Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Yangi Soliq kodeksi boʻyicha Moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod Sultonovga savol bering
Moliya vazirligi buxgalter.uz portali bilan hamkorlikda “Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi boʻyicha savol ber” aksiyasini oʻtkazadi. Sizda SK normalarini qoʻllash bilan bogʻliq har qanday savol boʻlsa, ularni buxgalter.uz portalida berishingiz mumkin
Soʻrovnoma va ovoz berishda ishtirok etuvchilar uchun qoidalar
Siz oʻz savolingizni joriy yilning 14 yanvar kuni 22.00 gacha havola boʻyicha berishingiz mumkin.
Savol faqatgina Soliq kodeksi va uning aniq moddalarini qoʻllashga oid boʻlishi kerak.
Savolni aniq va qisqa – 350 belgidan ziyod boʻlmagan hajmda bering.
Savolingiz saytda moderatsiyadan soʻng paydo boʻladi. U ekspertimiz tomonidan tahrir qilinishi mumkin.
Ikkinchi bosqich - ovoz berish - joriy yilning 16-17 yanvarida oʻtkaziladi. Siz oʻzingiz va boshqalar bergan savollarga ularning muhimligi va aktualligiga qarab “yoqlab” yoki “qarshi” ovoz berishingiz mumkin.
Ovoz berish natijalariga koʻra 100 ta eng muhim savollar Moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOVGA yuboriladi.
Javoblar Moliya vazirligi saytida va buxgalter.uz portalida erkin foydalanish uchun joylashtiriladi, “Soliqlar va bojхona хabarlari” haftanomasi va boshqa manbalarda chop etiladi.