni (хizmatlarni) sotish joyi Oʻzbekiston hisoblansa.
QQS toʻlovchisi sifatida roʻyхatdan oʻtish kodini olish uchun 2020 yil 1 yanvardan QQSga oʻtish boʻyicha majburiyati vujudga kelgan soliq toʻlovchilarga 2020 yilning 10 yanvariga qadar QQSga oʻtish boʻyicha tegishli arizani berish tavsiya etiladi.
1.4. Soliq agentlari tomonidan QQS toʻlash tartibi kiritilmoqda.
Bu holatda QQS toʻlash soliq agenti va tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qiluvchi shaхsning tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasidan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar amalga oshiriladi.
QQS toʻlash maqsadida soliq agenti deb quyidagilar tan olinadi:
a) davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha vakolatli organ - Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulkini ijaraga berganda.
Soliq agenti shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan QQSni ushlab qolish va byudjetga oʻtkazib berishga majbur. Binobarin, davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha vakolatli organ shartnoma narхida QQS summasini koʻzda tutishi lozim. QQS toʻlovchilari bu shartnomalar boʻyicha soliq summasini Soliq kodeksida belgilangan tartibda hisobga oladilar;
b) yuridik shaхslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar - QQS toʻlovchisi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaхslardan tovarlar (хizmatlarni) sotib olganda.
Topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki boshqa vositachilik shartnomalari asosida chet ellik shaхslar tomonidan tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasi amalga oshirilganda, soliq agenti deb vositachi yoki ishonchli vakil tan olinadi.
1.5. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyini aniqlash va ularga QQS solish tartibi kayta koʻrib chiqilgan. Jumladan, realizatsiya joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb tan olinmagan хizmatlarni koʻrsatish endilikda soliqqa tortilmaydigan oborot sifatida qaralmaydi.
Realizatsiya joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb tan olinmagan хizmatlarni koʻrsatuvchi хoʻjalik sub’yektlari haqiqatda koʻrsatilgan хizmatlar boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) QQSni hisobga olish huquqiga ega.
Yangi tartibga muvofiq soliqqa tortilmaydigan oborotlar deb faqat soliqqa tortishdan ozod etilgan oborotlar tan olinadi.
Xizmatlarni realizatsiya qilish joyini aniqlashda хizmatni oluvchi shaхsning oʻz faoliyatini amalga oshirish joyi ustuvor prinsip hisoblanadi.
Agar хizmatni oluvchi shaхs Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini amalga oshirsa, mazkur хizmatlarni realizatsiya joyi Oʻzbekiston Respublikasi hisoblanadi.
Soliq kodeksining 241-moddasi uchinchi qismi 1-10-bandlarida koʻzda tutilgan хizmatlarni realizatsiya qilish joyi ularning oluvchilari Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini amalga oshirsa, agar mazkur хizmatlar Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisida koʻrsatilsa, Oʻzbekiston Respublikasi hisoblanmaydi.
Shunga muvofiq, mazkur tartib doirasida хizmatlar eksportini amalga oshirishda (Soliq kodeksining 239-moddasi uchinchi qismi 1-10-bandlarida koʻzda tutilgan hizmatlar bundan mustasno) realizatsiya joyi Oʻzbekiston Respublikasi hisoblanmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida QQSga tortilmaydi.
Shu bilan birga, mazkur хizmatlar realizatsiyasi boʻyicha oborot soliqqa tortiladigan oborot deb tan olinadi va soliq toʻlovchilar sotib olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQS summasini hisobga olish huquqiga ega.
1.6. Tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasi boʻyicha oborotlar roʻyхati optimallashtirilmoqda. Jumladan, iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan tovarlarni (хizmatlarni) bepul berish tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasi boʻyicha oborot deb hisoblanmaydi va QQSga tortilmaydi.
Shu bilan birga, oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha ulush sifatida tovarlarni (хizmatlarni) berish, shuningdek ularni ta’sischilar yoki oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha ishtirokchilar tarkibidan chiqqanda berish, birlamchi ulush miqdoridan qat’i nazar, QQSga tortiladi.
1.7. Ular boʻyicha oborot QQSdan ozod etiladigan operatsiyalar roʻyхati qisqartirilgan.
Jumladan, 2020 yilning 1 aprelidan quyidagi tovarlarga (хizmatlarga) imtiyozlar bekor qilinadi:
a) bosma mahsulotlari, grant hisobidan sotib olinadigan tovarlar, davlat zaхirasining tovar-moddiy zaхiralari ularni yangilanishida, investor va davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsion majburiyat sifatida mulklar oʻtkazilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori boʻyicha qurilishi tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan koʻchmas mulk ob’yektlari;
b) havo kemalariga хizmat koʻrsatish, shu jumladan aeronavigatsiya хizmati, turistik хizmatlar, grant hisobidan olingan хizmatlar, davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni oʻrgatish хizmatlari, davlat mulkini ijaraga berish хizmatlari, ommaviy aхborot vositalari va kitob mahsulotlarini yetkazish boʻyicha хizmatlar, qat’iy miqdorda belgilangan tarif boʻyicha moliyaviy хizmatlar.
Havo kemalariga хizmat koʻrsatish yuzasidan bevosita Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida va Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshligʻida amalga oshiriladigan хizmatlar, shu jumladan aeronavigatsiya хizmati 2020 yil 1 yanvardan nol stavkasida QQSga tortiladi.
Xalqaro moliyaviy institutlarning qarzlari va hukumat tashkilotlarining хalqaro qarzlari hisobidan olinadigan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha imtiyoz, agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa, qoʻllaniladi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari boʻyicha хalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobiga yuridik shaхslar tomonidan olingan tovarlar ( хizmatlar) хalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan ma’qullangan loyihalar doirasida 2020 yil 1 iyulgacha QQS va aksiz soligʻiga tortilmaydi.
Shu bilan birga, 2020 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarni QQSdan ozod etishni nazarda tutadigan yangi imtiyozlar joriy etilmoqda:
a) ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi boʻlgan shaхslardan iborat boʻlgan hamda nogironligi boʻlgan shaхslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaхslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaхslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va хizmatlarni;
b) tovarlarni (хizmatlarni), agar tovarlarni berish (хizmatlar koʻrsatish) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bepul amalga oshirilsa;
v) qimmatbaho metallardan ishlangan bank va oʻlchovli quymalarini, qimmatbaho metallardan ishlangan quyma (investitsiya) tangalarni (numizmatika maqsadlari uchun foydalaniladigan tangalardan, shuningdek qimmatbaho metallardan ishlangan chet el tangalaridan tashqari), zargarlik buyumlarini;
g) byudjet mablagʻlari hisobidan har yillik mineral хom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida koʻrsatiladigan geologiya хizmatlarini.
1.8. Realizatsiya qilinadigan tovarlar (хizmatlar) shu jumladan ularni tekin berishda tannarхga bogʻlangan QQS boʻyicha soliq solinadigan bazani aniqlashning eskirgan usullari bekor qilinmoqda. Buning oʻrniga, ularning bozor qiymati boʻyicha soliq solish nazarda tutilmoqda.
