9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Agar siz elektron hisobvaraq-fakturalarga oʻtishni xohlasangiz, nima qilish lozim?
Agar siz EHFga oʻtish uchun sizga nima zarurligini va bunda qanday texnik muammolar yuzaga kelishini bilmasangiz, bizning yoʻriqnomamizdan foydalaning.
1. Umuman EHF tizimi qanday ishlashi, siz nimani qanday bajarishingiz va nima uchun javob berishingiz lozimligi haqida bu yerda oʻqing.
2. Ayni paytda barcha akkreditatsiya qilingan EHF operatorlari rouming.uz maydonchasida joylashtirilgan. Yanvar oyida ularning soni ortadi, demak xizmat koʻrsatish qiymati nuqtai nazaridan tanlash imkoniyati kengayadi.
Hozircha E-FAKTURA sinov tariqasidagi bepul platforma ishlashni davom ettirmoqda. Vaqti kelib u oʻchiriladi.
Bundan tashqari, tizimdan foydalanishning birinchi oyi barcha operatorlarda bepul.
3. Xizmat koʻrsatish shartlarini aniqlashtirib oling. Tarif rejasi hujjat aylanishi hajmidan kelib chiqib belgilanadi. Sonidan qat’i nazar kiruvchi hujjatlar uchun toʻlash kerak emas. Faqat chiquvchi EHFlar pullik boʻladi.
4. Tanlangan operatorning ommaviy ofertasini qabul qiling.
5. Uning veb-resursida roʻyxatdan oʻting. Buning uchun sizga korxonaning “soliq” ERIsi talab etiladi.
Agar:
- hisobvaraq-fakturalarni sizda sotuv boʻlimi menejeri yoki moddiy buxgalter rasmiylashtirsa;
- sizda hududlarda filiallar yoki boʻlinmalarga ega yirik korxona boʻlsa, oldindan EHFni rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar uchun qoʻshimcha ERIlar olish toʻgʻrisida oʻylab koʻring.
Xodimlar uchun qoʻshimcha elektron raqamli imzolarni qanday olish yuzasidan batafsil yoʻriqnoma – bu yerda.
EHF tizimida tashkilot xodimlarining javobgarlik zonalarini belgilash va buni lokal hujjatlar bilan rasmiylashtirish zarur:
- EHFni roʻyxatdan oʻtkazish uchun sotuv boʻlimi menejeri yoki moddiy buxgalter javobgar boʻlishi kerak;
- EHFni imzolash uchun – direktor va bosh buxgalter (birinchi va ikkinchi imzo huquqiga ega boʻlgan shaxslar) javobgar boʻlishlari kerak.
6. Agar siz avtomatlashtirilgan buxgalterlik dasturidan (1S, 1UZ – ushbu dasturlarning versiyalarini inobatga olgan holda, masalan, 1S – 7 va 8-versiyalar) foydalansangiz, EHF operatorlaridan integratsiya – dasturning aynan siz uchun versiyasida kiruvchi va chiquvchi hisobvaraq-fakturalarni yuklash va boʻshatish imkoniyati borligini aniqlashtiring.
7. Shuningdek, sizda oʻrnatilgan antivirus dasturlari va tarmoq xavfsizligining boshqa instrumentlari bilan muammolar yuzaga kelishi mumkin: ba’zan ular EHFni joʻnatish va olishni blokirovka qiladi. Elektron hujjat aylanishi tizimida ishlashni boshlaganda korporativ tarmogʻingiz administratori koʻmagini oling.
Ish jarayonida qanday masalalar yuzaga kelishi mumkin?
1. Realizatsiya bilan bogʻliq barcha birlamchi hujjatlar 1 yanvardan boshlab EHF tizimida elektron shaklda toʻldirilishi kerakmi? Masalan, ishonchnomalar, tovar-transport yukxati, bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hokazo.
