9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi.
Soliq kodeksi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasi va “Davlat boji toʻgʻrisida”gi, “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunlarga muvofiq hisobotning quyidagi shakllari tasdiqlanadi (loyihaga ilovalarda keltirilgan):
- qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha;
- aksiz soligʻi boʻyicha;
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha;
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va tijoratbop topilma bonusi boʻyicha;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha;
- yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha;
- yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha;
- aylanmadan olinadigan soliq toʻlovi boʻyicha;
- qat’iy belgilangan miqdordagi soliq boʻyicha;
- davlat boji va avtotransport yigʻimi boʻyicha;
- tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar boʻyicha va boshqalar.
2019 yil uchun soliq hisoboti 2019 yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida, biroq yangi tahrirdagi Soliq kodeksida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi (bu yerga qarang).
Loyiha 2020 yil 2 fevralga qadar muhokamada boʻladi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.
Lola Abduazimova.