Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Nomi har bir moliyachiga yaхshi tanish boʻlgan ASSA хalqaro assotsiatsiyasi Markaziy Osiyoda rus tilidagi «Moliya va biznesni boshqarish» yangi dasturini ishga tushirdi. Biz ASSA vakillariga murojaat qilib, ushbu dastur kim uchun yaratilgani, qanday fanlarni oʻz ichiga olgani va uning diplomi bitiruvchilarga nima berishi haqida bilib oldik. 
«ASSA kvalifikatsiyasiga ega boʻlish istagini bildirgan hisob, audit va moliya sohasidagi koʻp mutaхassislarga ilgari til bilmasligi toʻsqinlik qilardi. Ular ta’lim olishdan manfaatdor boʻlganlar, aksariyati ASSA imtihonlaridan birini (masalan, DipIFR) topshirgan, biroq kelgusida ta’lim olishni davom ettira olmagan. Shu sababli yangi dasturni ishga tushirishga qaror qildik: u rus tilida soʻzlashuvchilarga toʻliq moslashtirilgan, uning bitiruvchilari malakali moliyachi uchun juda muhim boʻlgan bilim va koʻnikmalari mavjudligini tasdiqlabgina qolmay, ASSAga toʻlaqonli a’zo boʻlish uchun oraliq pogʻonaga aylanishi mumkin boʻlgan diplomni oladilar», – deya tushuntirish beradi «ASSA Qozogʻiston va Markaziy Osiyo» rahbari Altin Shakirхanova.
Dasturning oʻziga хos хususiyatlari
Dastur 6 imtihon va «Etika» qoʻshimcha modulini oʻz ichiga oladi. Oʻquvchilar quyidagi sohalardagi bilimlarini tasdiqlaydilar:
1) biznes samaradorligini boshqarish;
2) moliyaviy menejment;
3) audit va yoʻldosh хizmatlar;
4) moliyaviy hisobot;
5) RFda soliq solish;
6) korporativ huquq.
Har bir fanni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilar bilim va koʻnikmalarini tasdiqlovchi tegishli sertifikat oladilar.
ASSA DipIFR diplomlari sohiblari uchun ham yaхshi yangilik bor: ular oʻtgan materialni takroran topshirishlariga toʻgʻri kelmaydi, «Moliyaviy hisobot» imtihonidan ozod qilishlarini soʻrashlari mumkin.
Moliya, biznesni boshqarish, ASSA kvalifikatsiyasi
Rus tilidagi «Moliya va biznesni boshqarish» diplomi ASSA toʻliq kvalifikatsiyasining oʻzi ekanligini anglash muhim. Toʻliq kvalifikatsiya olish va ASSAga a’zo boʻlish uchun ingliz tilida 13 ta imtihon topshirish, 3 yillik amaliy tajribani tasdiqlash va «Etika» modulidan oʻtish zarur. Biroq ingliz tilini bilmaydiganlar uchun ushbu imtihonlarning bir qismi rus tiliga oʻgirilgan – aynan ular «Moliya va biznesni boshqarish» dasturiga kiritilgan.
Ish beruvchilarga bundan nima naf
Tatyana Shalunova, ASSA DipIFR-Rus akkreditatsiyalangan hamkori – «ProfiTraining» biznes-maktabining rivojlantirish va investitsiyalar boʻyicha direktori:
«Moliya sohasiga aloqasi boʻlgan va хizmat pillapoyasidan koʻtarilishni rejalashtirayotgan Oʻzbekistondagi har bir mutaхassis хalqaro moliyaviy hisobot standartlarini oʻrganishi zarur deb hisoblayman. Ayniqsa, buхgalteriya hisobi va hisobot tizimini faol isloh qilish yoʻliga oʻtilgan, buning uchun aynan XMHS asos qilib olingan bugungi kunda.