- Yoʻq, barchasi emas. 522-son Nizom faqat hisobvaraq-fakturani elektron shaklda toʻldirish majburiyatini yuklaydi.
2. Agar yuklab joʻnatish qogʻoz shaklidagi birlamchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan boʻlsa va EHF reyestrida aks ettirilmasa, oqibatlari qanday boʻladi?
- 2020 yil 1 yanvardan boshlab siz hisobvaraq-faktura va reyestrlarni elektron shaklda toʻldirishingiz shart. Javobgarlik choralari hozircha nazarda tutilmagan. Muhim soʻz – hozircha...
YaIDXPda joylashtirilgan Soliq kodeksi hisobvaraq-fakturani qogʻoz shaklida toʻldirish ruxsat etiladigan faqat ikkita istisno holatini nazarda tutadi
:
1) Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻlovchi turgan joydagi ma’muriy-hududiy birliklari chegaralarida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlarining mavjud emasligi. Hududida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari mavjud boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklari toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi;
2) elektron hisobvaraq-faktura axborot tizimida vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan texnik xatolar yuzaga kelganligi. Texnik xatolar bartaraf etilganidan soʻng qogʻoz shaklda yozilgan hisobvaraq-faktura texnik xatolar bartaraf etilgan sanadan boshlab 5 kun ichida elektron hisobvaraq-fakturalar axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
3. Soliqlar hisob-kitobi uchun realizatsiyaning qaysi sanasini qabul qilish lozim:
- tizimda EHFni shakllantirish sanasi;
- hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan sana;
- xaridordan EHF tasdiqnoma olingan sana.
Masalan, kompaniya xizmatlar koʻrsatadi. Oyning oxirgi sanasiga katta hajmdagi hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilishi lozim. Buxgalter ularni oldindan rasmiylashtirishni boshlaydi. Operatorning tizimida 31-sana yoki masalan, 25-sana qoʻyilgan hisobvaraq-fakturalarni aks ettirish mumkinmi?
- Tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana deb yetkazib beruvchi tomonidan hisobvaraq-faktura yozib berilgan sana yoki tovar yuklab joʻnatilgan sana e’tirof etiladi
.
4. QQS boʻyicha soliq hisob-kitobiga xaridlar va sotuv reyestrlarini toʻldirishning nima keragi bor? Axir soliq toʻlovchilar EHF boʻyicha realizatsiya hajmini shundoq ham koʻrib turishibdiku.
- QQS solinadigan barcha xoʻjalik operatsiyalari ham
EHF tizimiga kiritilmaydi. Shu sababli soliq toʻlovchi ularni QQS hisob-kitobida, xususan, QQS hisob-kitobiga xaridlar va sotuv reyestrlarida koʻrsatishi lozim.
5. EHFda naqd pulda va terminal boʻyicha chakana sotuvni bir tomonlama tartibda aks ettirish lozimmi?
- Chakana sotuv boshlangʻich hujjatlarda – NKM va terminal cheklarida aks ettiriladi.
Bugungi kunda buxgalter chakana sotuvni sotuv reyestrida oyning oxirgi sanasiga umumiy summada yozib qoʻyadi.
522-son Nizomda
va Soliq kodeksida
chakana sotuv hamda NKM va terminal qoʻllangan holda koʻrsatilgan xizmatlar (ishlar) uchun EHFni rasmiylashtirish nazarda tutilmagan.
Biroq, soliq hisoboti EHF bilan solishtiriladigan boʻlsa, buxgalterda chakana sotuvni bir tomonlama tartibda rasmiylashtirilgan EHF koʻrinishida aks ettirish imkoni boʻladi
.
6. Hisobvaraq-fakturani direktor va buxgalter imzolaydi. Hisobvaraq-faktura tashkilot ERIsidan foydalangan holda rasmiylashtirilganda, ular toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun kim mas’ul boʻladi?
