Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tarif koeffitsiyentlarining yangi miqdorlarini tasdiqladi.
Shuningdek, 2020 yilning 1 fevralidan boshlab respublika hududida (Prezidentning 30.12.2019 yildagi PQ-4555-son qarori 7-bandi):
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM) - oyiga 679 330 soʻmni;
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori - oyiga 238 610 soʻmni;
- eng kam yoshga doir pensiyalar - oyiga 466 680 soʻmni;
- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 466 680 soʻmni;
- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 286 390 soʻmni tashkil etadi.
BHM (223 000 soʻm) 1 fevraldan boshlab oʻzgarishsiz qoldiriladi.