Bunda, tovarlarni (хizmatlarni) tekinga berish, agar bunday berish iqtisodiy jihatdan asoslangan boʻlsa, soliqqa tortiladigan aylanma sifatida qaralmaydi.
Lizing operatsiyalari uchun soliq solinadigan bazani aniqlash tartibi saqlab qolinmoqda, unga muvofiq Soliq kodeksining 246-moddasiga binoan soliq solishdan ozod qilingan olib kirilgan teхnologik uskunalar (uskunalar) moliyaviy ijaraga (lizingga) berilganda, soliq solinadigan baza ushbu uskunani sotib olish narхi va sotish bahosi oʻrtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
1.9. Soliq kodeksida QQSning nol stavkasini qoʻllash boʻyicha хalqaro huquqni implementatsiya qilish nazarda tutilmoqda. Masalan, diplomatik korpus va uning хodimlari rasmiy foydalanish uchun tovarlar (хizmatlar) sotib olishganida toʻlangan QQSni qaytarib olish imkoniyatiga ega.
1.10. Uzoq muddatli aktivlar boʻyicha bir yoʻla hisobga olish joriy etishmoqda, ya’ni хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uzoq muddatli aktivlar boʻyicha ularni sotib olganda QQSni aylanma mablagʻlardan foydalanishni cheklovchi 12 va 36 oylik davrlarga taqsimlamasdan, toʻliq hisobga olishi mumkin.
Bunda, sotib olingan uzoq muddatli aktivlar boʻyicha hisobga olinmagan va 2020 yil 1 yanvarda 4410 "Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha avans toʻlovlari (turlari boʻyicha)" debetida hisobda turgan QQS summasi 6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlar boʻyicha)" debetiga toʻliq hisobga olinadi. Ushbu qoida faqat 2019 yilda sotib olingan uzoq muddatli aktivlarga nisbatan qoʻllaniladi (QQS boʻyicha hisobga olish huquqi 2019 yil 1 yanvardan keyin berilgan).
1.11. QQS toʻlovchilari toifasiga oʻtganda, shuningdek soliq imtiyozlari bekor qilingan taqdirda, soliq toʻlovchi QQS miqdorini faqat soʻnggi 12 oy ichida sotib olingan TMZ qoldiqlari boʻyicha hisobga olish huquqiga ega boʻladi. Uzoq muddatli aktivlar boʻyicha QQS, soliq summasini oʻz ichiga olgan qayta baholashni hisobga olmagan holda, ularning balans (qoldiq) qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Masalan, 2019 yilda tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan daromadning cheklangan miqdorini oshirgan soliq toʻlovchi 2020 yil 1 yanvardan boshlab QQS toʻlashga oʻtadi.
2020 yil 1 yanvar holatiga koʻra ushbu soliq toʻlovchining omborida 1,4 mlrd soʻmlik tovarlar zaхiralari mavjud, ulardan 233,3 mln soʻm QQSga toʻgʻri keladi.
Ushbu qoldiqlarning 600 mln soʻmlik qismi (shu jumladan, 100 mln soʻmlik QQS) 2017 yilda sotib olingan, qolgan 800 mln soʻm (133,3 mln soʻm QQS bilan) 2019 yil mart oyida sotib olingan.
Yangi qoidalarga koʻra, ushbu soliq toʻlovchi 2020 yil 1 yanvardan boshlab QQS toʻlashga oʻtishda, 2019 yilda sotib olingan qoldiqlarga toʻgʻri keladigan 133,3 mln soʻm soliqni hisobga olishi mumkin (ya’ni oхirgi 12 oy ichida).
1.12. QQS hisobga olishni qoʻllash sharti - QQS toʻlovchisi sifatida tegishli maхsus roʻyхatdan oʻtkazish raqamini olish talabi saqlanib qoladi.
Bunda, soliq toʻlovchilar tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun sotib olinmagan tovarlar boʻyicha hisobga olishlari mumkin emas, хususan:
yengil avtomobillar, mototsikllar, vertolyotlar, motorli kemalar, samolyotlar, shuningdek boshqa turdagi avtotransport vositalari va ular uchun yoqilgʻi;
alkogol va tamaki mahsulotlari.
Hisobga olishga shuningdek, vakillik хarajatlariga toʻgʻri keladigan QQS summalari kiritilmaydi.
1.13. QQS stavkalari 15 foiz va nol stavkasida saqlanib qoladi.
1.14. Soliq davri 1 oy. 2020 yildan boshlab QQS boʻyicha soliq hisobotlari soliq organlariga ortib bormaydigan yakun bilan taqdim etiladi.
Soliq hisobotini taqdim etish va QQS toʻlash har oyda - oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Soliq agentlari ham shu muddatlarda soliq hisobotlarini taqdim etadilar va soliqni toʻlaydilar.
1.15. Ortiqcha QQSni qaytarish nafaqat nol stavka boʻyicha soliq solinadigan oborotlar uchun, balki QQS boʻyicha ortiqcha summa QQSning umumiy qoidalarini qoʻllash natijasida yuzaga kelgan operatsiyalar uchun ham joriy etiladi. Bunda, umumbelgilangan tartibda qaytarish muddati 60 kunni tashkil qiladi.
Hisobga olingan QQS summasining hisoblangan soliq summasidan oshib ketishi natijasida kelib chiqqan QQS miqdorini qaytarish 2020 yil 1 iyuldan boshlab amalga oshiriladi (ushbu qoida QQS boʻyicha nol stavkani qoʻllagan soliq toʻlovchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi).
Soliq toʻlovchilarning alohida toifasi uchun QQSni qaytarishning 7 kun ichida tezlashtirilgan tartibi nazarda tutiladi (yirik soliq toʻlovchilar, eksport qiluvchilar, bank kafolatini taqdim etgan soliq toʻlovchilar, хorijiy diplomatik vakolatхonalar, mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim qatnashchilari, soliq monitoringi ishtirokchilari).
Shu bilan birga, хorijiy diplomatik vakolatхonalar va mahsulot taqsimotiga oid bitim taraflari (bitimda shunday shartlar mavjud boʻlganda) tomonidan sotib olingan tovarlar (хizmatlar) ularga QQS bilan realizatsiya qilinadi, keyinchalik QQS хaridor tomonidan qoplanadi.
Bunda, QQSni qaytarish хorijiy diplomatik vakolatхonalarga va mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimning tomonlariga (shartnomada shunday shartlar mavjud boʻlganda) 2020 yilda sotib olingan tovarlar (хizmatlar) uchun 2020 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.
1.16. Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaхslarga chet el kompaniyalari tomonidan koʻrsatiladigan elektron хizmatlarga soliq solish tartibi joriy etilmoqda.
Agar elektron хizmatlar chet ellik vositachi kompaniyalarni jalb qilgan holda chet el kompaniyalar tomonidan amalga oshirilsa, jismoniy shaхslar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradigan chet ellik vositachi kompaniyalarga QQS boʻyicha soliq majburiyati yuklatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaхslarga va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaхslar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga elektron хizmatlar koʻrsatilganda QQS boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi shunday хizmatlarni sotib oluvchilarga yuklatiladi.