- Boshlangʻich hujjatlarning lozim darajada, oʻz vaqtida, toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun korxona rahbari va bosh buxgalteri mas’ul boʻladi
. Bunda direktor va bosh buxgalter yuklab joʻnatish vaqtida shaxsan ishtirok etadigan holatlar juda kam uchraydi. Har bir korxona ushbu jarayon nazoratini mustaqil ravishda yoki boshlangʻich hujjatlarga imzo huquqiga da’vogarlik qilmagan holda ta’minlaydi.
Shu bois EHFga oʻtish korxonada qabul qilingan boshlangʻich hujjatlarni rasmiylashtirish va imzolash tizimiga ta’sir koʻrsatmaydi.
7. Yuklab joʻnatish internetga bogʻlanish mumkin boʻlmagan zonada amalga oshirilganda nima qilish kerak?
- 522-son Nizomda bu savolga javob mavjud emas.
Soliq kodeksida
EHF tizimidagi texnik nosozliklar bilan bogʻliq vaziyatlar koʻrsatilgan. Biroq nosozliklar bartaraf etilganidan keyin qogʻoz shaklida tuzilgan hisobvaraq-fakturalar har qanday holatda ham 5 kun ichida EHF tizimiga kiritiladi. Ular yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturalar yozib berilgan sana yoki tovarlar yuklab joʻnatilgan sana bilan kiritiladi.
8. EHF xato yozib berilganda nima qilish kerak?
- Operator saytida xaridor imzolashga ulgurmagan, joʻnatilgan EHFga tuzatish kiritish, toʻgʻrilash va oʻchirib yuborish imkoniyati mavjud. Ya’ni, bitimning boshqa tarafi hisobvaraq-fakturani imzolaguniga qadar barcha zarur tuzatishlarni kiritishga ulgurish lozim.
Hisobvaraq-faktura imzolab boʻlingan taqdirda, tuzatishning yagona yoʻli - tuzatish kiritilgan hisobvaraq-faktura boʻladi.
9. Elektron ishonchnomani rasmiylashtirish va qabul qilish tartibi qanday?
- Ishonchnomalar TMZ olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha olish tartibi toʻgʻrisidagi 1245-son Nizomga muvofiq rasmiylashtiriladi.
10. Yuklarni yetkazib berishda haydovchilarga qanday hujjatlar yozib beriladi? Elektron hujjat aylanishida qogʻoz shaklidagi ishonchnoma va tovarning kuzatuv hujjatlari rasmiylashtirilishi lozimmi? Tovarning kuzatuv hujjatlari korxona xarajatlarini oshiradigan tarzda ikki marta – elektron koʻrinishda va qogʻoz shaklida rasmiylashtirilishiga toʻgʻri kelmaydimi?
- Ishonchnomalar va tovarning kuzatuv hujjatlarini elektron koʻrinishda rasmiylashtirish ixtiyoriy hisoblanadi. Faqat EHFni rasmiylashtirish majburiydir.
Bugungi kunda yuk tashiydigan transport vositasi haydovchisining yonida tashiladigan yukning hujjatlari boʻlishi va IIO xodimlarining talabiga koʻra tekshiruv uchun ularni taqdim etishi shart
. Shu sababli tashiladigan yukning elektron hujjatlaridan (TTYu) ularni qogʻozga chiqarmasdan va imzolamagan holda foydalanish imkoniyati yuqorida koʻrsatilgan normativ hujjatlarda nazarda tutilishi lozim.
11. Xaridorlarga taqdim etiladigan pul (moliyaviy) chegirmalarda realizatsiya qilishga tuzatish kiritilishi qanday aks ettiriladi?
- Bunday chegirma turi tovar sotuvchining yalpi tushumini kamaytirish tomoniga tuzatish kiritilishiga olib keladi
. Shu bois EHF tizimida tuzatish kiritilgan hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish lozim.
12. Xaridorlarga taqdim etiladigan tovarga oid chegirmalarda realizatsiya qilishga tuzatish kiritilishi qanday aks ettiriladi? Tovarga oid chegirmalar xaridorga realizatsiya qilish chogʻida taqdim etiladi.
- Tovar bonus (bepul) koʻrinishida berilayotgan boʻlsa, bu soliq solinadigan bazani bepul joʻnatiladigan tovarning tannarxigacha oshiradi
. Tegishincha, hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi.
13. EHF tizimida tovar qaytarilishi qanday aks ettiriladi?
- Tovar qaytarilganda yetkazib beruvchi avval yozib berilgan hujjatga qoʻshimcha hisobvaraq-fakturani tuzadi, u xaridor tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu qoʻshimcha hisobvaraq-fakturada yetkazib beruvchi tomonidan tuzatishlar (ijobiy yoki salbiy) soni koʻrsatilishi shart.
Shuningdek tovar qaytarilganda quyidagilarda QQS boʻyicha soliq solinadigan bazaga tuzatish kiritilishi kameral tekshiruv e’tiboriga tushishi mumkinligi haqida unutmaslik kerak:
- yetkazib beruvchida – realizatsiya va hisoblangan QQSga tuzatish kiritish;
- xaridorda – hisobga olingan QQSga tuzatish kiritish.
Shu sababli tovar qaytarilishi, ishlar (xizmatlar) rad etilishi yuzasidan barcha hujjatlar lozim darajada rasmiylashtirilishi lozim:
- shartnomada tovar qaytarilishi, ishlar (xizmatlar) rad etilishi shartlari qayd etilishi lozim;
- qoʻshimcha hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish.
14. Qurilish va farmatsevtika kompaniyalari oʻziga xos jihatlarni hisobga olgan holda hisobvaraq-fakturalarni qanday rasmiylashtirishi lozim?
- 2020 yil 1 yanvardan ayrim tarmoqlar uchun EHF tizimi platformasini takomillashtirish rejalashtirilgan. Shu jumladan – qurilish, farmatsevtika, vositachilik va dilerlik xizmatlari sohalari uchun ham.
15. Oddiy hisobvaraq-fakturadan farq qiladigan benzin realizatsiyasiga hisobvaraq-fakturani qanday rasmiylashtirish kerak?
- EHF tizimida yakuniy iste’molchiga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiya qilishda toʻlanadigan aksiz soligʻini toʻlovchilar uchun maxsus hisobvaraq-fakturalar shakli mavjud.
16. Qayta ishlash xizmatlarini koʻrsatishda EHF qanday rasmiylashtiriladi?
- Qayta ishlash xizmatlarini koʻrsatishga hisobvaraq-faktura boshqa turdagi xizmat koʻrsatilganidagi singari rasmiylashtiriladi.
17. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga kommunal xarajatlarini qoplashga hisobvaraq-faktura yozib bersa, ijaraga beruvchining kommunal xarajatlarini qoplashga EHF avtomatik tarzda realizatsiya qilish boʻyicha aylanma va QQS, foyda soligʻi va YaST boʻyicha hisoblanmalarni oshirib yubormaydimi?
- Ijaraga oluvchi tomonidan kommunal xarajatlarning qoplanishi ijaraga beruvchining daromadi hisoblanganligi sababli sanab oʻtilgan soliqlar boʻyicha soliq solinadigan bazani oshirmaydi.
Bu 3126-son Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibining 49-bandida nazarda tutilgan.
18. Yirik korxonada bosh buxgalter va direktor EHFni oʻz vaqtida rasmiylashtira olmasalar, bu vazifani boshqa xodimlarga ishonib topshirsa boʻladimi? Masalan, hisobvaraq-fakturalar yozib beriladigan idora bir joyda, tovarlar yuklab joʻnatiladigan omborlar boshqa joyda joylashganda.
