Qanday ijara shartnomalarini soliq organida roʻyxatdan oʻtkazish lozim emas

preview

Tadbirkorlar 2020 yil uchun koʻchmas mulk ijara shartnomalarini tuzish va qayta tuzishda davom etmoqdalar. Ularning koʻpchiligida savol tugʻilmoqda: qanday shartnomalarni soliq inspeksiyasida  roʻyxatdan oʻtkazish lozim?

2018 yilning bahorida  Prezident koʻchmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlashni 2019 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilishni nazarda tutadigan PQ-3741-son qarorni imzoladi. Uning oʻrniga ushbu shartnomalarni soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi joriy etildi.

Tadbirkorlarga ijara shartnomalarini DSIda roʻyxatdan oʻtkazish majburiyatini yuklaydigan tartib uncha uzoq muddat amalda boʻlmadi. 2019 yilning iyul oyida qonun hujjatlaridagi ziddiyatlar tufayli Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi.  U haqda batafsil bu yerda oʻqing.

2019 yil 25 iyuldan boshlab yuridik shaxslar oʻrtasida tuzilgan koʻchmas mulk ijara shartnomalarini soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish lozim emas.

Shu tariqa, Nizom Fuqarolik, Uy-joy va Soliq kodekslariga muvofiq keltirildi. Ularga muvofiq ikki turdagi shartnomalarni soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyish lozim:

  1. Fuqarolar oʻrtasida bino yoki inshoot yoxud ularning qismi ijara shartnomasi;
  2. Fuqarolar oʻrtasida turar joy binosi ijara shartnomasi.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text156865_qanday_ijara_shartnomalarini_soliq_organida_ruyhatdan_utkazish_lozim_emas