Onlayn-NKM reyestrlari e’lon qilindi, biroq ularga oʻtish yana kechiktirilmoqda

preview

Davlat soliq qoʻmitasi soliq.uz saytida onlayn-NKM yoki virtual kassaga oʻtish uchun zarur boʻlgan reyestrlarni e’lon qildi. Biroq, korxona tomonidan bunga hozirning oʻzida oʻtishning imkoni yoʻq.   Texnik xizmat koʻrsatish markazlariga tayyorgarlik koʻrish uchun vaqt talab etiladi.

Soliq.uz ning bosh sahifasida – oʻng tomondagi menyuda - «Onlayn-NKM, virtual kassa va TXKMlarining davlat reyestri» tugmasi paydo boʻldi. Unga bosganda yana toʻrtta tugma, shu jumladan – uchta reyestr:  onlayn-NKM, virtual kassa va  Texik xizmat koʻrsatish reyestrlari chiqadi.

Qanday qilib onlayn-NKMga oʻtish toʻgʻrisidagi batafsil yoʻriqnomani – bu yerda oʻqing.

15.01.2020 yilga boʻlgan holatda onlayn-NKM va TXKM reyestrlarida uchtadan yozuv bor. Virtual kassa roʻyxatida  «Yangi texnologiyalar» IAM tomonidan ishlab chiqilgan – bitta dastur mavjud. Toʻgʻri, uni oʻrnatish va unga texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan markaz hozircha roʻyxatda mavjud emas.

Biz har bir kompaniyaning taklifi bilan batafsil tanishib chiqishga qaror qildik.

 «SMART ONE CLUB» MChJ sayti rekonstruksiya jarayonida, koʻrsatilgan telefon raqami boʻyicha esa robot “mavjud boʻlmagan raqam terildi”, deb javob bermoqda.

«ARCA GROUP» MChJ va «MY AIR GROUP IT SERVICE» MChJ saytlari axborotga boyligi bilan quvontirdi: taklif etilayotgan onlayn-NKM va koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida batafsil axborot mavjud. «ARCA GROUP» MChJning hududlarda, jumladan Qoraqalpogʻistonda filiallari mavjud.

Bunda TXKM hali onlayn-NKMni oʻrnatishga tayyor emas, chunki ular reyestrga kiritilganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq, tayyorgarlik koʻrish uchun vaqt talab etiladi.  Taxminiy muddatni koll-markazlar operatorlari bunday belgilaydilar: «yigirma kundan keyin»...

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text156932_onlayn-nkm_reestrlari_elon_qilindi_biroq_ularga_utish_yana_kechiktirilmoqda