- Korxona, boʻlinmalar, filiallar xodimlari uchun EHF operatori sizga taqdim etadigan qoʻshimcha cheklangan kirish imkoniyatidan foydalaning. Cheklangan kirish EHFga axborotni kiritishga imkon beradi, biroq ularni imzolash va kontragentga joʻnatish huquqini bermaydi.
Bunday xodimlarga (masalan, mintaqaviy menejer yoki moddiy buxgalterga) EHFni imzolash huquqi beriladigan boʻlsa:
- yoki unga korxona ERIsidan foydalanish huquqini bering;
- yoxud unga alohida ERI oling.
19. Hisobvaraq-fakturani bekor qilib, xuddi shunday raqamli yangi hujjatni tuzish mumkinmi?
- Ha, agar xaridor EHFni imzolamagan boʻlsa, yetkazib beruvchi ushbu hujjatni oʻchirib, shunday raqamli yangi hujjatni tuzishi mumkin. EHF xaridor tomonidan qabul qilingan boʻlsa, yetkazib beruvchi tuzatish kiritilgan EHFni yozib beradi.
20. Korporativ plastik kartalar boʻyicha realizatsiya qilinganda, EHF qanday rasmiylashtiriladi? Har kuni chakana savdo tarmogʻida, shu jumladan yuridik shaxslarda KPK
boʻyicha realizatsiya amalga oshiriladi.
- KPK boʻyicha toʻlov toʻlash orqali tovarlar realizatsiya qilingan yoki xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda buxgalter hisobvaraq-fakturani EHF tizimida rasmiylashtirishi lozim. Natijada xaridor quyidagilarni oladi:
- QQS boʻyicha hisobga olish koʻrsatilgan holda toʻliq rasmiylashtirilgan hujjatni;
- korporativ plastik kartadan pul mablagʻlari maqsadli sarflanishi boʻyicha boʻnak hisobotini tuzish uchun tasdiqlangan ma’lumotlarni.
21. Operatorning sayti QQS hisob-kitobi xaridlar va sotuv reyestrida olingan va berilgan EHFni rasmiylashtiradimi? Yoki ushbu reyestr qaytadan toʻldirilishi lozimmi?
- Operator tizimi buxgalteriya dasturi bilan birlashtirilgan boʻlsa, EHFni shakllantirish va ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish, soliq hisobotini, shu jumladan QQS hisob-kitobini toʻldirish uchun chiquvchi va kiruvchi hisobvaraq-fakturalar reyestrini avtomatik tarzda shakllantirish mushkul boʻlmaydi.
22. Tovar tannarxidan past narxda hadya yoki realizatsiya qilinganda EHFda qoʻshimcha ma’lumotlarni aks ettirish zarurmi?
- Yoʻq, EHFda realizatsiya qilish qiymati haqiqatda yuklab joʻnatish qiymati boʻyicha toʻldiriladi
.
23. EHFni realizatsiya qilingan sana bilan aynan oʻsha kuni emas, balki keyinroq rasmiylashtirish mumkinmi?
- Hisobvaraq-fakturani oʻtib ketgan oldingi sana bilan rasmiylashtirish imkoniyati qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan.
EHFni xaridor haqidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan holda rasmiylashtirish, ERI bilan tasdiqlash va EHF operatori orqali rouming-operatorga joʻnatish real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Bunda, avval ta’kidlaganimizdek, 522-son Nizomda hisobvaraq-faktura sanasi haqidagi masala tartibga solinmagan. Shu sababli tegishli oʻzgartirishlar kiritilguniga qadar hisobvaraq-faktura sanasi deb uni EHF tizimida shakllantirish sanasi hisoblanadi.
24. Soliq toʻlovchilar elektron aylanma jarayonini tushunishlari uchun barcha jihatlarni bosqichma-bosqich oʻz ichiga olgan Yoʻriqnoma zarur.
- soliq.uz va www.rouming.uz saytida EHFni toʻldirish boʻyicha shunday bosqichma-bosqich koʻrsatilgan yoʻriqnoma hamda oʻzbek va rus tillarida video-darslar bor.
25. Kimlar EHFni rasmiylashtirmaydi?
EHF toʻgʻrisidagi talablar quyidagilarga tatbiq etilmaydi
:
- yoʻlovchilar tashishni yoʻl chiptalari bilan rasmiylashtirishga (shu jumladan avia va temir yoʻllarda);
- tovarlar (ishlar, xizmatlar) naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, kvitansiya berishga;
- tovarlarning eksport-import tarzida yetkazib berilishini rasmiylashtirishga;
- qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladigan moliyaviy ijara (shu jumladan lizing) shartnomasi boʻyicha mol-mulkni topshirishga, QQSni toʻlash majburiyatlari yuzaga keladigan hollar bundan mustasno
. - bank operatsiyalarini mijozning shaxsiy hisobvaragʻidan koʻchirma berish orqali rasmiylashtirishga;
- sugʻurta xizmatlarini topshiriq shartnomasi va (yoki) sugʻurta polisi orqali rasmiylashtirishga;
- Soliq kodeksining 222-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ishlarni (xizmatlarni) haqiqatda mazkur ishlar bajarilganligini (xizmatlar koʻrsatilganligini) tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirish.
26. Hisobvaraq-fakturalarni qabul qiluvchi tomon sanalamiz. Hisobvaraq-fakturalarni qabul qilganligimiz (elektron imzo qoʻyganligimiz) uchun har bir qabul qilingan EHF boʻyicha toʻlov toʻlaymizmi? Yoki oylik abonentlik toʻlovi boʻladimi?
- Yozib berilgan EHF uchun yetkazib beruvchi (sotuvchi) toʻlov toʻlaydi. Qabul qiluvchi tomon (xaridor, buyurtmachi) olingan EHF uchun toʻlov toʻlamaydi.
27. Buyurtmachi norezident, QQS stavkasi 0% boʻlganda, EHF qanday rasmiylashtiriladi?
- 25.06.2019 yildagi 522-son VMQ bilan tasdiqlangan Nizomning 3-bandiga muvofiq BYuDni rasmiylashtirishda EHF rasmiylashtirilmaydi.
28. E-factura guruhida tijorat banklari uchun hisobvaraq-fakturalarni paketli yuklash imkoniyatini soʻrab murojaat qilganlar boʻldi. Bu amalga oshirildimi?
- E-factura tizimida EHFni Excel shaklidan yuklab olishga imkon beruvchi opsiya paydo boʻldi.
29. Hisobvaraq-faktura elektron shaklda rasmiylashtirilgan va 28 dekabrda joʻnatilgan deb faraz qilaylik. Ob’yektiv sabablarga koʻra oluvchi shu kuni uni olganligini tasdiqlab olmaydi. Masalan, u olganligini 6 yanvardan tasdiqladi. EHFni rasmiylashtirish muddatini bayram sanalari, Internet-aloqadagi texnik uzilishlar tufayli keyinga surish nazarda tutilganmi? Qogʻoz shaklidagi hisobvaraq-fakturani va yukxatni yozib berish, keyinroq EHFni shu raqamlar bilan kiritish mumkinmi?
- Buxgalteriya hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilgan sanasi boʻyicha hisobga olinadi. Hisobvaraq-fakturada tovarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish sanasi 28 dekabr aks ettirilgan boʻlsa, hisobvaraq-faktura 28 dekabr yoki keyingi yilning 6 yanvarida qabul qilinganligidan qat’i nazar, joʻnatuvchi va oluvchining buxgalteriyasida u hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan operatsiyalar sodir etilgan sana, ya’ni 28 dekabr boʻyicha aks ettiriladi.
30. Jismoniy shaxs yuridik shaxsga ofisni ijaraga beradi. ERIga ega boʻlgan jismoniy shaxs elektron hisobvaraq-fakturani yozib berishi mumkinmi?