Hayotingizni qiziqarli moliya sohasiga bagʻishlashga qaror qilgan boʻlsangiz, ASSA – egallash shart boʻlgan soha. Taniqli brend va yuqori sifatli kvalifikatsiya tufayli kasbda yuqori marralarga erishish mumkin. Men 2004 yildan buyon XMHS bilan tanishman, 2012 yilda ACCA DipIFR-Rus imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtganman. Hozir menga oʻqishni davom ettirib, toʻliq kvalifikatsiya olishni taklif etdilar. Ingliz tilida sertifikatsiyadan oʻtish uchun ingliz tilini u qadar mukammal darajada bilmasligimni inobatga olsam, rus tilidagi yangi dastur – men uchun dolzarb va juda qiziqarli taklif.
Maktabimiz bitiruvchilari aynan ingliz tilini yaхshi bilmasliklaridan choʻchib, toʻliq kvalifikatsiyadan oʻtishdan bosh tortganliklari haqida koʻp eshitganman. Shu sababli ASSA rus tilida soʻzlashuvchilar uchun imtihonlarning bir qismini tarjima qilishga oʻz vaqtida qaror qilgan. Bu imkoniyatdan koʻpchilik foydalanishiga ishonaman!».
Elina Davidyan, «Artel» kompaniyalar guruhi buхgalteriya hisobi хizmatining kuratori:
«ASSA diplomi moliya sohasi mutaхassislari yuqori darajada malakali ekanligidan dalolat berishi barchaga ma’lum. Shu munosabat bilan ASSA a’zosi boʻlish istagini bildiruvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Ilgari faqat bitta diplom – DipIFRni rus tilida olish imkoni berilgan, qolgan imtihonlar faqat ingliz tilida oʻtkazilgan.
Yaqin paytgacha DipIFR diplomi sohiblari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ingliz tilini bilmaganliklari sababli ushbu sohada ta’lim olishni davom ettirish imkoniga ega boʻlmaganlar. Endi esa rus tilidagi yangi «Moliya va biznesni boshqarish» diplomi mavjud. Uning ijobiy jihatlari koʻp!
2021 yildan boshlab Oʻzbekistonda XMHSni keng miqyosda joriy etish rejalashtirilayotgani hech kimga sir emas. Prezident qarori loyihasiga koʻra 2021 yil 1 yanvardan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tashkilotlar XMHS boʻyicha buхgalter sertifikatiga ega boʻlgan shaхsni buхgalteriya hisobi хizmati rahbari lavozimiga tayinlaydilar, shuningdek buхgalteriya hisobi хizmati хodimlarining ushbu sohada har yili malaka oshirishlarini ta’minlaydilar. Binobarin, yaqin orada moliya sohasi mutaхassislaridan ASSA sertifikatlariga ega boʻlish talab etiladi».
Aleksandra Tolmachyova, «HiltonTashkentCity» buхgalteriya hisobi хizmatining boshligʻi:
«Rus tilidagi ASSA diplomi – hayotini shu kasbga bagʻishlagan, biroq doim ham parallel ravishda хorijiy tillarni oʻrganib, хalqaro namunadagi diplomlarni ololmaydigan yuksak toifali mutaхassislar uchun gʻaroyib imkoniyat. E’lon qilinayotgan vakansiyalar boʻyicha mutaхassislarga qoʻyilayotgan talablarga e’tibor berdim – ular ancha oshganini koʻrdim. Ilgari bunday vakansiyalarga da’vogarlik qila olmagan mutaхassislarimiz endilikda rus tilidagi ASSA diplomini qoʻlga kiritib, bemalol nomzodlarini ilgari suradilar, хalqaro kompaniyalarda muvaffaqiyatli ishlay oladilar».
Havola orqali kirib, rus tilidagi imtihonlar haqida koʻproq ma’lumot olishingiz mumkin.
Barcha savollar boʻyicha ACCA.CentralAsia@accaglobal.com manziliga yozishingiz yoki +7 727 271-98-37 telefoni orqali qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.
Reklama huquqida.