9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Dekabr-yanvar oylarida buxgalter.uz kadrlar xizmati xodimlari YaMMT bilan ishlashda duch kelayotgan muammolar haqida material e’lon qilgan edi. Tizimda yaqin vaqtda nimalar oʻzgarishi haqida Husan YoRQULOV soʻzlab berdi:
1. YaMMT qonun hujjatlarida belgilanadi
YaMMTda ishlash masalalari yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanadi.
2. Texnik kamchiliklar bartaraf etilib, yangi opsiyalar qoʻshiladi:
- Atamalarni normativ hujjatlarda foydalaniladigan atamalar bilan birxillashtirish;
- Interfeysda yangi tugmalar (masalan, mehnat daftarchasini chop etish imkonini beradigan tugma);
- Chop etish chogʻida elektron mehnat daftarchasining haqiqiyligini tasdiqlash uchun QR-kodi;
- Vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari shakllanishiga qarab avtomatik tarzda toʻldiriladigan maydonchalarni toʻgʻri toʻldirish;
- Ish beruvchini avtorizatsiya qilishning muqobil usullarini qayta ishlash va joriy etish (tizimda yuridik shaxsning ERIsiz ishlash imkoniyati);
- Talay lavozimdan lavozimga oʻtkazishlar bilan xodimlar toʻgʻrisidagi axborotni kiritishni soddalashtirish;
- Aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish.
3. YaMMTda autsorsing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlar paydo boʻladi ![]()
Aniq oʻzgartirishlarning sanalari hozirda aniqlashtirilmayapti. Direksiyada ishontirishlaricha, tizimni texnik jihatdan takomillashtirish ilgari kiritilgan ma’lumotlarga daxl qilmaydi, ularning barchasi saqlanib qoladi.
Oleg GAYeVOY