- ERIga ega boʻlgan jismoniy shaxs EHFni factura.soliq.uz sayt orqali yozib berishi mumkin.
31. Kontragent tomonidan qabul qilingan EHF qanday bekor qilinadi yoki oʻzgartiriladi?
- Mazkur holatda tuzatish kiritilgan (tuzatilgan) elektron hisobvaraq-faktura yuboriladi.
32. Tizim hisobvaraq-faktura imzolangan yoki imzolanmaganligini toʻgʻri aniqlab oladimi?
– Albatta, siz hisobvaraq-faktura maqomini qarab koʻrishingiz mumkin. EHF quyidagi holatlarda boʻlishi mumkin: «Saqlangan», «Bekor qilingan», «Tasdiqlangan», «Joʻnatilgan», «Kontragent imzolashini kutmoqda», «Rad etilgan», «Kutish holatida», «Xato berilgan», «Ishonchli shaxs imzolashini kutmoqda», «Ishonchli shaxsga yuborilgan», «Ishonchli vakil tomonidan tasdiqlangan», «Ishonchli shaxs tomonidan rad etilgan».
EHF imzolanib kontragentga yuborilganidan keyin uni «Joʻnatilgan» deb nomlangan joʻnatilgan hujjatlar papkasida koʻrish mumkin boʻladi. Kontragent EHFni imzolaganidan keyin hujjat sotuvchi va xaridorga yuboriladi. U «Tasdiqlangan» maqomiga oʻtadi.
33. Tizimda yangi yilda hujjatlarni (EHF, shartnomalar va boshqalar) yangidan raqamlashga imkon beriladimi? Ya’ni, soliq toʻlovchining ichki hisob siyosatiga muvofiq birinchi hujjatga «1 raqami» beriladimi?
– Elektron hisobvaraq-fakturalar tizimida har bir hujjat uchun global noyob raqam generatsiyalanadi. U tashkilot uchun EHFda hujjatlarni hisobga olish va saqlash uchun kerak boʻladi, foydalanuvchilar uning shakllanishiga ta’sir oʻtkaza olmaydilar. Buning ularga keragi yoʻq.
Bundan tashqari, har bir EHFga uni yozib beradigan tashkilot tomonidan oʻz tartib raqami beriladi. Bunday raqamlash tartibi xoʻjalik yurituvchi sub’yektning hisob siyosatida tasdiqlanadi va belgilanadi.
34. Vositachi tomonidan elektron hisobvaraq-faktura qanday toʻldiriladi?
Vositachi komitentning tovarlariga (ishlar, xizmatlariga) hisobvaraq-faktura oʻz nomidan yozib beradi, biroq ularni oʻzida sotuv reyestrida aks ettirmaydi. Ushbu realizatsiya:
Elektron tizimda vositachi tomonidan xaridorga yozib berilgan hisobvaraq-faktura uni realizatsiya qilish, komitentdan olingani esa – xarid qilingan tovar (ishlar, xizmatlar) sifatida aks ettiriladi. Bu notoʻgʻri.
Komitent va vositachi oʻrtasidagi munosabatlarda vositachining xarajatlarini qoplashga doir operatsiyalar ham mavjud. Masalan, vositachilik shartnomasida qayd etilgan tovarni (ishlar, xizmatlarni) sotib olish, konvertatsiya va mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha xarajatlar va boshqalar.
Misol
Vositachilik shartnomasida vositachi komitentning tovarlarini istalgan narxda, biroq tovarni berish qiymatidan past boʻlmagan narxda sotish mumkinligi koʻrsatilgan. Vositachilik haqi realizatsiya qilinadigan tovarlarga belgilangan qoʻshimcha narx summasiga teng boʻladi.