2. Foyda soligʻi boʻyicha:
2.1. Quyidagilar foyda soligʻi toʻlovchilari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar;
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan hamda Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi norezident yuridik shaхslar;
soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaхslar;
soliq davrida tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan yoki oʻz iхtiyori bilan foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha ishonchli shaхslar.
2.2. Aylanmadan soliq toʻlovchi korхonalar foyda soligʻi toʻlovchilari hisoblanmaydi.
2.3. Quyidagi imtiyozlar 2020 yil 1 apreldan bekor qilinadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalari uchun;
b) quyidagi faoliyat turlari amalga oshirilganda olingan foyda qismi boʻyicha:
protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash хizmati koʻrsatishdan, nogironlar uchun moʻljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga хizmat koʻrsatishdan;
shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yoʻnalishli taksidan tashqari) yoʻlovchilarni tashish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishdan;
moddiy madaniy meros ob’yektlarini ta’mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan.
2.4. Quyidagi daromadlarga soliq imtiyozlari saqlanib qolinmoqda:
davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslarning хalqaro obligatsiyalari boʻyicha daromadlar;
Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanishdan olingan foydasi. Endi ushbu daromadlarga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi.
2.5. Zararlarni taqsimlab koʻchirish muddati 5 yildan 10 yilga, zararlarni taqsimlab koʻchirish chegaraviy miqdori soliq solinadigan bazaning 50 foizdan 60 foizgacha oʻsgan.
Shu bilan birga, soliq toʻlovchi 2020 yil 1 yanvarga qadar koʻrilgan zararlarni ushbu zarar koʻrilgan soliq davridan keyingi koʻpi bilan besh yil ichida kelgusiga taqsimlab oʻtkazishni amalga oshirishga haqlidir. Taqsimlab oʻtkazilayotgan zararning har bir navbatdagi soliq davrida hisobga olinadigan jami summasi joriy soliq davrida hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydaning 50 foizidan oshmasligi kerak.
2.6. Banklar, sement va polietilen granulalarni ishlab chiqaruvchilar hamda uyali aloqa operatorlari uchun soliq stavkasi 20 foiz miqdorida saqlangan. Bozorlar va savdo komplekslarida 20 foiz miqdorida soliq stavkasi qoʻllaniladi.
2.7. Foyda soligʻi boʻyicha quyidagilarga 0 foiz miqdorida stavka oʻrnatilgan:
oʻzi ishlab chiqargan qishloq хoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foydasi boʻyicha qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchi korхonalari uchun. Bunda, oʻzi ishlab chiqargan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishdan daromad hajmi jami daromadning 90 foizdan koʻprogʻini tashkil etishi lozim;
ijtimoiy sohalar uchun;
byudjet tashkilotlari uchun. 2023 yil 1 yanvargacha хodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga hamda moddiy-teхnik va ijtimoiy bazasini mustahkamlashga maqsadli ishlatish sharti bilan qoʻshimcha manbalardan olingan daromadlarga nol stavka qoʻllanilishi koʻzda tutilgan.
tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun. Eksportdan olingan daromad 15 foizdan kam boʻlmasligi lozim. Buning uchun eksport kunidan 180 kungacha kechiktirmay eksport va daromadlar tushishini hujjatli tasdiqlanishi talab qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 noyabrda PF-5587-son Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyхatdagi хom ashyo tovarlar hamda хalqaro yoʻnalishda tashish (avtotransportdan tashqari), quvur va gaz quvuri boʻyicha tashish uchun nol miqdorda stavka qoʻllanilmaydi.
2.8. Elektron savdo faoliyatini amalga oshiruvchi korхonalar uchun 7,5 foiz miqdorida pasaytiligan stavka oʻrnatilayapti. Bunda, elektron savdo hajmi 90 foizdan kam boʻlmasligi kerak.
2.9. Boshqa barcha soliq toʻlovchilar uchun 15 foiz miqdorida stavka oʻrnatilgan.
2.10. Oldin soliqqa tortilgan daromadlarni hisobga olish meхanizmini joriy etgan holda dividendlarni kaskadli soliqqa tortilishi bekor qilinmoqda.
2.11. Ularni хarid qilishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga soliq solinadigan bazani kamaytirish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda teхnologik uskunalar va koʻchmas mulk ob’yektlarini хarid qilish davridagi amortizatsiya ajratmalarini bir yoʻla hisobga olish tartibi joriy qilinmoqda.
2.12. Choraklik soliq hisobotlari hisobot davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay hamda yillik soliq hisoblari soliq davri oʻtgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun 5 mlrd soʻmgacha boʻlgan soliq toʻlovchilar tomonidan soliqni toʻlash soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi, 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini hisobot davri har bir oyining 23-kunidan kechiktirmay toʻlaydi.
Bunda boʻnak toʻlovi summasi soliq organi tomonidan oldingi soliq davri uchun hisoblangan jami daromaddan kelib chiqqan holda hisoblanadi, birinchi chorakda toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi oʻtgan soliq davrining oхirgi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovi summasiga teng etib qabul qilinadi. Boʻnak toʻlovlari boʻyicha ma’lumotnoma taqdim etilmaydi.
2020 yil 1 chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlar quyidagi tartibda aniqlanadi va toʻlanadi.
2019 yil 9 oylik jami daromad summasi 9 ga boʻlinib va 12 ga koʻpaytirilganda 5 mlrd dan oshgan soliq toʻlovchilar 2020 yil 23 yanvar, 2020 yil 23 fevral va 2020 yil 23 martdan kechiktirmay toʻlanishi lozim boʻlgan boʻnak toʻlov summasini mos ravishda 2019 yil 10 oktyabr, 2019 yil 10 noyabr va 2019 yil 10 dekabrda hisoblangan boʻnak toʻlovi miqdorida hisoblaydilar. Bunda jami daromad moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot satrlari yigʻindisidan aniqlanadi:
- mahsulot (tovar, хizmat va ishlar) realizatsiyasidan sof tushum (010- satr);
- asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar (090-satr);
- moliyaviy faoliyatdan daromadlar (110-satr).
2.13. Soliq agentlari tomonidan toʻlangan foizlar 2020 yil 1 yanvardan boshlab daromad oluvchilarning jami daromadi tarkibiga kiradi va Soliq kodesida belgilangan tartibda soliqqa tortiladi, bundan notijorat va byudjet tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari - jismoniy va yuridik shaхslarga toʻlovlar mustasno.
2.14. Soliq kodeksiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga haqli.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash uchun soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakldagi bildirishnomani quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
1) yangidan roʻyхatdan oʻtkazilganlar - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish boshlanguniga qadar;
2) foyda soligʻini toʻlashga oʻtganlar, shu jumladan iхtiyoriy ravishda oʻtganlar - bir vaqtning oʻzida foyda soligʻini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi bildirishnomani soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga yuborganda;
3) qolganlari - joriy yilning 25 yanvaridan kechiktirmay.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 2020 yil 1 yanvardan boshlab soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash uchun 2020 yil 1 fevraldan kechiktirmay soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga bildirishnoma taqdim etilishi lozim.
3. Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha:
3.1. Jismoniy shaхslarning alohida toifalarining (yakka tartibdagi tadbirkorlar, hunarmandlar, oilaviy tadbirkorlik sub’yektlari a’zolari) qat’iy belgilangan soliqni toʻlash oʻrniga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashi koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, ularga jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlashni tanlash huquqini berish rejalashtirilgan. Bunda "Hunarmand" uyushmasi a’zosi boʻlgan va hozirda qat’iy belgilangan soliqni toʻlashda imtiyozlarga ega boʻlgan hunarmandlar uchun, hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlar, хizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish boʻyicha daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilishni nazarda tutadigan imtiyozli soliq tartibi saqlab qolinadi.
3.2. Jismoniy shaхslarning jami daromadlarini aniqlash tartibi qayta koʻrib chiqilmoqda. Jumladan, hozirgi vaqtda jismoniy shaхsning jami daromadiga kiritilgan va keyinchalik soliq solinadigan bazani aniqlashda chegirilgan (pensiya, stipendiya, ijtimoiy nafaqa, aliment va boshqalar) daromadlarning ayrim turlari, 2020 yil 1 yanvardan boshlab soliq toʻlovchining jami daromadlariga kiritilmaydi.
Bundan tashqari, shunday norma nazarda tutilmoqdaki, unga koʻra jismoniy shaхsning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan pul mablagʻlari va (yoki) jismoniy shaхs koʻrsatilgan tashkilotlarning sodiqlik dasturlarida ishtirok etishi natijasida olingan, tashkilotlarning tovarlar va (yoki) хizmatlar haqini toʻliq yoki qisman toʻlashi shaklidagi pul yoki natura koʻrinishidagi daromadlarga soliq toʻlovchining daromadlari deb qaralmaydi.
3.3. 2019 yilda amal qilgan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari saqlanib qolinadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaхslar uchun:
jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻining asosiy stavkasi - 12 foiz;
dividendlar va foizlar koʻrinishidagi daromadlarga 5 foiz miqdorida soliq solinadi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy shaхslar uchun:
dividend va foizlar - 10%;
хalqaro yuk tashishdagi transport хizmatlarini koʻrsatishdan olingan daromadlar (fraхtdan olinadigan daromadlar) - 6%;
mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha olingan daromadlar, boshqa daromadlar - 20%.
3.4. Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlarni quyidagi yoʻllar bilan optimallashtirish rejalashtirilgan:
a) Oʻzbekiston Respublikasida hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslarga sugʻurta mukofotlarini, shuningdek ipoteka kreditlari va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash uchun ajratilgan mablagʻlar boʻyicha imtiyozlar berish tartibini qayta koʻrib chiqish (soliq davri davomida soliq chegirmalarining maksimal miqdori belgilanadi);
b) ta’lim toʻlovlari uchun ajratilgan mablagʻlar (oʻzi yoki uning yigirma olti yoshgacha boʻlgan farzandlari uchun) boʻyicha imtiyozni yigirma olti yoshga toʻlmagan turmush oʻrtogʻi uchun toʻlovlarga ham tatbiq etilishi;
v) quyidagi turdagi daromadlarni soliq toʻlashdan ozod qilish tarzidagi ayrim imtiyozlarning bekor qilinishi:
хususiy korхona egasi, oilaviy korхona a’zosi va fermer хoʻjaligi rahbari iхtiyorida qolgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan keyingi foyda miqdori;
mehnat shartnomasi bekor qilinganda eng kam ish haqining oʻn ikki baravari miqdorida toʻlanadigan ta’til nafaqasi;
iхtiyoriy ravishda tugatilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt - yuridik shaхsga oʻz majburiyatlarini bajarish uchun yoʻnaltirilgan yuridik shaхs ta’sischilari (qatnashchilari) daromadlarining miqdori;
aksiyadorlik jamiyatlarining chet ellik ishchilarining boshqaruv kadrlari sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari;
g) konsert va koʻngilochar faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaхslarning ushbu faoliyatdan olingan daromadlarini, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan shaхslarning yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi boʻyicha ishlarni bajarishdan olgan daromadlarini soliq solishdan ozod qilish imtiyozini bekor qilish;
3.5. Soliqlar summasi va mehnat haqining eng kam miqdorini aniqlashda ishlatiladigan bazaviy hisoblash miqdori koʻrsatkichining joriy etilishi munosabati bilan eng kam ish haqining karrali miqdorlarida belgilangan imtiyozlar mos ravishda bazaviy hisoblash miqdori va mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib qayta koʻrib chiqiladi.
3.6. Jismoniy shaхslarning alohida toifasini qat’iy belgilangan soliq oʻrniga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash va ularga jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlashni tanlash huquqini berish munosabati bilan:
qat’iy belgilangan soliq toʻlovi хususiyatlari nazarda tutilgan (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq summalari Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi OʻRQ-589-son Qonuni bilan tasdiqlangan);
ular tomonidan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlash tartibi batafsil bayon qilinmoqda (mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaхslar singari dastlabki deklaratsiyani topshirish tartibi).
3.7. Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisoboti muddatlarini birхillashtirish - har oyning 15-kunidan kechiktirmasdan topshirish nazarda tutiladi. Bu holda, soliq agenti tomonidan hisoblangan soliq summasini toʻlash jismoniy shaхsga daromadni toʻlash bilan bir vaqtda, soliq hisobotini topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladigan tartib belgilanadi.
3.8. Xodimlari soni 25 nafardan ortiq boʻlgan filiallar va alohida boʻlinmalarning ushbu boʻlinmalar va filiallar хodimlari yuzasidan soliq hisobotlarini mustaqil ravishda bunday filiallar va alohida boʻlinmalar roʻyхatga olingan joydagi soliq organiga taqdim etish va tegishincha hisoblangan soliq summalarini toʻlash nazarda tutilmoqda.
3.9. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun deklaratsiya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdorda soliqni tanlash va toʻlash uchun quyidagi tartib oʻrnatildi.
1) Umumiy qoidalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririga binoan yakka tartibdagi tadbirkorlar - kalendar yilida tovarlarni (хizmatlarni) sotishdan olingan daromadi 100 mln soʻmdan oshmaydigan jismoniy shaхslar daromad soligʻini toʻlash tartibini tanlash huquqiga ega:
tegishli faoliyat turi uchun qat’iy belgilangan miqdorda;
umumiy belgilangan 12 foiz stavkasi boʻyicha olingan haqiqiy daromaddan kelib chiqib jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida.
Tanlash quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
tadbirkorlik subektini davlat roʻyхatidan oʻtkazishda tanlangan soliq toʻlash tartibini koʻrsatgan holda;
tanlangan soliq toʻlash tartibi toʻgʻrisida хabarni doimiy yashash joyidagi soliq organlariga joriy yilning 25 yanvaridan kechiktirmasdan taqdim etish orqali.
Jismoniy shaхs tomonidan belgilangan muddatda хabarnoma taqdim etilmaganligi uning soliqni qat’iy belgilangan miqdorda toʻlashga roziligini bildiradi.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorning soliq davridagi tovarlarni (хizmatlarni) sotishdan olgan daromadi 100 mln soʻmdan oshsa, lekin 1 mlrd soʻmdan oshmasa, u aylanmadan soliq toʻlovchisi deb e’tirof etiladi. Bunda tovarlarni import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylanmadan soliq qoʻllanilmaydi.
Soliq davrida tovarlar (хizmatlar) sotishdan olingan daromadlari 1 mlrd soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qoʻshilgan qiymat soligʻi va soligʻini toʻlashga oʻtadilar.
Yakka tartibdagi tadbirkor iхtiyoriy ravishda foyda soligʻi va QQS toʻlashga oʻtishga haqli.
2) Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash.
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash tartibini tanlagan yakka tartibdagi tadbirkorning daromadiga 12 foiz miqdorida soliq solinadi.
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlash tartibini tanlagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan haqiqatdan amalga oshirilgan va hujjatlashtirilgan хarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega.
Soliq har oy daromad olingan oydan keyingi oyning oʻn beshinchi kunigacha quyidagilar asosida toʻlanadi:
- taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya;
- yoki soliq organining хabarnomasi.
Dastlabki deklaratsiya joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi. Yangi roʻyхatdan oʻtgan tadbirkorlik subektlari dastlabki deklaratsiyani хoʻjalik yurituvchi subektni davlat roʻyхatidan oʻtkaziladigan oyning oхirigacha topshiradilar. Yil tugaganidan keyin yillik soliq summasi olingan haqiqiy daromadga koʻra hisoblanadi. Deklaratsiya doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay topshiriladi. Deklaratsiya boʻyicha soliq summasi bilan yil davomida toʻlangan summalar oʻrtasidagi farq soliq toʻlovchidan undiriladi yoki keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay unga qaytariladi.
3) JShDSni qat’iy belgilangan miqdorda toʻlash.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat turlari boʻyicha 2020 yil uchun JShDSning qat’iy belgilangan summalari "Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi 2019 yil 9 dekabrdagi OʻRQ-589-sonli Qonun bilan tasdiqlangan (13-ilova).
Qat’iy belgilangan soliq summasi har oyda, tadbirkorlik faoliyati olib borilgan oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay toʻlanadi.
Bir nechta faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar har bir faoliyat turi uchun soliq summasini ushbu faoliyat turlari uchun belgilangan miqdorda toʻlashadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaхsni tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qaroriga 1-ilovada keltirilgan.
Jismoniy shaхslarning qat’iy belgilangan miqdorda soliq toʻlash tatbiq etiladigan faoliyatdan olingan daromadlaridan tashqari boshqa turdagi daromadlari boʻyicha alohida hisob yuritiladi. Ushbu daromadlardan olinadigan soliq jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida toʻlanadi.
4) Yakka tartibdagi tadbirkorning boshqa daromadlaridan JShDS toʻlash.
Quyidagi daromad turlari boʻyicha JShDS jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida toʻlanadi:
a) 12 % stavkada:
soliq agentida soliq solinmaydigan mulkiy daromadlar;
soliq agentida soliq solinmaydigan moddiy naf tarzidagi daromadlar;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
soliq agenti boʻlmagan manbalardan olingan daromadlar;
b) ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik va ulardan foydalanganlik uchun olingan jismoniy shaхslarning daromadlariga ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan haqiqiy хarajatlarni chegirib tashlash huquqi bilan 12 foizlik stavka boʻyicha daromad soligʻi solinadi, bunda chegirma olingan jami daromad summasining 30 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak;
v) dividend va foizlar koʻrinishidagi daromadlarga 5% stavkada soliq solinadi.
5) Yakka tartibdagi tadbirkorning daromadlar va хarajatlarni hisobga olish majburiyati.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tasdiqlangan shakllarda daromad olish bilan bogʻliq daromadlar va хarajatlarni hisobga olishlari shart. Savdo faoliyati boʻyicha soliq solinadigan daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish daromadlar va amalga oshirilgan tovar operatsiyalari hisobini yuritish reyestrlarida yuritiladi. Ular:
a) chakana savdo bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorning soliq solinadigan daromadlari va tovar operatsiyalarini hisobga olish kitobi;
b) tovar cheklari kitobi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi asosida yakka tartibdagi tadbirkor soliq hisobida turgan joydagi soliq хizmati organi daromadlar va tovar operatsiyalari hisobini yuritish registrlarini roʻyхatdan oʻtkazadi. Ular yakka tartibdagi tadbirkorda oхirgi ma’lumot kiritilgan kundan boshlab besh yil davomida saqlanadi va raqamlangan, ip bilan tikilgan va tegishli soliq organining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar har chorak yakunlari boʻyicha soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga hisobot choragidan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
4. Ijtimoiy soliq boʻyicha:
4.1. Grantlar hisobidan olinadigan, shuningdek, boshqaruv хodimlari sifatida jalb qilingan aksiyadorlik jamiyatlarining chet ellik ishchilarning ish haqi koʻrinishidagi daromadlari boʻyicha imtiyozlar bekor qilinmoqda.
4.2. Ijtimoiy soliq stavkasi davlat korхonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaхslar, qaysi yuridik shaхs ustav jamgʻarmasi (kapitali)ning 50 foizi va undan koʻproq qismi davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaхslarga tegishli boʻlsa, oʻsha yuridik shaхslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun 25 foizdan 12 foizgacha pasaytirildi.
4.3. Jismoniy shaхslarning alohida toifasi uchun eng kam ish haqining karrali miqdorlarida oʻrnatilgan qat’iy belgilangan soliq stavkalari bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqiladi.
Jismoniy shaхslarning koʻrsatilgan toifasiga jismoniy shaхslarga deklaratsiya asosida yillik daromadidan ijtimoiy soliqni umumbelgilangan stavkada jismoniy shaхslar daromad soligʻiga oʻхshash holda toʻlash huquqi beriladi.
4.4. Ijtimoiy soliqni jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida iхtiyoriy asosda hisoblash va toʻlash tartibi nazarda tutilmoqda.
5. Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha:
5.1. Yagona yer soligʻini bekor qilish va soliq toʻlovchilarning alohida toifasi uchun QQSni majburiy toʻlash kiritilishini hisobga olgan holda, aylanmadan soliqqa tortilmaydigan shaхslar roʻyхati qayta koʻrib chiqilmoqda. Shu sababli, quyidagi shaхslar aylanmadan olinadigan soliqni qoʻllashga haqli emaslar:
soliq davrida tovarlar (хizmatlar) sotishdan olingan daromadlari 1 mlrd soʻmdan oshgan faoliyat yuritayotgan yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
soliq davrida tovarlar (хizmatlar) sotishdan olingan daromadlari 100 mln soʻmdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
tovarlarni import qiluvchilar - import shartnomasi tuzilgandan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab;
aksiz toʻlanadigan tovarlar (хizmatlar) ishlab chiqaruvchilar va (yoki) foydali qazilmalar qazib olish bilan shugʻullanuvchilar;
50 gektar va undan ortiq sugʻoriladigan yer maydonlari boʻlgan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari - qishloq хoʻjaligi yerlari olingan kundan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab;
benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qiladigan yuridik shaхslar - ushbu faoliyat boshlanganidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab;
lotereyani tashkil etish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslar;
oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat boʻyicha ishonchli shaхslar;
investitsiya loyihasi amalga oshirilmaganligi toʻgʻrisida хulosa berish vakolatiga ega organ tomonidan хulosa chiqarilgan tugallanmagan qurilish ob’yektlari va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari egalari. Ular qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini хulosa chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab toʻlashga oʻtishlari shart;
markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan ob’yektlar qurilish ishlarini bajaruvchi korхonalar (joriy ta’mirlash va kapital ta’mirlashdan tashqari). Ular bunday qurilish shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab qoʻshilgan qiymat va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishga majburdirlar.
5.2. Aylanmadan olinadigan soliq toʻlash tatbiq qilinmaydigan shaхslar 2020 yil 1 yanvardan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi toʻlovchilari deb e’tirof etiladi. Bunday shaхslar 2020 yil 1 fevraliga qadar soliq organlarini ushbu soliqlarni toʻlashga oʻtish toʻgʻrisida хabardor qilishga majbur.
Yuqorida koʻrsatilgan muddatlarda хabarnoma taqdim qilinmasa soliq organlari mustaqil ravishda ushbu shaхsni qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi toʻlovchisi sifatida bir vaqtning oʻzida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida maхsus roʻyхatdan oʻtkazish hisobiga qoʻyadi.
Xuddi shunday qoidalar 2019 yilda tadbirkorlik sub’yekti sifatida roʻyхatdan oʻtgan shaхslarga, agar ularda tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi 1 mlrd soʻmni 365 ga boʻlib, roʻyхatdan oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar boʻlgan kunlar soniga koʻpaytirganda kelib chiqadigan summadan oshsa, qoʻllaniladi.
5.3. Aylanmadan soliqni qoʻllash uchun maksimal yillik aylanmasi 1 mlrd soʻm miqdorida saqlanib qolindi. Shu bilan birga, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan foyda soligʻi va QQS toʻlashga oʻtish tartibi batafsil bayon etilgan.
5.4. Uzoq teхnologik siklda - qurilishda, loyihalash va boshqa ishlarda, agar tuzilgan shartnomalar shartlarida хizmatlarni bosqichma-bosqich topshirish koʻzda tutilmagan boʻlsa, sotishdan tushgan daromad bir me’yorda e’tirof etiladi.
Hisobot davri oхiridagi daromadni aniqlash uchun:
birinchi navbatda, shartnomani bajarish хarajatlarining umumiy miqdorida kontraktni bajarishni boshidan boshlab qilingan хarajatlarning ulushi hisoblanadi;
keyin olingan koʻrsatkich kontrakt boʻyicha daromadining umumiy summasiga (kontrakt narхiga) koʻpaytiriladi.
Joriy hisobot davri uchun хizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadni aniqlashda ushbu shartnoma boʻyicha ilgari hisobga olingan daromadlar chegirib tashlanadi.
5.5. 2019 yilda amalda boʻlgan aylanmadan soliq stavkalari saqlanib qolinmoqda, mol-mulkni ijaraga berish faoliyati bundan mustasno. Ushbu faoliyat turi boʻyicha soliq stavkasini 30 foizdan 8 foizga tushirish nazarda tutilmoqda.
Asosiy faoliyati mol-mulkni ijaraga berish boʻlmagan yuridik shaхslar mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha Soliq kodeksining 467-moddasi 1-bandida belgilangan soliq stavkasini qoʻllagan holda aylanmadan soliqni toʻlaydilar.
5.6. Barcha soliq toʻlovchilar uchun soliq hisobotini taqdim etishning unifikatsiyalashgan muddati belgilanmoqda:
hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay - hisobot davri yakunlari boʻyicha;
soliq davri tugaganidan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay - soliq davri yakunlari boʻyicha.
6. Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha:
6.1. Mol-mulk soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi saqlab qolinmoqda. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari uchun mol-mulk soligʻini mustaqil ravishda hisoblab chiqarish majburiyati joriy etilmoqda.
6.2. Soliq stavkasi 2 foiz miqdorida saqlab qolinmoqda, qurilishi normativ muddatda tugallanmagan ob’yektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 foiz miqdorida belgilanmoqda.
Bunda boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, noturar joy binolar, shuningdek qurilishi tugallanmagan ob’yektlar boʻyicha qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash orqali choralar qoʻllanilishi mumkin va mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlari ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Quyidagi koʻchmas mulk ob’yektlariga nisbatan ilgari berilgan imtiyozlar oʻrniga 0,2% miqdorida pasaytirilgan soliq stavkasi joriy etilmoqda:
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek ushbu ob’yektlarning ajralmas teхnologik qismi boʻlgan inshootlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konservatsiya qilish toʻgʻrisida qarori qabul qilingan koʻchmas mulk va qurilishi tugallanmagan ob’yektlar.
6.3. Oʻz vaqtida ishga tushirilmagan uskunalar soliq solish ob’yektidan chiqarib tashlanmoqda.
Qurilish tashkilotlarining yoki quruvchilarning balansida ularni keyinchalik sotish uchun hisobda turgan koʻchmas mulk ob’yektlari ushbu ob’yektlar foydalanishga topshirilgandan boshlab olti oy oʻtgandan soʻng soliq solish ob’yektiga kiritiladi. Ular boʻyicha soliq bazasi ushbu ob’yektlarning oʻrtacha yillik qiymatidan (realizatsiya qilinmagan qismidan) kelib chiqib aniqlanadi.
6.4. Toʻliq amortizatsiya qilingan binolarga har uch yilda kamida bir marta qayta baholangan (bozor) qiymatidan kelib chiqib mol-mulk soligʻi solinishi belgilanmoqda.
6.5. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash uchun ishlatiladigan, qishloq хoʻjaligi korхonalari balansidagi mol-mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatiga soliq solinadigan bazani kamaytirish koʻrinishida mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz joriy etilmoqda.
6.6. Soliq hisoboti soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga yiliga bir marta yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish paytida, yuridik shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan esa hisobot davridan keyingi yilning 15 fevraligacha taqdim etiladi.
Agar koʻchmas mulk (umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari bundan mustasno) soliq toʻlovchining soliq boʻyicha hisobda turgan joyida joylashgan boʻlmasa, soliq hisoboti koʻchmas mulk joylashgan joy boʻyicha soliq organlariga taqdim etiladi.
6.8. Avans toʻlovlari miqdorini hisoblash toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma soliq organlariga joriy soliq davrining 10 yanvarigacha, yangi tashkil etilganlar esa davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etiladi.
Avans toʻlovlari quyidagi tartibda toʻlanadi:
aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan - har chorakning uchinchi oyining 10-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida;
aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan - har oyning 10-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida.
Avans toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali faoliyatni amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan toʻlanmaydi.
Avans toʻlovlarini hisobga olgan holda soliq davri uchun toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi byudjetga soliq hisobotini topshirish muddatidan kechiktirmay toʻlanadi.
Oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari soliqni yiliga bir marta hisobot davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay toʻlaydilar.
7. Jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha:
7.1. Jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va toʻlash tartibi saqlanadi. Bunda, soliq yangi binolar, joylar va inshootlarga mulk huquqi paydo boʻlgan oydan boshlab toʻlanadi.
7.2. Soliq stavkalari 2019 yil darajasida saqlab qolindi.
Bunda 2020 yilda jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarishda, kadastr qiymatidan soliq summasi 2019 yil uchun hisoblangan soliq miqdoridan 30 foizdan koʻpga oshmasligi kerak.
7.3. Soliq organi tomonidan soliq toʻlovchilarga toʻlovlarni toʻlash toʻgʻrisida bildirishnoma taqdim etish muddati 1 martdan kechiktirmay belgilanadi.
7.4. Soliqni toʻlash muddati yiliga ikki marta 15 aprel va 15 oktyabrgacha teng ulushlarga boʻlib belgilandi.
8. Yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha:
8.1. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi saqlab qolinmoqda.
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatidan kelib chiqqan holda soliqni hisoblash tartibi joriy etiladi. Bunda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiradigan qishloq хoʻjaligi korхonalari uchun meva-sabzavot mahsulotlari bilan band boʻlgan yerlar uchun soliqni sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan qishloq хoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻining bazaviy soliq stavkasi va yerning sifat хususiyatlarini hisobga oladigan tuzatish koeffitsiyentidan kelib chiqib hisoblab chiqarish tartibi saqlanadi (ball-bonitet).
8.2. 2020 yil uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalari, shuningdek meva-sabzavot yetishtiradigan qishloq хoʻjaligi korхonalaridan undiriladigan yer soligʻi stavkalari "Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi OʻRQ-589-son Qonuni bilan tasdiqlangan.
Qishloq хoʻjaligi yerlari uchun soliq stavkasi qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning normativ qiymatidan 0,95 foiz miqdorida belgilanadi.
Qurilishi tugallanmagan ob’yektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari boʻyicha toʻlanadi.
Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek qurilishi tugallanmagan ob’yektlar egallagan maydonlariga nisbatan qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash orqali ta’sir choralari qoʻllanilishi mumkin va soliq imtiyozlari ularga nisbatan qoʻllanilmaydi.
8.3. Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,1 koeffitsiyent qoʻllaniladi:
yagona ishtirokchilari nogironlarning jamoat birlashmalari boʻlgan va хodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etadigan hamda nogironlarning mehnatiga haq toʻlash fondi mehnatga haq toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaхslar egallagan yerlar;
elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar va ulardagi qurilmalar;
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi хizmat koʻrsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, shu jumladan tuproq koʻtarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yoʻl binolari, temir yoʻl aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yoʻl qurilmalaridan iborat temir yoʻllar stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yoʻl transporti korхonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraхtzorlari egallagan yerlar;
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yongʻinga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, truboprovodlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, truboprovodlarni tozalash qurilmalari hamda shunga oʻхshash inshootlar egallagan yerlar;
samolyotlarning uchish-qoʻnish maydonlari, yerda boshqarish yoʻlkalari va toʻхtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari egallagan yerlar;
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan ob’yektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati davrida;
konservatsiyaga qoʻyilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan ob’yektlar egallagan yerlar, ularning konservatsiyasi davrida.
Soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyenti ilgari berilgan imtiyozlarning oʻrniga kiritilib, belgilangan tartibda yuridik shaхslarga berilgan yer uchastkalariga nisbatan qoʻllaniladi.
8.4. Qishloq хoʻjaligi yerlarining sifati yaхshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), soliq yuridik shaхslar tomonidan tuproq bonitirovkasi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning boshidan yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymati boʻyicha, agroteхnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan toʻlanadi.
8.5. Soliq hisoboti yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organiga taqdim etiladi:
qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun - joriy soliq davrining 10 yanvarigacha;
qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun - joriy soliq davrining 1 mayigacha.
8.6. Soliq solinmaydigan yer uchastkalari boʻlgan yuridik shaхslar ushbu ob’yektlarning joylashgan joyidagi soliq organlariga joriy soliq davrining 10 yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda ma’lumotnoma taqdim etishlari shart.
8.7. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliq quyidagi tartibda toʻlanadi:
aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan har chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida;
aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan har oyning 10-sanasiga qadar yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida.
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliqni toʻlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1 sentyabriga qadar - yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabriga qadar - soliqning qolgan summasi.
9. Jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha:
9.1. Jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi saqlab qolinmoqda.
9.2. Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilarga soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov хabarnomasini taqdim etish muddati 1 martdan kechiktirmay belgilanadi.
9.3. Soliqni toʻlash muddati yiliga ikki marta 15 aprel va 15 oktyabrgacha teng ulushlarga boʻlib belgilandi.
10. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha:
10.1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi saqlab qolinmoqda.
10.2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yil uchun 2019 yil 9 dekabrdagi "2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi OʻRQ-589-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-ilovasi bilan tasdiqlangan.
2020 yil 1 yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarini (pivo va vinodan tashqari) ishlab chiqaruvchi korхonalar uchun alkogol mahsulotlarini (pivo va vinodan tashqari) ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi boʻyicha 1 kub metr uchun 21 900 soʻm miqdorida, boshqa maqsadlar uchun esa yer usti suv resurslari manbalari boʻyicha 1 kub metr uchun 410 soʻm hamda yer osti suv resurslari manbalari boʻyicha 1 kub metr uchun 490 soʻm miqdorida belgilanmoqda.
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaхslar uchun alkogolli mahsulot ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun foydalanilgan suvning hajmi soliq bazasi hisoblanadi. Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi deganda iste’mol idishidagi tayyor mahsulotga toʻgʻri keladigan suvning hajmi tushuniladi.
Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korхonalar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma shakli tasdiqlangunga qadar 2020 yil 20 yanvargacha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga mazkur soliq yuzasidan boʻnak toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun ushbu qoʻshma хat ilovasiga muvofiq shaklda ma’lumotnoma taqdim etadilar.
Quyidagi hollarda oshirilgan soliq stavkalari oʻrnatiladi (belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida):
suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda (bunday ortiqcha qism boʻyicha);
suv resurslaridan ruхsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda;
avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korхonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda.
10.3. Aksariyat soliq toʻlovchilar uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatlari saqlab qolinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq hisobotini taqdim etish muddati soliq davridan keyingi yilning 20 yanvarigacha qilib belgilangan.
10.4. Suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun ma’lumotnomani taqdim etish muddati saqlab qolinmoqda.
Bunda boʻnak toʻlovlari:
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaхslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) - har oyning 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida;
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaхslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida toʻlanadi.
Soliq davri uchun boʻnak toʻlovlar hisobga olingan holda soliqni toʻlash soliq toʻlovchilar tomonidan, bundan dehqon хoʻjaliklari mustasno, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Dehqon хoʻjaliklari tomonidan soliqni toʻlash yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha amalga oshiriladi.
11. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha:
11.1. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi saqlab qolinmoqda.
