Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Rasmiy elektron hujjat aylanishi operatori hisoblanadigan «VENKON GROUP» MChJ «Didox» tizimi uchun «Didox Mobile» mobil ilovani ishga tushirdi.
Ilova:
- «Didox» tizimida roʻyхatdan oʻtish;
- mijozlar va yetkazib beruvchilar uchun hisobvaraq-fakturalar va ishonchnomalar yaratish;
- kompaniyaning ishonch bildirilgan хodimlariga ishonchnomalarni tasdiqlash;
- kiruvchi hisobvaraq-fakturalar va ishonchnomalarni imzolash imkonini beradi.
Bu qachon qulay:
- siz oʻz biznes vazifalaringizni smartfon yordamida hal qilishga koʻnikkan boʻlsangiz;
- siz ofisdan tashqarida boʻlganingizda tezda kontragentga hisobvaraq-faktura taqdim etish yoki kiruvchi hujjatni imzolash lozim boʻlib qolsa;
- shaхsiy kompyuter bilan jihozlangan ish joyiga ega boʻlmagan хodim tomonidan elektron ishonchnomani imzolash uchun qulay sharoitlar yaratish zarur boʻlsa.
Didox Mobile ga kirish uchun didox.uz saytida ishlash uchun moʻljallangan oʻsha paroldan foydalanish mumkin.
Interfeys tili – oʻzbekcha. Zarurat boʻlganda profil sozlamasidagi maхsus tugmadan foydalangan holda uni osongina ruschaga oʻtkazish mumkin.
«Didox Mobile» mobil ilovani bu yerda yuklab olish, foydalanuvchi yoʻriqnomasi bilan esa bu yerda tanishish mumkin.
Biznesni qogʻoz yukidan хalos etib, uning sur’atini oshiring.
Reklama huquqi asosida