Tovar komitentdan vositachiga oʻtkazilganda,qabul qilish-topshirish dalolatnomasi quyidagicha boʻladi:
|
Tovar nomi |
Oʻlchov birligi |
Miqdori |
Narxi |
Qiymati
|
|
|||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
|
|||||
|
Ruchka |
dona |
1 000 |
200 |
200 000 |
|
|
|
|
|
|
Komitentga tegishli tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya qilishda vositasi oʻz nomidan hisobvaraq-fakturani ikki nusxada yozib beradi.
Bunda «Yetkazib beruvchi» satrida qoʻshimcha ravishda «Vositachi» koʻrsatiladi.
|
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi |
Oʻlchov birligi |
Miqdori |
Narxi |
Yetkazib berish qiymati |
QQS
|
QQSni hisobga olgan holda yetkazib berish qiymati |
|
|
stavka
|
summa |
||||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
|
Ruchka |
dona |
1 000 |
221 |
221 000 |
15% |
33 150 |
254 150 |
Ushbu operatsiyalar EHF tizimida aks ettirilsa, QQS hisob-kitobiga Sotuv reyestrini avtomatik shakllantirish chogʻida vositachida realizatsiya qilishdan sof tushum 221 000 soʻmga teng boʻlib chiqadi. Qonun hujjatlari boʻyicha ushbu hisobvaraq-faktura vositachi tomonidan yozib berilishi, lekin sotuv reyestrida hisobga olinmasligi lozim.
Hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish tartibida ham shular nazarda tutilgan. ![]()
Komitent vositachi orqali realizatsiya qilingan tovarga hisobvaraq-fakturani yozib beradigan holatlarda ham shunday muammolar yuzaga kelishi mumkin. Sotuv reyestri avtomatik tarzda shakllanganda ushbu hisobvaraq-faktura vositachidan xarid sifatida oʻtadi, bu qonun na hujjatlariga, na operatsiyaning iqtisodiy mohiyatiga muvofiq boʻladi.
Muammoni qanday hal etish mumkin?
Komitentning tovarlarini realizatsiya qilishda vositachi hisobvaraq-fakturada «Yetkazib beruvchi» satridagi nomga qoʻshimcha ravishda «Vositachi»ni koʻrsatadi. ![]()
EHF tizimida quyidagilar taklif etiladi:
1) vositachining hisobvaraq-fakturasida «Yetkazib beruvchi» rekvizitlariga «Vositachi» soʻzini qoʻshish imkonini berish uchun qoʻshimcha katakcha (satr) ochish;
2) tuzilgan hisobvaraq-fakturani Sotuv (xaridlar) reyestriga kiritishni tasdiqlash uchun katakchani (belgi) nazarda tutish. Vositachi ushbu katakchani faollashtirib, «Reyestrda aks ettirilmasin» degan belgini qoʻyadigan boʻlsa, hisobvaraq-faktura undagi QQS hisob-kitobi uchun Sotuv va xaridlar reyestrida aks ettirilmaydi.
Bunday qoʻshimcha katakchalarda nafaqat «Komitent-Vositachi-Xaridor» zanjirini aks ettirish imkoniyatini nazarda tutish, balki Hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish tartibiga asosan vositachilik tusidagi boshqa bitimlarni ham hisobga olish lozim. Aynan, - quyidagi pozitsiyalarni roʻyxatga kiritish lozim: «Ekspeditor», «Ishonchli vakil», «Agent», «Diler» va boshqalar.
Bunday imkoniyatni ijaraga beruvchi, vositachi yoki agent tovar yoki xizmatlarni komitentga yoki ijaraga oluvchiga qoplash uchun beradigan holatlarni ham nazarda tutish lozim. Ayni paytda EHFni rasmiylashtirish chogʻida Reyestr avtomatik tarzda shakllantirilganda bu yana realizatsiya qilish sifatida aks etadi. Hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish tartibiga muvofiq bunday operatsiyalar qayta sotuv hisoblanmaydi, tegishincha, ular boʻyicha hisobvaraq-fakturalar sotuv reyestrida aks ettirilmaydi.
![]()