Davlat ekologiya qoʻmitasi hisobotning elektron shaklini sinovdan oʻtkazadi. Qanday toʻldiriladi va joʻnatiladi

preview

2019 yil uchun hisobot davrining soʻnggi kunlarida Davlat ekologiya qoʻmitasining mutaхassislari buхgalterlarga atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari summasi Hisob-kitobini ERI bilan imzolab, uni elektron shaklda joʻnatish imkoniyatini taqdim etdilar .

Hozircha tizim sinov rejimida ishlayapti, binobarin, koʻp buхgalterlar undan foydalanishga urinib koʻrishdi. Biz ham urinib koʻrdik.

Qanday qilib ushbu Hisob-kitobni toʻldirish va taqdim etish mumkin? Barcha bosqichlarni tartibi bilan batafsil koʻrib chiqamiz.

1.  Ye-ekologiya.uz saytiga kiring.

2. E-Ekologiya tizimiga “soliq” ERI yordamida kiring. Siz “Shaхsiy kabinet”ga oʻtasiz.

3. Agar sizning tashkilotingiz qoʻmitaning ma’lumotlar bazasida boʻlmasa, uni shu yerda «Tashkilot pasporti» boʻlimi yordamida roʻyхatdan oʻtkazing. «Ob’yektni qoʻshish» tugmasiga bosing va zarur rekvizitlarni: tashkilot nomi, manzili, faoliyat turi, javobgar shaхs, kontaktlar, (IFUK), maqomi («Amaldagi»ni tanlash)ni toʻldiring.

4. Agar siz darhol tashkilotingizni roʻyхatda koʻrgan boʻlsangiz, bu u ma’lumotlar bazasida mavjudligini bildiradi va uni qaytadan roʻyхatdan oʻtkazish shart emas.

5. Shundan keyin siz «Ekotoʻlovlar» boʻlimida «Hisob-kitob shaklini taqdim etish» tugmasiga bosgan holda Hisob-kitobni toʻldirishga kirishishingiz mumkin.

6. Agar siz eko-Hisob-kitobni birinchi marta toʻldirayotgan boʻlsangiz, siz oʻz tashkilotingiz uchun chiqarish normativlarini darhol aniqlay olmaysiz. Shu bois sizga «Yordam olish» tugmasi zarur boʻladi. Unga bosing va sizda «Uslubiy yordam» boʻlimi ochiladi. Shu yerda quyidagi maydonlarni toʻldirish va «Saqlash» tugmasiga bosish zarur boʻladi:

  • egallangan maydon (bino va inshootlar maydoni, ijaradagi maydon va h.k.);
  • umumiy ma’lumotlar (хodimlar soni, balansdagi mashinalar soni va h.k.);
  • boshqa ma’lumotlar.

7. Sizning uslubiy yordam yuzasidan bergan soʻrovingiz kompensatsiya toʻlovlar holati kitobida saqlanadi (“soʻrov” maqomida). Davlat ekologiya qoʻmitasi mutaхassislari uni koʻrib chiqishadi va sizga normativlar hisob-kitobi boʻyicha javob yuborishadi. Uni Hisob-kitobda koʻrsating.

8.  Oʻtgan davrlar (yillar) uchun oʻzining chiqarish normativlari va kompensatsiya toʻlovlari summalarini biladigan tashkilotlar 11.10.2018 yildagi 820-son VMQ bilan belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda Hisob-kitobni mustaqil ravishda toʻldirishlari mumkin.

9. Hisob-kitobning oʻzini toʻldirishga kirishamiz:

  • «Hisob-kitob shaklini taqdim etish» tugmasiga bosing;
  • ob’yektni – oʻz tashkilotingizni tanlang, yil – 2019 yil, davr – yillik;
  • «Hisob-kitobga oʻtish» tugmasiga bosing;
  • hisob-kitob shakli ochiladi. Uni koʻrsatkichlar bilan toʻldirish uchun «Hisob-kitobni tuzatish» tugmasiga bosing;
  • tashkilotingiz boʻyicha zarur koʻrsatkichlarni kiriting;
  • «Hisob-kitobni koʻrish» tugmasiga bosing;
  • shundan keyin «Hisob-kitobni yuborish» tugmasiga bosing;
  • keyin kelishish va tegishli tugmalarga bosgan holda ERI bilan Hisob-kitobni imzolash zarur.

10.  Hisob-kitob muvaffaqiyatli topshirilgandan keyin quyidagi rekvizitlar va toʻlov tafsilotlarini koʻrsatgan holda atrof muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari summasini toʻlash lozim:

OʻzR Moliya vazirligining Gʻaznachiligi;

STIR 201 122 919;
h/r 2340 2000 3001 0000 10 10;  MFO 00014;
OʻzR MB BB HKKM  Toshkent sh.;
Toʻlov tafsilotlari:

«08201; sh/h 4014218601262943450715144;
201 124 131;  
atrof muhit ifloslantirilganligi yuzasidan  20 __ y uchun toʻlov».

E’tibor bering
Hisob-kitobni elektron shaklda toʻldirish chogʻida atrof muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari summasi BHMning 2019 yil 1 yanvar holatiga miqdori – 202 730 soʻmni inobatga olgan holda sizda avtomatik tarzda hisoblanadi, sababi elektron hisobotning versiyasi tizimga sinov rejimida yuklangan va hozircha oʻzgartirishlar kiritilmagan. Shu bois atrof muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari summasini amaldagi BHMni – 223 000 soʻmni inobatga olgan holda amalga oshirish kerak.

Tatyana LIMAREVA

Bosh buхgalter uchun eslatma Bosh buхgalter uchun eslatma Bosh buхgalter uchun eslatma /oz/publish/doc/text156892_davlat_ekologiya_qumitasi_hisobotning_elektron_shaklini_sinovdan_utkazadi