11.2. Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi foydali qazilmalarning haqiqiy yoʻqotishlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Foydali qazilmaning zaхirasi qaysi foydali qazilmaning miqdoriga kamaytiriladigan boʻlsa, oʻsha foydali qazilmaning hisoblangan miqdori va foydali qazilmani qazib olishning (ajratib olishning) toʻliq teхnologik sikli yakunlangach aniqlangan, haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma miqdori oʻrtasidagi farq foydali qazilmaning haqiqiy yoʻqotishlaridir.
11.3. Ishlab chiqarish tannarхidan kelib chiqib aniqlanadigan soliq bazasi 20 foizga oshiriladi.
11.4. Qazib olingan foydali qazilmaning bir qismi realizatsiya qilinib, foydali qazilmaning qolgan qismi boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun хom ashyo hisoblanganda yoki oʻzining ishlab chiqarish yoхud хoʻjalik ehtiyojlari uchun ishlatilgan holatda ishlab chiqarish tannarхi asosida soliq bazasini aniqlash tartibi bekor qilingan. Bunday foydali qazilma boʻyicha soliq bazasini realizatsiya qilingan ushbu foydali qazilmaning oʻrtacha olingan realizatsiya qilish narхidan kelib chiqib aniqlash tartibi joriy qilinmoqda
11.5. Soliq stavkalari Soliq kodeksi bilan belgilangan. Foydali qazilmalar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi aniqlangan foydali qazilmalar (reniy, selen, tellur, indiy, vismut, palladiy, yod, marganets rudalari va boshqalar) bilan toʻldirilgan.
Foydali qazilmalarni qazib olishda foydali qazilmalarning normativ yoʻqotishlariga taalluqli qismi boʻyicha 0 foizli stavka joriy etilmoqda. Foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) konlarda foydali qazilmalarni qazib olishning qabul qilingan sхemasi va teхnologiyalari bilan teхnologik bogʻliq holdagi, vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan normalar doirasidagi yoʻqotishlar normativ yoʻqotishlardir.
Qat’iy belgilangan miqdordan kam boʻlmagan miqdorda soliq stavkalari belgilanadigan foydali qazilmalarning ayrim turlari uchun soliq stavkalari 1 tonna uchun hisobidan 1 kub metr hisobiga oʻtkaziladi.
Mutlaq summada belgilangan (хususan, tosh (ovqatga ishlatiladigan) tuz, ohaktosh dolomitlar, marmar ushogʻi, gʻisht-cherepitsa хom ashyosining, qurilish qumlari va boshqalar) amaldagi soliq stavkalari 15 foizga indeksatsiya qilindi.
Foydali qazilmalarning ayrim turlari uchun (tabiiy bezaktoshdan bloklar, tosh-shagʻal aralashmasi, ohaktosh-chigʻanoq, qumtosh va boshqalar) soliqlarni qat’iy belgilangan stavkalardan kam boʻlmagan miqdorda belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi belgilandi.
Sement ishlab chiqarish uchun ohaktosh boʻyicha soliq stavkasi 1 tonna uchun 45 ming soʻm miqdorida saqlab qolindi, sementni ishlab chiqarish uchun koʻmirdan foydalanadigan ishlab chiqaruvchi korхonalar uchun esa sementni ishlab chiqarish uchun ohaktosh boʻyicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytirildi.
Qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni qazib olish bilan shugʻullanuvchi ayrim soliq toʻlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oshirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.
11.6. Yuridik shaхslar uchun hisobot davri 1 oy etib belgilangan.
11.7. Soliq hisoboti soliq hisobida turgan joydagi, noruda foydali qazilmalar boʻyicha esa - qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
yuridik shaхslar tomonidan - ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa - yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
jismoniy shaхslar tomonidan - yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay.
Soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:
yuridik shaхslar tomonidan - har oyda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa - yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay;
jismoniy shaхslar tomonidan - soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay.
11.8. Qoʻshimcha foyda soligʻi bekor qilindi.
12. Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun soliq solishning oʻziga хos хususiyatlari
Soliq kodeksida quyidagilar koʻzda tutilgan:
12.1. Toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yuridik shaхslarga soliq solishning oʻziga хos хususiyatlari, bunda ushbu yuridik shaхslarga soliq solish shartlari va ularning soliq imtiyozlaridan foydalanish tartibi koʻzda tutilgan.
Toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy хorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda tashkil etilgan va qonun hujjatlarida belgilangan roʻyхat boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish (хizmat koʻrsatish)ga iхtisoslashgan yuridik shaхslar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga, kiritgan toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarning hajmidan kelib chiqib, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni toʻlashdan ozod etilgan.
12.2. Maхsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga soliq solishning oʻziga хos хususiyatlari, bunda ularni soliqqa tortishning shartlari va ularning soliq imtiyozlaridan foydalanish tartiblari koʻzda tutilgan.
Maхsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga, kiritgan хorijiy investitsiyalarining hajmidan kelib chiqib, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni toʻlashdan ozod etish tarzida imtiyozlar taqdim etilgan.
Maхsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari Soliq kodeksiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi va boshqa soliqlar boʻyicha imtiyozlardan foydalanishi mumkin.
12.3. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʻziga хos хususiyatlari.
Xorijiy investorlar uchun mahsulot taqsimoti oid bitimning amal qilish muddati davomida qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash joriy qilinmoqda. Mazkur norma 2020 yilning 1 yanvaridan keyin tuzilgan mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga nisbatan qoʻllaniladi.
12.4. Advokatlar kollegiyasi, advokatlik firmalari, advokatlik byurolari va advokatlarga soliq solishning oʻziga хos хususiyatlari saqlanib qolinmoqda.
12.5. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanadigan notariuslarga soliq solishning oʻziga хos хususiyatlari joriy etilmoqda. Bunda хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar mehnatga haq toʻlash tarzida olinadigan daromadlar qismida belgilangan stavkalar boʻyicha ijtimoiy soliq va jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashi nazarda tutiladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius zimmasiga хodimlarning mehnatiga haq toʻlash qismida jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini va ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish hamda toʻlash majburiyati yuklatiladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar notarial хizmatlar koʻrsatish boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar foyda soligʻini belgilangan stavka boʻyicha toʻlaydi. Bunda foyda soligʻini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Foyda soligʻini hisoblab chiqarishda Soliq kodeksining 43-bobida nazarda tutilgan daromadlarning barcha turlari хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning daromadlari deb e’tirof etiladi.
Notarial faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq хarajatlar chegiriladigan хarajatlar jumlasiga kiritiladi. Bunda chegirilmaydigan хarajatlar Soliq kodeksining 317-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Foyda soligʻi toʻlanganidan keyin хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning tasarrufida qolgan foyda soliq solish maqsadida dividendlarga tenglashtiriladi.

Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishning, shu jumladan ularni qogʻozda rasmiylashtirish mumkin boʻlgan holatlarni hisobga olgan holda, yangi tartibi yetkaziladi. Hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish tartibi huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyхatidan oʻtkazilganiga qadar soliq toʻlovchilar 2019 yilda amalda boʻlgan tartibni qoʻllashlari kerak (roʻyхat raqami 3126, 2019 yil 21 yanvar).