Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Har yilning boshida davlat koʻchmas mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari e’lon qilinadi. Ilgari ular tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli koʻchmas mulkni ijaraga berish chogʻida soliq solish maqsadlarida ham foydalanilgan. Bugungi kunda ushbu stavkalar nima uchun kerak?
“Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yildagi Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi
Qonun soliq solish chogʻida davlat mulki ijarasining eng kam stavkalarini inobatga olish zarurligi yuzasidan koʻrsatma beruvchi normalarni oʻz ichiga olmagan. Ularning oʻrniga koʻchmas mulk bozorida bir kvadrat metr ijara qiymati narхlari kelmoqda. ![]()
Binobarin, davlat mulki ijarasining eng kam stavkalari ushbu bozor uchun muhim indikator boʻlib qolmoqda. Ular asosida binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovining tayanch stavkalarini quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqish mumkin:
Ts=Es*Kz*(Kq+Kh+Ko), bunda:
Es - 2020 yilga Toshkent shahri, viloyatlar va tuman shaharlari boʻyicha davlat mulkining 1 kv. metridan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari;
Kz - hududiy zona koeffitsiyenti;
Kq - qurilish turi boʻyicha koeffitsent;
Kh - tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsenti;
Ko - tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsenti (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (4-8/14-1237-son), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (02/07-02-32/2166-son) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (1442/01-13-son) qoʻshma хatiga qarang).
Bunda koeffitsiyentlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
2020 yilga Toshkent shahri, viloyatlar va tuman shaharlari boʻyicha davlat mulkining 1 kv. metridan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari uchta idoraning yuqorida zikr etilgan хati bilan tasdiqlangan. Toshkent shahri, tuman va viloyatlar markazlari uchun ijara toʻlovlari stavkalarini oʻz ichiga olgan ilovalarni bu yerda yuklab olish mumkin.
2020 yilga Toshkent shahri boʻyicha davlat koʻchmas mulkining 1 kv. metridan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari:
2020 yilga Oʻzbekiston Respublikasi (viloyatlar markazlari) boʻyicha davlat koʻchmas mulkining 1 kv. metridan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari:
2020 yilga Oʻzbekiston Respublikasi (tumanlar va shaharlar) boʻyicha davlat koʻchmas mulkining 1 kv. metridan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari: